Tashqi elektron qavatlari s-elektronlardan tashkil topgan elementlar selementlar deb ataladi. s-elementlar
guruhchasiga joylashgan. Ularning valent elektronlari s-elektronlaridir. Litiy atomida 2s, natriyda 3s, kaliyda 4s, rubidiyda
@Mahmud_Yazdanov
Mahmud Yazdanov
+998 91 318 24 68
5s, seziyda 6s, fransiyda 7s, berilliyda 2s, magniyda 3s, kalsiyda 4s, stronsiyda 5s, bariyda 6s, radiyda 7s elektronlari
valent elektronlari hisoblanadi. IA guruhda
fransiy oxirgi va eng og‘ir ishqoriy metall, sun’iy ravishda olingan bo'lib,
hozirgacha xossalari yaxshi o'rganilmagan, uning valent elektroni 7s orbitalda joylashgan. Bu guruh elementlarning o'ziga
xos xususiyatlari shundaki, ularning tashqi elektron qavatida bittadan selektron bo'lib, undan oldingi elektron qavati
mustahkam elektron qavatidir. Bu elementlar yagona elektronini osonlik bilan beradi, shu sababli kuchli qaytaruvchi
vazifasini bajaradi, ularning oksidlanish darajasi + 1 ga teng. Ishqoriy metall ionlarining zaryadi kichik va radiusi katta
bo'lganligi tufayli ularning kompleks birikma hosil qilish xususiyatlari kam. Ishqoriy metall tuzlari suvda yaxshi eriydi,
galogenidlarning erish harorati juda yuqori, elektr tokini yaxshi o'tkazadi. Bu tuzlar rangsiz, lekin rangsiz alanga ustida
yondirilganda o'ziga xos rang bilan yonadi: litiy
—
qizil, natriy
—
sariq, kaliy
—
binafsha, rubidiy
—
ko‘k binafsha, seziy —
ko‘k rang hosil qiladi. 11 A guruhdagi magniy, kalsiy, stronsiy va bariy metallarining doimi
y oksidlanish darajasi +2 ga
teng bo'lib, ularda valent elektronlari faqat s-elektronlar hisoblanadi. Bu elementlarning kationlari bir valentli
kationlarga nisbatan yuqori qutblanish xossasiga ega. Bu kationlarning tuzlari gidrolizga juda kam uchraydi. Mg2+, Ca2+,
Sr2+, Ba2+ kationlari rangsizligi sababli ularning ko'pchilik tuzlari rangsizdir. Ularning xloridlari, nitratlari suvda yaxshi
eriydi. Sulfatlari esa (MgSO
4
dan tashqari) suvda kam eriydigan tuzlardir. Kuchsiz kislotalar bilan hosil qilgan tuzlari ham
suvda kam eriydi. Bu kationlar tuzlarining bir valentli kationlar tuzlariga nisbatan kam erishiga
asosiy sabab kovalent
bog'lanish hosil bo'lishini osonligidir. Mg2+, C a2+, Sr2", Ba2+ kationlari gidroksidlarining asoslik xossalari va ularning
eruvchanligi Mg(OH)2 dan Ba(OH)2 ga qarab ortib boradi. Bu kationlarning anorganik moddalar bilan hosil qilgan
kompleks birikmalari
m a’lum emas, lekin ayrim organik birikmalar bilan hosil qilgan kompleks birikmalari m a’lumdir. Biz
o'rganayotgan kationlar uchun oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari xarakterli emas, chunki bu kationlar o'zgarmas
oksidlanish darajasiga ega.
Do'stlaringiz bilan baham: