Tibbiy kimyo / 1
61
3davrda Na eng oson elektron beradigan element boʻlib uning
metallik xossasi yuqori, Ar da esa elektron berish xossasi juda kam
boʻlib, metallik xossasi ham juda past.
Bitta guruhda joylashgan asosiy guruh elementlarida metallik
xossa yuqoridan pastga tomon kuchayib boradi. Pastda joylashgan
elementlarda elektron pogʻonalari koʻproq boʻlib elektron ajralishi
osonroq kechadi. (2.11rasm)
Metallik xossasi kamayadi
Metallik x
ossasi ortadi
2.11-rasm. Metallik xossalari oʻzgarishi
Elektronga moyillik deb neytral atomga bitta elektronning birik
tirishidan ajralib chiqadigan yoki yutiladigan energiya miqdoriga
aytiladi va (F) bilan belgilanib, oʻlchov birligi kJ/gmol va ev/atom.
[Atom] e → [Ion]
+
± F
1-kurs talabalari uchun darslik
62
Atomlarning bu xususiyati ham davrlarda tartib raqami ortishi
bilan ortadi. Masalan, II davrda litiyning elektronga moyilligi 0,82
ev boʻlsa, kislorodda – 1,47 va ftorda – 3,58 ev ga tengdir. Gruppa
larda tartib raqami ortishi elektronga moyillikning kamayib borishi
ga (I gruppa: Li=0,82; Na0,47 ev) olib keladi.
Elementlar atomlarining yuqoridagi ikki xossasini umumlashti
ruvchi kattalik elektromanfiylikdir.
Nisbiy elektromanfiylik (NEM) deb bir atomning boshqa atom
elektron bulutini oʻziga qanchalik torta olish xususiyatiga aytiladi:
NEM = ½ (I+F)
Elementlarning elektromanfiyligi litiyning elektromanfiyligiga
(NEM
litiy
= 1) nisbatan (Poling shkalasi) hisoblanadi.
Elektromanfiylikning qiymati davrlarda elementlarning tartib
raqami ortishi bilan ortib boradi. Masalan, III davr elementlari uchun:
Na(Z = 11) ˂ Al(13) ˂ P(15) ˂ Cl(17)
NEM = 0,9 ˂ 1,5 ˂ 2,1 ˂ 3,0
Guruharda tartib raqami ortishi bilan elektromanfiylik kamayib
boradi. Masalan, VII A guruhda:
F(Z = 9) ˂ Cl(17) ˂ Br (35) ˂ I(53)
NEM = 4,1 > 3,0 > 2,6 > 2,4
Davriy jadvalda eng yuqori elektromanfiylikka ega element
ftor boʻlib, u barcha elementlardan elektron “tortib” oladi va kuchli
oksidlovchi xossasini namoyon qiladi. Shu sababli ftor inert gazlari
dan ksenon (Xe) bilan ta’sirlashib, uni oksidlaydi va XeF
2
birikma
sini hosil qiladi. Kislorod ham (NEM=3,5) ftorga elektron beradi va
O
+2
shartli ionga aylanib, OF
2
ni hosil qiladi.
Birinchi guruhning oxirlarida joylashgan Cs elementi eng kichik
NEM (0,7) ga ega. Shu sababli u eng aktiv metall, ya’ni oʻzidan
juda oson elektron chiqarib, kuchli qaytaruvchilik xossasini namo
yon qiladi.
Atomlarning NEM lari qiymati kimyoviy elementlarning xos
salari (oksidlovchilik, qaytaruvchilik, kislotaasos, metall va metal
lamaslik) ni tushuntirishda hamda kimyoviy bogʻlanishlarning hosil
boʻlishi va ularning tabiatini oʻrganishda katta ahamiyatga ega.