Asosiy jarohatlanish
yoki kasallik – arohatlanish yoki kasallik tipidagi
nozologik birlik bo’lib, ular to’g’ridan to’g’ri yoki asoratlari orqali funktsional
buzilishlarga olib keladigan, aloqador klinik ko’rinishlar bilan xarakterlanuvchi
yoki o’limning sababchisi bo’ladigan holatdir.
Kasallikning
asorati
bu shunday patologik jarayonlar bo’lib, mustaqil holda
rivojlanmasdan, balki u asosiy jarohatlanishlar bilan etiologik va patogenetik
bog’langan holda yuzaga keladi. Masalan, qorinni sanchib-kesilgan jarohatlanishi
tufayli ichakning teshilishidan peritonit; oyoqlar venasining flebotrombozida o’pka
arteriyasi tromboemboliyasi va boshqalar.
Yo’ldosh kasalliklar
– bu mustaqil nozologik birliklar bo’lib, asosiy
kasalliklar bilan bir vaqtda uchrasa-da yoki unga qo’shilib kelganda ham uning
asoratlari bilan etiologik va patogenetik bog’lanmagan, ya’ni to’satdan topilgan
kasalliklardir. Ba’zan ular asosiy kasalliklar yoki jaroxatlanishlarni o’tishini
og’irlashtiradi. Yo’ldosh jaroxatlanishlar boshqa jarohatlovchi faktorlar bilan
etkazilib, asosiy jarohatlanishlardan avval boshqa voqea natijasida sodir bo’ladi.
Masalan, marhumning ko’kragidan teshib o’tuvchi o’k orqali yuragi va o’ng
o’pkasining jarohatlanishi (asosiy jarohatlanish) tufayli qo’l panjalari va yuzida
shilinishlar hamda qontalashlar (yo’ldosh jarohatlanishlar) paydo bo’lishi.
502
Ayrim hollarda davolanish davomida asosiy va yo’ldosh jarohatlanishlar
agar yuldosh kasalliklarning o’tishi birdaniga og’irlashsa va o’limga olib keladigan
taqdirda o’z o’rinlarini almashtirishi mumkin. Masalan, jabrlanuvchi kuyishdan
jarohatlanish tufayli kasalxonaga yotqazilgan, kuyish tananing 5 foiz yuzasini
egallab, kuyish kasalligi nisbatan engil o’tganda. Kasalxonada bo’lgan paytda
undagi yurakning surunkali ishemik kasalligi (yo’ldosh kasalligi) kuchaysa,
miokard infarkti rivojlanib o’limning sababchisi bo’lganda va boshqalar. Bunday
holda oxirgi klinik va sud tibbiyoti tashxislarida asosiy kasallik sifatida yurakning
surunkali ishemik kasalligi, yo’ldosh kasallik sifatida esa kuyishlar ko’rsatilishi
zarur.
Tashxisning birinchi bo’limi (asosiy jarohatlanish) ning shakllanishida
jarohatlanish turi ko’rsatiladi. Masalan, «Avtomobildan jarohatlanish»,
«Balandlikdan yiqilishdan jarohatlanish», «O’tmas vositaga urilishdan
jarohatlanish» va boshqalar. Buning muhimligi jaroxatlanish turini ilmiy
asoslashda va sud tibbiyoti ekspertizasi hisobotlarida alohida ahamiyatga egadir.
Jarohatlanish turining nomi tashxisda birinchi o’rinda ko’rsatiladi. Ekspert
tomonidan jaroxatlanish turini aniqlash imkoniyati bo’lmasa, tashxis uni turini
ko’rsatilmagan holda shakllantiriladi.
Keyinchalik tashxisning bu bo’limida jarohatlanish xarakterining
umumlashtirilgan ifodasi beriladi. Bu jarohatlanishning mohiyati uning bosh
xususiyatlari va asosiy joylashuvi haqidagi vrachning qisqacha xulosasi
hisoblanadi. Umumlashtirilgan ifodasida ko’pchilik yoki bir-biri bilan qo’shilib
keluvchi jarohatlanishlar ko’rsatilishi zarurdir. Masalan, «Qorin bo’shlig’ining
ko’p joyidan o’tmas jarohatlanishi» yoki «Ko’kragi, qorni, chanog’i va
oyoqlarining bir-biri bilan qo’shiluvchi o’tmas jarohatlanishi». Bunday ta’rif
tergovchi, davolovchi vrach va sog’liqni saqlash organlarining boshqa vakillariga
bu tashxisni o’qishda jaroxatlanishni mohiyati, uning asosiy xususiyatlari va asosiy
joylashuvi, shuningdek ekspertga o’limning sababi haqidagi savolga aniq va to’liq
javob berishni belgilashda yordamlashadi.
Ayrim jarohatlanishlarda ko’pincha jaroxatlanishning turi, mohiyati va
503
o’ziga xos xususiyatlari, ta’rifi bir-biriga to’g’ri keladi va birgina jumla bilan
ifodalanishi mumkin. Masalan: «Ko’krakning chap tomonida o’q bilan teshib
o’tuvchi yaraning bo’lishi», «Bo’yindagi kesilgan yara tufayli hiqildoqning
jarohatlanishi».
Yuqorida ko’rsatilgan umumlashtirilgandan keyin ko’pgina va bir-biri bilan
qo’shilgan jarohatlanishlardan keyin aniq davomlilikda guruhlangan topilgan
jaroxatlar va ularning yaqin oqibatlari sanaladi. Ayniqsa bir-biri bilan qo’shiluvchi
jarohatlanishlarni tananing qismlarga bo’lib o’rganilishi qulay va to’g’ri
hisoblanadi. Bunday sanalish tananing o’limga olib keluvchi qismidagi
jarohatlanish (tanatogenetik printsip) dan boshlanishi zarur.
Shunday qilib, sud tibbiyoti tashxisi (asosiy jarohatlanish) birinchi
bo’limining sxemasi quyidagilarni o’z ichiga oladi:
1) jarohatlanish turi;
2) jarohatlanish xarakterining umumlashgan ifodasi;
3) regional va tanatogenetik qoidani hisobga olib guruhlangan topilgan
jarohatlanishlar va ularning yaqin oqibatlarining ro’yxati.
O’tmas jarohatlanishda ushbu sxemani hisobga olganda tashxisning birinchi
bo’limini ifodalashda (transportdan jarohatlanish, balandlikdan tushib ketish va
boshqalar) jarohatlanishning ko’pligi, tananing har xil qismlarida joylashuvi, bir
xil jarohatlovchi faktorning bir vaqtda ta’siri natijasida sodir bo’ladigan bunday
jarohatlanishlar tashxisning birinchi bo’limiga kiritilishi mumkin (asosiy
jarohatlanishga), biroq ularning oqibatini ahamiyati har xil bo’lishi mumkin.
Bir xil jarohatlanishlarda tashxis birinchi bo’limining ifodasi nisbatan oddiy
bo’ladi. Masalan, bitta chap son suyagining yopiq bo’laklanib sinishi, o’pka va
bosh miyaning yog’li emboliyasi; bitta o’ng o’pkaning yopiq yorilishi, o’ng
tomonlama gemopnevmotoraks; bitta ingichka ichak tutqichi ildizini sanchib
kesilgan yaralanishi, qorin bo’shlig’iga qon yig’ilishi va boshqalar. Bunday
hollarda «alohida», «birgina», «bir» terminlarni tashxisni ifodalashda yozmasa
ham bo’ladi.
Ko’plab va bir-biri bilan qo’shilgan jarohatlanishlarda tashxisni tuzish ancha
504
murakkabroqdir.
Tashxisni ifodalashda uning har bir bo’limini xat boshidan ajratib yozilgani
ma’qul, biroq xirurgik muolajalarni ko’rsatishda «Operatsiya» so’zi sarlavhacha
shaklida yozilishi maqsadga muvofiqdir.
Ayrim to’satdan o’lim hollarida bir yoki bir necha og’ir kasallik murdani
tekshirishda topilganda har doim ham asosiy kasallikni ajratish imkoniyati
bo’lavermaydi. Ko’pincha har xil kasalliklar va jarohatlanishlar (masalan, o’yuvchi
zaharli moddalar bilan zaharlanganda va balandlikdan tushib ketish natijasida og’ir
yopiq jarohatlanish) aniqlanilganda topilgan jarohatlanishlar raqobatlashuvchi
asosiy kasalliklar (jaroxatlanishlar) sifatida baholanadi.
Raqobatlashuvchi kasalliklar deb, ikki yoki undan ortiq nozologik turlardan
birini to’g’ridan to’g’ri yoki o’zini asoratlari orqali o’limga olib kelishiga aytiladi.
Shuni aytish zarurki, bunda hech bir kasalliklar o’rtasida raqobatlanish
bo’lmasdan, balki ular bir xil yo’nalishda ta’sir qiladi va bir birini ta’sirini
og’irlashtiradi.
Sud tibbiyoti o’tkazish qoidasida sud tibbiyoti ekspertizasi faqat tergov va
sud organlari faoliyatiga yordam beribgina qolmasdan sog’liqni saqlash
organlariga ham aholiga sog’liqni saqlash sifatini yaxshilashda xizmat qilishi ham
ko’rsatilgan.
Shuning uchun ham sud tibbiy ekspertlari va barcha sud tibbiyoti ekspertiza
xodimlarining eng muhim vazifalaridan biri diagnostika va davolashdagi qo’pol
kamchiliklarni topish va sog’liqni saqlash rahbariyotiga o’z vaqtida xabar
berishdan iboratdir. Bunday vazifalarni ekspertlar asosan jabrlanuvchi biroz
muddatda kasalxonada bo’lib o’lganda uning murdasini sud tibbiyotida
tekshirilayotganda amalga oshiradi.
Klinik va sud tibbiyoti tashxisini solishtirish ekspertga diagnostik
xatoliklarni aniqlash imkoniyatini beradi. Klinik va sud tibbiyoti tashxisining bir
biriga to’g’ri kelmasligida oxirgi klinik tashxis bilan murdani kesib ko’rishda
topilgan nozologik birlikning har xilligi, etiologiyasi noto’g’riligining
aniqlanilishi, hayotiylik davrida jarohatlanish yoki kasallik jarayonining
505
joylashuvini umuman o’rganilmaganligi ko’zga tashlanadi. Ayrim hollarda asosiy
kasalliklarning tashxisi bir-biriga to’g’ri kelganda ham muhim asoratlari yoki
muhim yo’ldosh kasalliklari bir-biriga to’g’ri kelmasligi mumkin.
Tashxis qo’yish, davolash va tibbiyot hujjatlarida yo’l qo’yilgan
kamchiliklar kliniko-anatomik konferentsiyalarda muhokama qilinadi. Bunday
konferentsiyalarda klinik va murdani kesib ko’rish natijalarini har tomonlama
tahlil qilish tufayli muhokamaning mohiyati va o’ziga xos xususiyatlari, tashxis
qo’yishdagi xatolikning sabablari, davolashdagi kamchiliklar, bemor o’limining
sabablari o’rganiladi. Tibbiy yordam ko’rsatish va tibbiyot hujjatlari to’g’risidagi
kamchiliklar barcha hollarda sog’liqni saqlash organlari faoliyatida o’limning
oqibatlarini o’rganuvchi komissiyalar tomonidan ko’rib chiqiladi. Jinoiy ish
qo’zg’atilgan taqdirda, sud tibiyoti ekspertizasi komissiyasi bu vazifani amalga
oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |