Kompensatsion dializ va vividializ. Bu usullar tabiati jihatidan
kolloid sistemaga tegishli boʻlgan biologik suyuqliklarni oʻrganish
va tozalash jarayonlarini amalga oshirishda koʻp ishlatiladi.
Kompensatsion uslubning mohiyati quyidagilardan iborat. Di
alizatorga toza suv oʻrniga turli konsentratsiyali quyi molekular
modda eritmalari solinadi. Buning oqibatida diffuziya jarayoni va
konsentratsiya gradiyenti hisobiga quyidagi ikki holat kelib chiqishi
kuzatiladi.
• Agar kolloid sistemadagi quyi molekular modda konsentrat
siyasi eritmadagidan yuqori boʻlsa, bu holda ular kolloid eritmadan
yarim oʻtkazgich membrana orqali faqat shu modda saqlangan erit
ma hajmiga oʻtadi. Oqibatda ularning eritmadagi konsentratsiyasi
ortib, kolloid sistemadagi miqdori kamayadi.
• Agar kolloid sistemadagi modda miqdori eritmadagidan kam
boʻlsa, bu moddalar kolloid sistemaga oʻta boshlaydi va yuqorida
keltirilganga teskari boʻlgan holat qaror topadi.
Kompensatsion dializ tarkibida quyi molekular modda saqlagan
eritma osmotik bosimi kolloid eritmaning osmotik bosimiga teng
boʻlishi zarur. Ular orasidagi farq quyi molekular modda saqla gan
eritmaga NaCl qoʻshish orqali yoʻqotiladi. Bundan tashqari, bu
usulda kolloid sistema va eritmada saqlangan va tabiati bir xil boʻl
gan moddalarninggina konsentratsiya qiymati oʻzgarishidan foyda
1-kurs talabalari uchun darslik
442
laniladi. Bu usuldan foydalangan holda qon tarkibida erkin holdagi
glukoza hamda siydikchilning miqdori aniqlangan.
Amalga oshirilishi jihatidan vividializ (vividiffuziya) kompen
satsion dializga oʻxshash boʻlib, uning yordamida qon tarkibidagi
quyi molekular moddalar aniqlanadi. Bu usulni amalga oshirish
uchun qon tomirga shisha kanyula joylashtirib, undan chiqqan
qon devorlari yarimoʻtkazgich membrana tabiatiga ega boʻlgan va
fiziologik eritma yoki suvga tushirilgan naychalar sistemasidan oʻt
kaziladi. Buning natijasida qon tarkibidagi quyi molekular moddalar
eritmaga oʻtadi. Bu usul yordamida birinchi marotaba qon tarkibida
erkin aminokislotalar boʻlishi aniqlangan.
Kompensatsion vivi
dializ
da kuzatiladigan ja
rayonlar asosida “sun’iy
buyrak” apparati yaratilgan.
Bu apparat yordamida qon
tarkibida yig‘ilib qolgan va
organizmning zaharlanishi
ga olib keladigan tashlandiq
moddalar chiqarib yuborila
di. “Sun’iy buyrak” mosla
masi buyrakning fiziologik faoliyati yoʻqolganda, organizm zaharlan
ganda, katta miqdordagi teri sathlari kuyganda va boshqa hollarda
qoʻllaniladi. Bunda apparat bevosita katta qon aylanish sistemasiga
ulanib, qon oʻqtinoʻqtin ishlaydigan nasos (“sun’iy buyrak“) orqali
haydab beriladi. Bu sistemadagi membrana sathlari katta qiymatga (~
15000 – 20000 sm
2
) ega boʻlganligi sababli unga tushgan qon qisqa
vaqt ichida (3 – 4 soat) ortiqcha miqdordagi siydikchil, ammiak, turli
tuzlar va boshqalardan tozalanib, qaytadan qon aylanish sistemasiga
oʻtkaziladi.9.2 rasmda gemodializ jarayoni koʻrsatilgan.
Ultrafiltratsiya usuli kolloid eritmaning maxsus yarimoʻtkaz
gich membranadan filtrlab oʻtkazishga asoslangan. Bunda filtratga
oʻlcham qiymati kichik boʻlgan zarrachalar oʻtadi, filtratda esa kol
Tibbiy kimyo / 1
443
loid zarrachalar tutib qolinadi. Ultrafiltratsiya jarayonini tezlatish
maqsadida tozalanilayotgan kolloid eritmaga bosim bilan ta’sir
koʻrsatiladi. Bundan tashqari, bu jarayonni filtrat yig‘ilayotgan
hajm da vakuum hosil qilish orqali ham tezlashtirish mumkin. Ul
trafiltratsiya jarayoni tez borishi hisobiga kolloid eritmani toza suv
bilan bir necha marotaba yuvish orqali yuqori darajada toza zollar
olish imkoniyatiga erishish mumkin.
Surunkali buyrak yetishmovchiligining terminal bosqichidagi be
morlarga gemodializ jarayoni orqali yordam beriladi. Bu holatda gemo
dializdan oldin ham, keyin ham qon bosimi, puls va tana haroratining
oʻzgarishi yoki tutqanoq kabi turli kasalliklarning asoratlarini oldini ol
ish maqsadida bemorni doimiy kuzatish talab qilinadi. Hamshira dializ
qurilmasini markaziy qon tomir kateteri yordamida bemorning oʻmrov
osti yoki bilakdagi qon tomiriga ulaydi. Kateter infeksion kasalliklar
ning rivojlanishini oldini olish uchun steril boʻlishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |