Erkin ovqatlantirish
Sut miqdorini o’rganishda o’tkazilgan kuzatishlar bolaning ona suti bilan oziqlanishida har emizishda har xilsut miqdorini emadi. Shuning uchun shartli ravishda soat bo’yicha ovqatlantirish ma’kuldir.
Ovqatlantirish metodlari
1-guruh. Bunda ovqatlantirish xech qanday chegarasiz xolda qo’llaniladi. Bola sutli aralashmani qachon, qancha, qaysi aralashmani yeyishini uzi tanlaydi.
2-guruh. Shifokor ovqat miqdorini belgilaydi, bola esa qachon va necha marta yeyishini tanlaydi.
3-guruh. Bolaning uzi ovqat miqdorini belgilaydi, lekin ovqatlanish soni va xili chegaralanadi.
4-guruh. Qisman erkin ovqatlanishda ovqatlanish soni aniqlangan, ovqat miqdori esa bola xoxishi bilan, lekin chegaralangan xolda bo’ladi.
Erkin ovqatlantiriladigan bolalarnikuzatganda shuni ko’rsatdiki, qattiq nazoratli ovqatlantirishga
Qaraganda, ularning o’sishi, og’irligini oshishi yaxshi borgan.
Qisman erkin ovqatlantirishda 20-3 0ml sutli aralashma ko’p qo’yiladi, ammo ovqat nisbiy chegaralangan vaqtlarda beriladi (30 minut atrofida). Agar bola unga berilgan sutli aralashmani yoki qo’shimcha ovqatni butun xajmini yeya olmasa, uni majburlamaydilar lekin erkin ovqatlantirish, nazoratli ovqatlantirishdan ustin turishi bilan bir qatorda, ota-onalar, tibbiyot xodimlarini tartibsizligidan qator xatolarga yul qo’yish mumkinyu
Bolani bezovtaligi faqatkina korni ochligida emas, balki noto’g’ri parvarishda, oshqozon-ichak kasalliklarida va boshka xolatlarda buliщi mumkin.
Shuning uchun erkin ovqatlantirishga ruxsat berish faqatgina tajribali ota-onalar va tibbiyot xodimlarini qattiq nazorati ostida ruxsat berish mumkin.
Katta yoshdagi bolalarni ratsional ovqatlantirishda go’shtli sabzavot va kukatlarni kiritish afzalliklarini uzlashtirish.
Bola hayotining birinchi yilida to’g’ri ovqatlanishi uning keyingi rivojlanish davridagi ovqatlanishini tashkil etishni osonlashtiruvchi asosiy omildir. Bolaning 1 yoshdan 3 yoshgacha ovqatlanishi katta yoshdagilar ovqatlanishiga o’tishiga hizmat qiladi.
Ovqat hazm qilishda barcha hazm bezlari qatnashib, qizilo’ngach, oshqozon, ichaqlar devorining barcha qavatlarini qamrab oladi. Bir yoshli bola oshqozoning sig’imi 250 ml, asta-sekin oshib borib 3 yoshda 300-400 ml ni tashkil etadi. Oshqozonning bo’shalishi o’rtacha 4 soat bo’ladi.
Qoidaga binoan1 yoshda8 ta tishi bo’lgan bola chaynov harakatlarini bajaradi, 2,5 yoshda tishilari soni 12 taga yetadi. Jigar va oshqozon osti bezining shaqllanishi 5-10 yoshda tugallanadi.
Shunday qilib bu yoshda bolaning hazm a’zolari to’la-to’kis o’z funktsiyasini bajara olmaydi, shuning uchun bu yoshda beriladigan ovqat maxsulotlari qattiq nazorat ostida bo’lishi kerak. 1-1,5 yoshgacha bo’lgan bolalar ovqatining mexaniq maydalanganlik darajasi juda katta bo’lmasligi, asosiy massa bo’laqlarining o’lchami 2-3 mm bo’lishi lozim. Dimlangan qovurdoq, puding, sufle, pyure bo’tqasimon qonsistentsiyada bo’lishi kerak. 1,5 yoshdan katta bolalarda jag’ ildiz tishlarining paydo bo’lishi bilan aktiv chaynov harakatlari bo’ladi, shu sababli go’shtli ragu, gulyash va sabzavotlarni katta yoshli kishilarniki kabi bo’lakchalar xolida iste’mol qilinadi. 1-3 yoshgacha bo’lgan bolalarda asosiy oziq moddalarga va energiyaga bo’lgan extiyoj nisbatan yuqori bo’lib, tana massasining oshishi davom etadi, energiya sarfi va asosiy almashinuv yuqori bo’ladi. Bir kunlik energiya sarfi 1200-1540 kkal bo’ladi. 1,5 yoshgacha bo’lgan bolalar 5 marta, 1,5 yoshdan katta bolalar4 marta ovqatlantiriladi. Oqsil 1 kg massaga 4 g, yog’’4 g, uglevod15-16 g bo’lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |