Tibbiyot instituti talabalari uchun


Tuqqandan keyingi holatni aniqlash



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

14.3.6. Tuqqandan keyingi holatni aniqlash
Bunday ekspertiza bola o’ldirishda, chaqaloqlar tashlab ketilganda va 
o’g’irlanganda, homiladorlik hamda tug’ish hollari yashirilganda amalga 
oshiriladi. Ekspertiza davomida ayol kishi umuman tuqqanmi yoqi tug’maganmi, 
tuqqan bo’lsa vaqtini aniqlash to’g’risidagi savol tug’iladi.
Tuqqanlikni isbotlashda ko’zdan kechiriluvchini sut bezlari, tashqi va ichki 
jinsiy a’zolari hamda tanasining tashqi qoplamalaridagi o’zgarishlarga ahamiyat 
beriladi. Agar tuqqan ona chaqaloqni ko’kragi bilan ovqatlantirmasa yoki sutini 
sog’ib tashlamasa, sekinlik bilan suti ajralishdan to’xtaydi va yana og’iz suti paydo 
bo’ladi hamda keyinchalik umuman yo’qoladi. Sut bezining sut ajratish funktsiyasi 
to yangi homiladorlikkacha batamom tugallanadi. Bunda sut bezi shirasini 
tsitologik usulida tekshirish katta ahamiyatga egadir (Xijnyakova K.I., 1965).
Tashqi jinsiy organlarida ham qator o’zgarishlar, jumladan jinsiy yorig’i 
lang ochilganligi, qinga kirish qismi ochiqligi, qinning devori bo’shashib 
pasayganligi, katta va kichik jinsiy lablari shishib, qizg’ish-ko’kimtir tusga 
kirganligi ko’zga tashlanadi. Tug’ish paytida qizlik pardasi shunchalik emirilib 
ketadiki, undan faqatgina ayrim qirqimlar qolganligi ko’rinadi. Bunga bagchakli 
so’rg’ichlar deyiladi. Bunday so’rg’ichlarning bo’lishi tuqqanlikning haqiqiy 
belgisi hisoblanadi.
Tuqqandan keyin bachadon sutkasiga 1-1,5 sm dan qisqarib 1,5 oydan keyin 
o’zining normal holiga keladi. Bir vaqtining o’zida uning og’irligi ham kamayib 
(tuqqandan keyin birinchi haftasida 1,5-2 kg bo’lsa, 1,5 oydan keyin vazni 50 g 
cha tushadi) boradi. Shu bilan birgalikda bachadonning tanasi va bo’yni ham 
shakllanib zichlashadi. Tug’uvchi ayolning bachadon bo’ynini tashqi og’zi tug’ish 
paytidagi yirtilishlar natijasida yoriqsimon shaklda bo’ladi. Qindan ajralmalarning 
xarakteri ham o’zgaradi. Shuning uchun ham tuqqandan keyingi dastlabki 
davrlarda bu ajralmani mikroskop ostida tekshirish tuqqanlik va uni vaqtini 
aniqlash diagnostikasida muhim ahamiyatga egadir.
384


Ko’pincha homiladorlik paytida qorin, sut bezlari, sonida to’qimalarni 
taranglanishi tufayli hosil bo’lgan ko’plab mayda chandiqlar, ba’zan qorinni to’g’ri 
mushagining ayrilishi kuzatilladi.
Tuqqanlikka shubha qilingan ayollar murdasini sud tibbiyoti tekshirishda 
yuqorida ko’rsatilgan belgilardan tashqari, bachadonni o’lchab va tortib ko’riladi 
hamda qorinning oldingi devorining barcha qavatidan gistologik tekshirish uchun 
material olinadi. Bunda to’qimalarda bachadonni kattalanishi tufayli mexanik 
taranglashuvidan ekssudatsiya, qon quyilishlar va degenerativ o’zgarishlar ko’zga 
tashlanadi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish