Aim.uz
Avtomobil elektr jihozlariga qo'yiladigan asosiy texnik talablar
Tayanch so’z va ibaralar
Nominal kuchlanishlar, sxema,elektr, dvigatel, fara,rostlash, o’t oldirish, ta’minot, akkumulator, nazorat o’lchov asboblari, habarchilar,
Reja:
Nominal kuchlanish
elektr o’tkazgichlarning ulash sxemasi
Elektr jihozlarga qo’yilayotgan talablar
1. Nominal kuchlanish. Elektr energiya iste'molchilarining nominal kuchlanishi - 12, 24V. Asosiy tok manbayi – generatorning nominal kuchlanishi 14,28V qiymatida belgilanadi. Avtomobil harakatlanayotganda ishlaydigan elektr energiya iste'molchilari kuchlanish belgilangan nominal qiymatidan 95-125% doirasida o'zgargandaham o'z ish qobiliyatlarini yo'qotmasliklari kerak.
2. Elektr o'tkazgichlarning ulanish sxemasi . Avtomobillarda bir o'tkazgichli sxema jony qilingan, ya'nibarchaiste'molchilargabitta o'tkazgich ulanadi, tok manbayi va iste'moIchilaring ikkinchi qutbi esa "massa''ga (avtomobil kuzoviga yoki shassisiga) ulanadi. Elektr jihozlarning ba'zi buyumlarini ikki o'tkazgichli sxema bo'yicha tayyorlashga yo'l qo'yiladi. 3940-57 raqamli Davlat standarti bo'yicha "massa''ga tok manbayi va iste'moIchilaning manfiy qutbi ulanadi.
Avtomobil elektr jihozlarining nominal ko'rsatkichlari (quvvati, tok kuchi, kuchlanishi va hokazo), atrof-muhitning harorati 25±10 °C, nisbiy namligi 45-80%, atmosfera bosimi 870-1060 gPa bo'lgansharoitda belgilanadi.
Avtomobil elektrjihozlarining chulg'amlari va tok o'tkazuvchi boshqa past kuchlanishli zanjir elementlarining korpusga nisbatan izolyatsiyasi shikastlanmasdan I min davomida 50 gs chastotali 500 V kuchlanishga chidashi kerak.
Avtomobil elektrjihozlaridagi chulg'amlaring qizish temperaturasi atrof muhit harorati 40-50°C va havo bosimi 870-1060 gPa bo'lganda, ishlatilgan izolyatsiya materiallaring toifasiga ko'ra, 100-135 °C dan osh-masligikerak.
Elektr mashinalar, o't oldirish tizimining taqsimlagichlari salt ishlash sharoitida kattalashtirilgan aylanishlar chastotasi bilan sinalganda 2 min davomida shikastlanmasdan ishlashi lozim. Startyor esa bunday sinovga 20 sekund davomida bardosh berishi zarur.
Elektr jihozlarining ishi jarayonida vujudga keladigan radioxalaqitlar Davlat standard tomonidan belgilangan qiymatlardan oshmasligi kerak. Bu talablari qondirish uchun elektr jihozlar ekranlangan yoki qisman ekranlangan holda tayyorlanadi.
Generator va akkumulatorlar batareyasi bir-biri bilan parallel ulanadi. Avtomobil harakatlanayotganda iste'molchilar tokni generatordan, to'xtaganda yoki dvigatelning aylanishlar chastotasi belgilangan qiymatdan kam bo'lganda esa akkumulatorlar batareyasidanoladi. Iste'molchilari bir tok manbayidan ikkinchisiga almashlab ulash va generator kuchlanishini belgilangan darajada ushlab turish vazifasini kuchlanish rostlagichi bajaradi. Avtomoblini ishlatish jarayonida doimo ulab qo'yiladigan (yoritish, o't oldirish, nazorat-o'lchov asboblari va hokazo) yoki qisqa, lekin tez-tez ishlatiladigan (tormozlanish yoki burilishni ko'rsatuvchi yorug’lik darakchilari) iste'molchilar tokni umumiy zatijirdan oladilar. Dvigatelni ishga tushirish vaqtida kattatok (bir necha yuz amper) iste'mol qiladigan startyor, kesimi ancha katta bo'lgan o'tkazgich bilan bevosita akkumulatorlar batareyasiga ulanadi.
Qisqa vaqt davomida, kam ishlatiladigan, lekin katta tok iste'mol qiladigan va Qulaylik yaratadigan ba'zi asboblar (tovushlidarakchi, sigaret tutatgich, radiopreyomnik, soat va hokazo) istisno tariqasida to'g'ridan-to'g'ri akkumulatorlar batareyasiga ulanadi.
Nazorat Savollari
Nominal kuchlanish nima?
Elektr o’tkazgichlarning sxemalari qanday ulanadi?
davlat standartlari asosida elektr jihozlar qanday belgilanadi?
Adabiyotlar
G’. Maxmudav, D. Hoshimov “Avtomobil elektr va electron jihozlari” Toshkent-2003.
X. Mamatov “Avtomobillar” Toshkent “O’zbekiston”-1995.
Y. I. Borovskix, Y. V. Buralev “Avtomobillarning tuzilishi, texnik xizmat ko’rsatish va ta’mirlash” Toshkent “Talqin” 2005.
S. Qodirov, E. Nikitin “Avtomobil va traktor dvigatellari” Toshkent “O’qituvchi” 1992.
5. J.R. Qulmuhammedov, E. karimov “Avtochilangar” Toshkent “Fan” 2003
Aim.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |