@Mahmud_Yazdanov
Mahmud Yazdanov
+998 91 318 24 68
12) Natriy va kaliy ionlarining organizmdagi roli.
Natriy.
Nihoyatda katta hayotiy ahamiyatga ega bo‘lgan oligobiogen s
-
element bo‘lib, odam organizmidagi umumiy
miqdori 0,25% ni t
ashkil etadi. Unga 24 soat ichida bo‘lgan talab 4
-7 g. Uning asosiy miqdori xlorid, gidrokarbonat va
fosfat tuzlari tarkibida saqlanib, qondagi miqdori ≈0,32%, suyaklardagi miqdori 0,6%, mushak to‘qimalaridagi miqdori
esa 0,6-1,5% ni tashkil etadi. Natriy turli biomolekulalar tarkibiga kirib, kaliy, kalsiy va magniy ionlari bilan birgalikda nerv
impulslarini hosil qilish va o‘tkazishda, osmotik bosimni saqlab turishda katta ahamiyat kasb etadi. Uning xlorli tuzi
oshqozon shirasi tarkibidagi HCl sintezlanishida asosiy komponent vazifasini bajaradi. Natriy odam organizmidagi
ahamiyatli bufer (karbonatli va fosfatli) sistemalari tarkibiga kiruvchi ion bo‘lib, kislota
-asos muvozanatini boshqaruvida
bevosita ishtirok etadi. Organizmdagi natriy ionlarining miqdorini kamayishi osmotik bosimni boshqa ionlar bilan
tiklanmaydigan darajada o‘zgarishiga olib keladi. Oqibatda suyuqlik hujayra ichiga kira boshlaydi va hujayralar shishib
ketadi. Uning miqdorini ortib ketishi esa hujayra ichidagi suvning hujayralararo muhitga chiqishini kuchaytiradi.
Kaliy.
Makrobiogen element bo‘lib, barcha to‘qimalarda uchraydi. Katta yoshdagi odamning kaliy ioniga 24 soat
davomida bo‘lgan talabi 2
-3 mg/kg, bolalarniki esa 12-13 mg/kg ni tashkil etadi. Uning asosiy depolari - qon hujayralar
sitoplazmasi, jigar va taloq. Kaliy hujayra ichki ioni bo‘lib, uning mumiy miqdoridan 98% ga yaqini hujayra ichki
suyuqligida oqsillar, karbon suvlar, kreatin va fosfatlar bilan birikkan holda saqlanadi. U natriy singari, osmotik bosimni
saqlash va nerv impulslarini hosil qilishda katta ahamiyatga ega. U mushaklar qisqarishini yaxshilaydi. Uning miqdoriy
ortishi yurakning qo‘zg‘aluvchanligi hamda o‘tkazuvchanligining pasayishi bilan davom etadi va shu orqali yurakning bir
maromida (teskari ta’sirga ega bo‘lgan Na+ bilan birgalikda) ishlashini ta’minlab beradi. Kaliy qator fermentlarning (E)
faolligini ularning substartga (S) bo‘lgan moyilligini oshirish orqali kuchaytirib beradi. Bunda u E va S orasida ko‘prikcha
vazifasini bajaradi: E
—
K+
—
S. Masalan, K
+ ta’sirida piruvatkinaza fermentining fosfoenolpiruvatga bo‘lgan moyilligi
ortadi. Bundan tashqari substrat ta’sirida K+ ning fermentga bo`lgan moyilligi 100 barobar ortadi. Kaliy ionlarining
membranadan hujayra ichiga o‘tishi tabiiy antibiotiklarga tegishli bo‘lgan valinomitsin va nonaktinlarga (ionoforlarga)
bog‘liq bo‘ladi. Jumladan, valinomitsin K+ bilan hujayra membranasi satxida barqarorligi katta (Na+ —
valinomitsin
kompleksiga qaraganda 1000 marotaba katta bo‘lgan) kompleks hosil qiladi va K+ membr
ana satxida tutib qolinadi.
Shundan so’ng bu ion bevosita membranada joylashgan ionofor bilan birikadi va oqibatda hujayra ichiga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: