Tibbiyot instituti talabalari uchun


Mahsuldorlik holatini aniqlash



Download 6,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet222/385
Sana21.03.2022
Hajmi6,49 Mb.
#504905
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   385
Bog'liq
sud-tibbiyoti iskandarov-a.i.-kuldashev-d.r. lot-1

14.3.4. Mahsuldorlik holatini aniqlash
Bu jinoyatni (nafsiga tegish) va fuqarolik (aliment masalasini hal qilish) 
ishlarini ko’rib chiqishda amalga oshiriladi. Odatda ekspertizadan ko’pincha 
erkaklar o’tkaziladi.
Erkarlarni mahsuldorlik holati ularning jinsiy aloqa qilish va urug’lantirish 
qobiliyatiga qarab aniqlaniladi. Erkaklar ba’zan jinsiy aloqa qilish qobiliyatiga ega, 
ammo urug’lantirishga qodir emas va buning teskarisi bo’lishi mumkin. Shuning 
uchun ham bunday har ikkala vazifa alohida tekshiriladi va baholanadi.
Jinsiy aloqa qilish qobiliyatiga ega bo’lmasligini aniqlashda ko’zdan 
kechiriluvchi organizmida jinsiy aloqa qilishga to’sqinlik qiluvchi buzilishlarga 
ahamiyat beriladi. Bunday holatga jinsiy kuchsizlik yoki impotentsiya deyiladi. 
Jinsiy kuchsizlik jinsiy aloqaga mexanik to’sqinlik natijasida, endokrin 
buzilishlarda, jinsiy bezlarining kasalliklari, bosh miyaning funktsiyasini buzilishi 
va orqa miya kasalliklarida kuzatilishi mumkin.
Urug’lantirish qobiliyati asosan urug’ suyuqligida etarli miqdorda normal 
harakatchan spermatozoidlar topilgandagina aniqlaniladi. Urug’lantirishga 
qobiliyatsizligi esa urug’ suyuqligining yo’qligi (aspermatizm), spermatozoidsiz 
urug’ suyuqligining borligi (azospermiya), harakatsiz spermatozoidning mavjudligi 
(nekrospermiya) yoki kasallangan spermatozoidning borligi (astenospermiya), 
ozgina miqdordagi normal spermatozoidlarning topilishi (oligospermiya) tufayli 
sodir bo’lishi mumkin. Biroq sud tibbiyoti nuqtai nazaridan urug’ suyuqligida 
hatto bittagina spermatozoid topilganda ham ko’zdan kechiriluvchini urug’lantirish 
qobiliyatiga ega emas degan tasdiqlovchi so’zni aytishga asos yo’qligini doimo 
esdan chiqarmaslik zarur.
Urug’ suyuqligi ekspertizasi o’tkazilayotgan joyda prostata bezini uzoq 
uqalash tufayli shishali idishga olinadi.
Xotinlarda mahsuldorlik holati ularning jinsiy aloqa qilish, urug’lantirish, 
homiladorlik va tug’ish qobiliyatiga qarab belgilaniladi. Bunday ekspertiza 
381


ko’pincha nikohni bekor qilish paytida o’tkaziladi.
Jinsiy etilgan xotin-qizlarda jinsiy aloqa qilish qobiliyatiga ega 
bo’lmasligining sabablari (qizlik pardasining o’sib ketishi, qin teshigining 
bo’lmasligi, qinga kirish joyida chandiqlar bo’lishi, bachadon va qinni tushishi, 
chanoq bo’g’imi va suyaklarining kasallanishi tufayli deformatsiyalanishi va 
ankilozi) va boshqalar hisoblanadi. Jinsiy aloqa qilishga qin va chot 
mushaklarining beixtiyor tirishishi – vaginizm holati ham to’sqinlik qilishi 
mumkin.
Ayollarda mahsuldorlik qobiliyatining buzilishi urug’lantirish 
xususiyatining bo’lmasligi bilan xarakterlanib, bunga bepushtlik holati deyiladi. 
Bu ko’pincha qichik chanoq organlari (ayniqsa bachadon naylari), yuqumli 
kasalliklar (so’zak, sil), kamroq hollarda tug’ma nuqsonlar (qinning bo’lmasligi, 
bachadonning rivojlanmasligi va bachadon naylari tuxumdon operatsiyalari tufayli 
yallig’lanish jarayonlari) natijasida yuzaga keladi. Bepushtlik doimiy va vaqtincha 
bo’lishi mumkin. Vaqtinchalik bepushtlik ayrim terapevtik va nerv-psixik 
kasalliklar natijasida sodir bo’lishi mumkin.
Erkaklar va ayollar mahsuldorlik holatini aniqlashda kerakli mutaxassislar 
ishtirokida komission ekspertiza o’tkaziladi. Bu ko’pincha maxsus davolash 
muassasasida kasalxona sharoitida tekshiruvdan o’tkazilgandan keyin amalga 
oshiriladi.

Download 6,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   218   219   220   221   222   223   224   225   ...   385




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish