Tibbiy kimyo faniga kirish. Biogen elementlar Tibbiy kimyo faniga kirish. Biogen elemetlar haqida tushuncha Tibbiy kimyo fani “Medical chemistry “ ya’ni, dorivor moddalar kimyosi deb nomlanadi. Ushbu fanning rivojlanishi biokimyo, anorganik kimyo, organik kimyo, fiziologik kimyo kabi fanlarning rivojlanishi bilan taraqqiy etdi. Tirik organizmlar tarkibida uchraydigan va ularga salbiy va ijobiy ta’sir etadigan elementlar Biogen elementlar deb ataladi. Biogen elementlarning organizmda uchrash miqdorini belgilovchi 2 xil qonuniyat mavjud : - Tabiatda biogen elementlarni tarqalganligi
- Biogen elementlarning organizm tomonidan o’zlashtirilishi va so'rilishi
Biogen elementlar turlari
Organiz233da biogen elementlarning uchrash miqdoriga qarab 3 ga bo’linadi
- Makrobiogen elementlar . Ular tirki organizm tarkibida 1 % dan yuqori miqdorda uchraydi : O2 62% , C 21% , H2 10% , N 3% , Ca 2% , F 1%
- Olegobiogen elementlar . Ular tirik organizm tarkibida 0.01% dan 1% gacha miqdorda bo’ladi. Bularga : K 0.23% , S 0.16% (o’zgaradi) , Cl 0.1% , Na 0.08% , Mg 0.27% , Fe 0.01% ni tashkil qiladi.
- Mikrobiogen elementllar . Ularning organizmdagi miqdori 0.01% dan kichik bo’lsada ularni vazifasining ahamiyati juda katta. Bularga : Zn, Mo, Ti, Cu, Mn kabi elementlar kiradi
Mikrobiogen elementlar Biogen elementlar vazifasi Biogen elementlar vazifasiga ko’ra 3 ga bo’linadi : - Hayotiy zarur bo’lgan elementlar. Bularga makrobiogen va oligobiogen elementlar kiradi
- Hayotiy ahamiyatga ega bo’lishi mumkin bo’lgan elementlar. Bularga : Cr, Ni, Cd va shu kabilar kiradi
- Biologik ahamiyati oxirigacha o’rganilmagan elementlar. Bularga ayrim mikrobiogen elementlar kiradi
Biogen elementlar Litiy = Odam organizmida doimiy uchrqydigan mikrobiogen element. S elementlarga tegishli bo’lib umumiy miqdori 4% atrofida bo’ladi. Asosan jigar, o’pka, mushaklarda bo’ladi. Organizmda kamaysa : turli xil ruxiy kasalliklar, manikal depressiv psixoz, shizofreniya va boshqalar kelib chiqishi mumkin. Li tuzlari padagra kasalligini davolashda ishlatiladi. Tibbiyotda quyidagi moddalar ishlatiladi : Li2CO3 = litiy karbonat HO-CH2-CH2-CH2-COOLi = litiy oksibutirat Natriy = U olegobiogen elementdir. S elementlar qatoriga kiradi. Umumiy miqdori 0.25%. U organizmda bufer sistemalar tarkibiga kiradi. Tibbiyotda birikmalari : NaCl = izotonik va gipertonik eritmalar sifatida NaBr = nevrosteniya, nevroz, isteriya, uyqusizlik, epilepsiya va boshlang’ich qon bosimi kasalliklarida ishlatiladi NaI = gipertirioz, endemik buqoq kasalligida, nafas yo’llarining shamollashida, kataraktada, bronxial asrmada ishlatiladi Biogen elementlar Kaliy = Makrobiogen element, barcha to’qimalarda uchraydi. Mushak qisqarishini yaxshilaydi. Yurak bir maromida ishlashini taminlaydi. Tibbiyotda : KCl yengil dioretik modda, turli aritmiya hollarida KMnO4 antiseptik, turli yaralarni yuvishda, ginekologik va urologik muolajalarda CH3-COOK yengil siydik haydovchi dori sifatida Xlor = Olegobiogen element asosan ionlashgan holda osmotik bosm qiymati va nerv o’tkazuvchanligini ta’minlashda ishlatiladi. Tibbiyotda uning NaCl tuzi bilan bir qatorda elementning kislota shakli ham qo’llaniladi. HCl oshqozon shirasining kislotaliligi kamayib ketganda ishlatiladi
Do'stlaringiz bilan baham: |