Tibbiy xizmatning asosiy vazifalari:
tibbiy xizmat kuch va vositalarining jangovar
shayligini oshirish;
vazirlik shaxsiy tarkibining sog‘lig‘ini saqlash va ularni tiklash;
vazirlik tizimidagi barcha tuzilmalarda sanitar-gigiena va epidemiyaga qarshi kurash
chora-tadbirlarini o‘tkazish;
shaxsiy tarkibning tibbiyot bo‘yicha o‘quv-amaliy tayyorgarligini oshirish;
shoshilinch va halokatlar tibbiyoti yo‘nalishida ilmiy izlanish ishlari olib borish;
harbiy xizmatchilar va xizmatchilarning sog‘lig‘ini saklash,
har xil kasalliklar va
jarohatlardan davolash va mehnat qoliyatini tiklash;
Tibbiy xizmat shaxsiy tarkibining kasb tayyorgarligini va malakasini oshirish;
harbiy-tibbiy
tayyorgarlik, santariya-gigiena hamda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib
qilish;
vazirlik tizimidagi tuzilmalari tibbiy maskanlarini zaruriy
tibbiy anjomlar bilan
ta’minlash.
harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish;
harbiy xizmatchi va qutqaruvchilarga ambulator tibbiy yordam ko‘rsatish;
kasal bo‘lganlarni o‘z vaqtida aniqlash va harbiy shifoxonalarga yuborish;
muhtoj bo‘lganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish;
sanitar-gigiena va epidemiyaga qarshi kurash chora-tadbirlarini o‘tkazilishini tashkil
qilish;
shaxsiy tarkibga tibbiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha barcha tibbiy-xo‘jalik ta’minoti
faoliyatini kengaytirish;
vazirlik tizimidagi tuzilmalar tibbiy maskanlarini zaruriy tibbiy anjomlar bilan
ta’minlash;
cog‘lom turmush tarzi va gigiena saboqlari bo‘yicha targ‘ibot ishlarini yuritish;
vazirlik tizimidagi barcha tuzilmalar tibbiy maskanlariga kasallikni oldini olish,
davolash va tekshirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha uslubiy hamda amaliy yordam
ko‘rsatish.
Tibbiy xizmatning asosiy majburiyatlari:
shaxsiy tarkib o‘rtasida tibbiy tayyorgarlik mashg‘ulotlarini tashkil etish va o‘tkazish;
vazirlik har bir tibbiy xodimlarning ish uslublarini bilish va ular bilan shaxsan
tanishib chiqish;
shaxsiy tarkib orasida kasalliklarni
vujudga kelishini oldini olish, davolash va
sog‘lomlashtirish, ularni sog‘ligini
mustahkamlash,
hamda epidemiyaga qarshi va
sanitariya-gigiena chora-tadbirlarini tashkil qilish;
vazirlik tizimidagi barcha davolash maskanlarini tibbiy anjomlar, dori-darmonlar,
tibbiy bog‘lash matolar bilan ta’minlash va ularni to‘g‘ri ishlatilishini nazoratini olib
borish;
davolash maskanlarning holati va ish tartibini nazorat qilish;
shaxsiy tarkibni davolash va sog‘lomlashtirish, ularni sog‘lig‘ini mustahkamlash,
hamda profilaktika ishlarining ilg‘or tajribalari bilan tanishtirish;
vazirlik tizimi davolash maskanlarining tibbiy xodimlariga harbiy xizmatchilar va
xizmatchilarga tibbiy xizmat ko‘rsatish asoslarini,
xizmat xujjatlarini va dori-
darmonlarni xisob-kitobini yuritish ishlarini o‘rgatish;
bemorlarni tibbiy maskanlarida ambulator davolash hamda uy sharoitida
davolanayotganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishni tashkil qilish;
harbiy xizmatchilarni dispanser ko‘rigidan o‘tkazib ro‘yxatga olish, muhtoj
bo‘lganlarga shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatish, epidemiyaga qarshi va sanitariya-
gigiena chora-tadbirlarini
tashkil qilish, qidiruv – qutqaruv guruhlarni kerakli tibbiy
anjomlar bilan ta’minlash ishlarini tashkil qilish;
vazirlik tizimidagi tibbiy maskanlarni yillik me’yorlaridan kelib chiqqan holda kerakli
dori-darmonlar, bog‘lovchi matolar va tibbiy anjom uskunalarni xarid qilish uchun
talabnomalar tayyorlash.