shunchalar bilan tanishamiz.
1-kurs talabalari uchun darslik
320
amika qonunlari asosida talqin qilinishi maqsadga muvofiq boʻladi.
Umumiy termodinamikani oʻrganishdan avval shu boʻlimda keng
qoʻllaniladigan sistema deb ataluvchi tushuncha bilan tanishamiz.
Tashqi muhitdan amalda yoki fikran ajratib olingan va birbiriga ta’sir
etib turadigan moddalar yoki jismlar guruhi sistema deb ataladi.
Sistemalarni uch turi mavjud:
• Ochiq sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit oʻzaro mod
da va energiya almashish imkoniyati bor. Ochiq sistemalarga – tirik
organizm, hujayra, biron organ misol boʻladi.
• Yopiq sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit oʻzaro faqat
energiya bilan almashishi mumkin, modda bilan almashmaydi. Ma
salan, muzlatgich, isitgichlar va sovutgich asboblar.
• Izolatsiyalangan sistemalar – bunda sistema va tashqi muhit
energiya bilan ham, modda bilan ham oʻzaro almashmaydi. Bu
oʻzgarmas hajmga ega sistemadir.
Termodinamikada qoʻllanadigan tushunchaning yana biri faza
dir.
Faza – geterogen sistemadagi bir xil tarkibga va bir xil ter-
modinamik xossalarga ega boʻlgan gomogen qismlarning yigʻindi-
sidir. Gomogen sistema – bir fazali sistema, geterogen sistema – bir
necha fazali sistemadir, demak, geterogen sistemaning gomogen
qismlari fazalardir. Agar suv oʻz bugʻi bilan muvozanatda boʻlsa –
bu ikki fazadan (suyuq va bugʻ holatdagi suv) iborat sistema boʻla
di. Tuzning toʻyingan eritmasi, tuz kristallari va suv bugʻidan iborat
sistema – uch fazali sistemadir. Quruq tuz – bir fazali sistemadir.
Idishdagi gaz, odam organizmi yoki organ, hujayra va shu
kabilarni sistema deyish mumkin. Sistema atrofidagi moddalar –
tashqi muhitni tashkil qiladi. Biron asbobda, chunonchi kolbada,
probirkada, sovutgich mashinalarida, retifikatsion kolonkalarda,
atom reaktorlarida boʻlayotgan turli kimyoviy hamda fizikaviy ja
rayonlar sistemaning holatidir.
Sistemaning berilgan vaqtdagi fizik va kimyoviy xossalari
toʻplami sistemaning holati deb ataladi. Bu xossalardan birorta
Tibbiy kimyo / 1
321
sining oʻzgarishi boshqalarining ham oʻzgarishiga sabab boʻladi.
Sistemaning holati ma’lum bir kattaliklar bilan belgilanadi. Turli
holatda ularning qiymati turlicha boʻlishi mumkin. Sistemaning ho-
latini ifodalaydigan sonlar parametrlar deyiladi. Bularga bosim,
hajm, harorat, energiya, modda miqdori va hokazolar kiradi. Mas
alan, sogʻlom va kasal odamning holatini harorat, bosim, biologik
suyuqliklarning kimyoviy tarkibi va hokazo parametrlar ifodalaydi.
Sistema holatining vaqt oʻtishi bilan oʻzgarishi – termodina-
Do'stlaringiz bilan baham: