136)
Потенциаллар ҳосил бўлишининг организм фаолиятидаги ўрни.
Biologik ob’ektlarda ham diffuziya potensiali paydo bo‘ladi: hujayralarning qobig‘i zararlanganda ularning tanlab
o‘tkazuvchanligi buziladi va elektrolitlar hujayraga yoki undan tashqariga konsentratsi
yalarning farqiga qarab
diffuziyalana boshlaydi. Ayni vaqtda shikastlanish potensiali, aslida esa diffuziya potensiali yuzaga keladi. Uning miqdori
30
—
40 mv ga etishi mumkin. Diffuziya jarayoni tugashi bilan potensial asta-sekin nolgacha pasayadi (odatda 1-2 soat
mobaynida). Odatda zararlangan to‘qima zararlanmagan to‘qimaga nisba
tan manfiy zaryadlanadi. Organizm
to‘qimalarida, hatto bitta hujayra ichida ham membrana va fazalar orasidagi potensiallar mavjud. Bunga hujayra ichining
morfologik va kimyoviy bir
turda bo‘lmasligi sabab bo‘ladi. Yurakning ishlashida, mushaklarning qisqar
ishida va
hokazolarda ta’sir toklari paydo bo‘ladi. Ta’sir toklarining paydo bo‘lishini hujayra membranalarining o‘tkazuvchanligi
turli ionlar turlicha ekanligi natijasi deb qaraydigan nazariya bor. Shuning natijadida membrananing ikkala tomonida
ionlar ko
nsentratsiyasi bir xil bo‘lmaydi. Qo‘zg‘alish vaqtida (mushaklarning qisqarishi va boshqalar) membranalarning
tanlab o‘tkazuvchanligi yo‘qoladi va ular orqali ionlar oqimi o‘tib, e
lektr toki yuzaga keladi. 1944 yilda rus olimlari D. N.
Nasonov bilan V. Ya.
Aleksandrov bioelektrik potensiallar paydo bo‘lish nazariyasini yaratdilar. Ular tinchlikda hujayra
ichidagi elektrolitlar oqsillar bilan tanlanib birikadi, natijada protoplazma b
ilan elektrolitning suvdagi eritmasi o‘rtasida
potensiallar farqi (tinchlik
potensiali) paydo bo‘ladi deb hisoblaydilar. Hujayra qo‘zgalganda yoki zararlanganda
protoplazma oqsillarining fazali xossalari o‘zgaradi, ionlarning taqsimlanishi boshqacha bo‘lad
i va shunga yarasha
potensial ham o‘zgaradi (ta’sir yoki zararlanish potensiali paydo bo‘ladi). Biroq, bu nazariyaning ko‘p kamchiliklari bor,
jumladan bu nazariya hujayra satxidagi membrana potensialini hisobga olmay, qo‘zg‘alish va zararlanish ta’siri
me
xanizmini bir xil deb qaraydi va hokazo. Biopotensial va biotoklar paydo bo‘
lishining boshqa nazariyalari ham bor. Bu
nazariyalarga binoan tinchlik potensiali tirik organizmdagina emas, balki qizdirish va formalin bilan o‘ldirilgan hujayrada
ham kuzatiladi
. Bunga hujayralarning tashqi va ichki muhiti o‘rtasida (ya’ni membrana pote
nsiallari) yoki bir hujayraning
turli qismlari orasida (masalan, ustki va yadroga yaqin turgan protoplazma qavatlari o‘rtasida) kaliy, natriy va xlor
ionlarining baravar taqsimlanm
asligi sabab bo‘ladi. Bu potensial fazalar o‘rtasidagi potensiallarga aloqador bo‘lib,
hujayra protoplazmasi turli ionlarni bir xilda adsorbilanmasligi yoki hujayralarda ma’lum ionlarni tanlab o‘tkazish
qobiliyatiga ega bo‘lgan membranalarning ishtirok etishi tufayli paydo bo‘ladi va hujayra ichidagi moddalar almashinuvi
xususiyatining natijasidir. Tinchlik potensiali amfibiyalarda nerv tolalari uchun 70 mv issiqqonli hayvonlar yuragining
mushak tolalari uchun 95 mv va hokazo. Hujayraning mikrostruktura xos
salarini o‘zgartiruvchi sabablar har xil bo‘lib,
ionlarning ozod bo‘lishiga va diffuziyalanishiga, ya’ni ba’zi hollarda ta’sir biopotensiallari, ba’zan esa shikastlanish
potensiallarining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |