15.1 rasm. Katabolizm bosqichlari
3-bosqichda mitoxondriyalarda limon kislota siklida atsetil
gruppadagi ikkita uglerod NAD
+
va FAD kofermentlari yordamida
oksidlanadi, kofermentlar esa qaytariladi. Hujayralarda kislorod
mavjud ekan, qaytarilgan kofermentlardan vodorod ionlari va
Parchalanish va
ba’zi kichik
molekulalarning
oksidlanishi
CO
2 va
H
2
O gacha
oksidlanish
hamdaATF
energiyasi
Oqsillar
Polisaxaridlar
Lipidlar
Aminokislota
Glyukoza,
fruktoza,
Yog’ kislotalari
Glikoliz
Piruvat
Atsetil-KoA
Mitoxondriya
Limon
kislota
sikli
Fotosintezlar
Elektron transport va
oksidlanishli fosforillanish
1-bosqich
Parchalanishva
gidroliz
Energiya, joul
Hujayra
membranasi
ATF
ATF
ATF
15.1 rasm. Katabolizm bosqichlari
Odam organizmi taraqqiy etishining boshlangʻich darajasida
(yoshlik, bolalik) har qanday tirik organizmdagidek assimilyatsiya
jarayonining oʻtishi intensivligi dissimilyatsiya jarayonidan ustun
roqdir. Qarilik yaqinlashishi bilan dissimilyatsiya jarayonlari ustun
boʻlib, organizmdagi potensial energiya zaxirasi asta-sekin kamay
ib boradi. Energiya almashinish va saqlanish qonuni ochilishi bilan
energiyani oʻzaro har xil shaklga oʻtishini oʻrganish alohida fanga
aylandi va bu fan termodinamika deb ataldi.
Termodinamika fani – kimyoviy va fizik-kimyoviy hodisalarni
oʻrganishda termodinamika usullari va uning asosida qonuniyatla
15.1-rasm. Katabolizm bosqichlari
Odam organizmi taraqqiy etishining boshlangʻich darajasida
(yoshlik va bolalik) har qanday tirik organizmdagidek assimilatsiya
jarayonining oʻtishi intensivligi dissimilatsiya jarayonidan ustun
roqdir. Qarilik yaqinlashishi bilan dissimilatsiya jarayonlari ustun
boʻlib, organizmdagi potensial energiya zaxirasi astasekin kama
yib boradi. Energiya almashinish va saqlanish qonuni ochilishi bi
lan energiyani oʻzaro har xil shaklga oʻtishini oʻrganish alohida fan
ga aylandi va bu fan termodinamika deb ataldi.
Termodinamika fani – kimyoviy va fizikkimyoviy hodisalarni
oʻrganishda termodinamika usullari va uning asosida qonuniyatla
1-kurs talabalari uchun darslik
318
rini qoʻllaydigan fandir. Uning eng asosiy masalalaridan biri – in
dividual moddalarning termodinamik konstantalarini eksperimental
ravishda aniqlashdir.
Bular yordamida har qanday fizikkimyoviy hodisalarning bor
ishbormasligini, oʻtish chegaralarini aniqlash mumkin. Biroq bu
usulda jarayonning tezligi yoki muvozanatga yetishi uchun sarflan
gan vaqtni aniqlash mumkin emas. Tirik organizmda kechadigan
anabolik va katabolik jarayonlarda roʻy beradigan energiya oʻzga
rishini oʻrganadigan fan bioenergetika deyiladi.
15.2. еnergiya
Termodinamika fani moddalarning xossalarini energetik jihat
dan tavsiflaydi. Uning birinchi qonuni energiyaning saqlanish va
bir turdan ikkinchi turga aylanish qonunining xususiy koʻrinishi
boʻlib, energiya xillari orasida sifat va miqdoriy munosabatlarning
borligini koʻrsatadi. Ushbu holatlarni atrofmuhitda, tirik organizm
larda, kimyoviy laboratoriyalarda kuzatishimiz mumkin. Inson yu
gurganida va yurganida, raqsga tushganida yoki aqliy mehnat bilan
mashgʻul boʻlganida energiya sarflanadi.
Tasavvur qilaylik, siz balandlikka koʻtarilyapsiz va yoʻlni da
vom ettirish uchun kuchingiz qolmadi. Shu vaqtda ish bajarish uchun
sizning energiyangiz (quvvatingiz) yetmadi. Endi tasavvur etaylik
ki, siz tushlik qildingiz. Ma’lum vaqt oʻtishi bilan organizmingiz
oziqadan energiya olib, ishni davom etishi, ya’ni tepalikka chiqishni
davom ettirishi mumkin.
Energiya potensial va kinetik turlarga tasniflanadi. Kinetik ener-
giya – harakat energiyasidir. Har qanday harakatlanuvchi jism kine
tik energiyaga ega boʻladi. Potensial energiya jismning holati yoki
moddaning kimyoviy tarkibiga bogʻliq energiya. Togʻ choʻqqisida
yotgan tosh, oʻsha yerda yotganligi uchun potensial energiyaga ega.
U pastga qulashni boshlasa, potensial energiya kinetik energiyaga
aylanadi.
Tibbiy kimyo / 1
319
Dambada saqlanayotgan suv potensial energiyaga ega. U toʻ
siqdan oʻtib, pastga oqa boshlasa, potensial energiyasi kinetik en
ergiyaga aylanadi. Oziqovqatlar, qazilma yoqilgʻilar molekulalari
da ham potensial energiya saqlanadi. Ovqat hazm boʻlish jarayo
nida yoki avtomobilda benzin yonishida bu kimyoviy moddalar
energiyasi ish bajarishga sarflanadigan kinetik energiyaga aylanadi.
Zarrachalar harakati bilan bogʻliq energiya turi issiqlik energi-
yasi deyiladi. Qoʻlda muzni ushlab turganimizda qoʻlimiz sovuqni
sezadi, chunki issiqlik qoʻldan muz boʻlakchalariga oʻtadi. Zarra
chalar harakati qanchalik tez boʻlsa, modda issiqligi yoki issiqlik
energiyasi shunchalik yuqori boʻladi. Muz boʻlagida zarrachalar
ning harakati tezligi juda past. Issiqlik oʻtgani sari muz tarkibidagi
zarrachalarining tezligi ortadi. Oxir oqibat zarrachalarining energi
yasi muzning erib ketishiga, ya’ni qattiq holatdan suyuq holatga
oʻtishiga yetarli boʻlib qoladi.
SI sistemasida energiya va ishning oʻlchov birligi Joul (J). Joul
birligi energiyaning kichik miqdori uchun qo‘llaniladi, ba’zan kilo
Joul (kJ)dan foydalaniladi, u 1000 Joulga teng. Masalan, bir stakan
suvni isitish uchun 75000 J yoki 75 kJ issiqlik talab etiladi.
Energiyaning miqdorini oʻlchashda kaloriya birligidan ham
foydalaniladi. Kaloriya soʻzi lotinchada “issiq” ma’nosini anglata
di. Oddiyroq qilib aytganda 1 gramm suvning haroratini 1°С ga
oshirish uchun energiya sarflangan. 1 kal = 4,184 J.
Do'stlaringiz bilan baham: |