Tibbiyot instituti talabalari uchun


Sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazishning xususiyatlari



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet73/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

Sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkazishning xususiyatlari
Transportdan jarohatlanishning sud tibbiyoti ekspertizasida ekspertga 
ko’pgina savollarni echishga to’g’ri keladi. Bularga quyidagilar kiradi:
1)
transportni boshqaruvchi ekspertizasiga aloqador savollar;
2)
transportdan jarohatlanish, uning turi va hosil bo’lish 
mexanizmi, to’g’risidagi savollar;
3)
ashyoviy dalillarni tekshirishga aloqador savollar;
4)
sud tibbiyoti va avtotexnik ekspertizaga aloqador chegara 
savollar.
Transportni boshqaruvchisining ekspertizasiga sog’lig’ini aniqlashga 
qaratilgan va yo’l-harakati hodisalari paytida unda mastlik alomatlari borligi 
kiradi. Odatda bu savollarni sud tibbiyoti eksperti emas, balki mutaxasis-
narkologlar tomonidan amalga oshiriladi. Agar haydovchi qandaydir jarohatlanish 
olgan bo’lsa, sud tibbiyoti ekspertizasi o’tkaziladi.
Ashyoviy dalillarning ekspertizasi byuroning biologik laboratoriyasida 
maxsus bilimga ega bo’lgan ekspertlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunda 
qonning o’ziga xos guruhlari va marhumdan ajralgan ajralmalar: qonning borligi 
va guruhlarga aloqadorligi, soch, organ va to’qima parchalari (transport vositasida 
topilgan) borligi to’g’risidagi savollar echiladi. Bunda murdani kesib ko’ruvchi 
ekspertning vazifasi tergovchiga sud biologik laboratoriyasiga topilgan izlardan 
ashyoviy dalillarni topish, to’g’ri olish, yaxshilab o’rash va jo’natishga 
yordamlashishdan iborat bo’ladi.
Yo’l transport hodisalarini qayta ko’rishda asosiy masala jarohatlanish 
mexanizmi va transportdan jarohatlanish turini aniqlash haqidagi savollarni 
134


echilishidir. Bunda ekspertga quyidagilarni aniqlash: umuman urilganmi; tananing 
qaysi qismi va qanday balandlikda, kanday yo’nalishda va transportning qaysi 
qismi bilan urilganligi; transport vositasi jabrlanuvchini bosib ketganmi, agar 
bosgan bo’lsa, tananing qaysi qismidan o’tgan va g’ildirak qaysi yo’nalishda 
aylanma harakat qilganligi; jarohatlanishning ketma-ket etkazilganligi; 
jarohatlanish paytida jabrlanuvchi transport vositasiga nisbatan qanday holatda 
bo’lganligi; tanasi sudralganmi, uning yo’nalishi, sudralish paytida jabrlanuvchi 
tanasining qanday holatda bo’lishi; marhumning tanasida sodir bo’lgan 
jarohatlanish avtomobil kabinasida paydo bo’lishi mumkinligi; jarohatlanishning 
joylashuvi va o’ziga xos xususiyatlariga ko’ra, jabrlanuvchi kabinaning qaysi 
joyida bo’lganligi va boshqa ko’pgina masalalarni echishga to’g’ri keladi.
Transportdan jarohatlanish borligi va turini aniqlash mumkinligini bilishga 
imkon beruvchi jarohatlanish va uning maxsus belgilari nisbatan kam uchraydi. Bu 
savollarni echish uchun ekspertga butun kompleks savollarni echishga to’g’ri 
keladi. Jarohatlanish mexanizmi haqida ilmiy asoslangan mukammal javob 
berishda ekspert uslubiy jihatdan ekspertizani to’g’ri o’tkazishi: barcha iloji 
bo’lgan tekshiruv usullari orqali tana va kiyimlardagi jarohatlanishlar va ularning 
xususiyatlarini aniqlash; har bir jarohatlanishning vujudga kelish mexanizmini va 
ularni bir xil tip mexanizmiga ko’ra guruhlarga bo’lish; topilgan kompleks 
jarohatlanishlar asosida jaroxatlarning turi haqida taxminiy muhokamaning 
shakllanishi va differentsial tashxis usullarining to’g’riligini tekshirish; 
jaroxatlanishlarning turi haqida isbotlangan oxirgi xulosaga kelishni baholash talab 
qilinadi.
Ekspert faqat murda va uning kiyimlarini tekshirish natijasida olingan 
ma’lumotlarga qarab jaroxatlanishlarning mexanizmi haqidagi savollarga 
ko’pchilik hollarda javob berishi mumkin. Ammo, yo’l transport hodisalari va 
transport vositalarini voqea sodir bo’lgan joyda kuzatish yuqoridagi savollarni 
echishni ancha osonlashtiradi. Ayrim xollarda murdani tekshirgandan keyin voqea 
sodir bo’lgan joyni va avtomashinalarni qaytadan ko’zdan kechirish zarurligi, 
shuningdek qidiruv tajribasi o’tkazishga to’g’ri keladi. Bunda jarohatlanish fazalari 
135


va etkazilish mexanizmi haqidagi aniq bir maqsadga yo’naltirilgan savol o’z 
vaqtida echiladi.
Jarohatlanish mexanizmi haqidagi savollarga javob bo’lgandagina ekspert 
xulosasi mukammal hisoblanadi. Faqat shunday xulosa voqea ko’rinishini ob’ektiv 
tasavvur qilishga, qachon ishning holati noma’lum bo’lsa tergov organlari va sud 
organlariga etarlicha yordamlashishga ko’maklashadi.
Avtotexnik va sud tibbiyoti orasidagi chegara savollar orasida avtomobilni 
turi va modelini aniqlash, avtomobil harakatining taxminiy tezligi, qancha kuch 
bilan urilganligi va boshqa masalalarni ko’rsatish mumkin.
Yashiringan avtomobil tipini va modelini aniqlashda voqea sodir bo’lgan 
joyni o’z vaqtida va sifatli ko’zdan kechirish muhim ahamiyatga ega. Bunda 
transport vositalariga aloqador anchagina miqdordagi belgilar (g’ildiraklarning 
kengligi, g’ildirak va uning soni, g’ildirak protektorining radiusi va izlarining 
o’ziga xos xususiyatlari) ko’zga tashlanishi mumkin. Transport vositasining odam 
bilan to’qnashganda ajralgan har xil detallar, shisha siniqlari, lak-bo’yoq 
qoplamalari zarrachalarining topilishi ham bu savollarni echishda ko’maklashadi.
Bulardan tashqari, jabrlanuvchi tanasi va kiyimlarida topilgan ayrim 
jarohatlanishlar ham avtomobilning tipi va modelini muhokamasida 
yordamlashadi, chunki jarohatlanishning joylashuvi va o’ziga xos xususiyatlari 
ma’lum darajada avtomobillarning konstruktiv xususiyatlariga bog’liq bo’ladi. Bu 
savolni echishda birlamchi urilishdagi jarohatlanish balandligini aniqlash va uni 
har xil avtomobilning chiqib turgan qismlari bilan solishtirish muhim ahamiyatga 
egadir.
Bizga ma’lumki, engil avtomobillarning bamperi balandligi 35-42 sm, yuk 
mashinalariniki – 55 sm va undan yuqorida joylashishi mumkin. Shunday ekan, 
o’rta balandlikdagi odamning boldiri o’rta qismida topilgan bamper-sinish 
jarohatlanishni engil avtomobil; agar bamper-sinish son suyagida ko’zga tashlansa 
bu 4 t gacha yuk ko’taruvchi avtomobil; agar yuk avtomobili 4 t dan ko’p yuk 
tashiydigan bo’lsa, uning bamperi hatto katta odamning ko’krak va boshining 
to’g’riligida joylashsa, ko’kragi va boshi jarohatlanishi mumkin. Ammo bunda 
136


avtomobil odam bilan to’qnashayotganda tormozlangan bo’lsa, avtomobilning 
oldingi qismi bir necha sm pastga tushishi ham mumkinligini e’tiborga olish zarur.
Ko’kragi va boshiga vagon tipidagi kuzovli avtomobil bilan birlamchi 
urilganda jarohatlanish u erda joylashishdan darak beradi. Ba’zan mashinaning tipi 
va modeli marhumning kiyimi va tanasidagi g’ildirak protektori tamg’asining 
izlariga qarab aniqlanilishi mumkin.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish