7.1. Eritmalar
Eritmalar – bu gazsimon, suyuq va qattiq erituvchida turli agre
gat holatdagi kichik oʻlcham qiymatiga ega boʻlgan erigan modda
zarralarining tarqalishidan hosil boʻlgan bir jinsli gomogen siste
madir. Eritmalardagi erigan moddaning soni va oʻlchami eritmalar
xossasini aniqlashda katta rol oʻynaydi.
Eritmalar deb ikki yoki undan ortiq komponentlardan iborat
va ularning oʻzaro ta’sirlashuvi natijasida hosil boʻlgan bir jinsli
sistemalarga aytiladi.
Eritmalar suyuq, gazsimon va qattiq holatda boʻladi. Suyuq erit
malar, xususan, suvli eritmalar tibbiyotda muhim ahamiyatga ega.
Ular tirik organizmning ichki muhiti boʻlib, hayotiy muhim boʻl
gan jarayonlarda ishtirok etadi. Biologik suyuqliklar bo‘lgan qon
plazmasi, limfa suyuqligi, me’da shirasi, siydik murakkab oqsillar,
lipid lar, uglevodlar, tuzlarning eritmalaridir. Biz nafas olayotgan
havo ham eritma hisoblanadi, havoning tarkibini asosan kislorod va
1-kurs talabalari uchun darslik
162
azot tashkil etadi. Suvda karbonat angidridni eritib, gazli ichimlik
olinadi. Iste’mol qilinadigan qahva yoki choy ham eritma boʻlib,
qahva donalari va choy barglarini eritib va damlab tayyorlanadi.
Dengiz va okean suvi ham eritma hisoblanadi, ular bir qancha tu
zlar, xususan, natriy, kalsiy, kaliy va boshqa metallar tuzlarining
eritmasidir. Antiseptik dorivor modda – yod ham kristall holdaqi
yodning etanoldagi eritmasidir.
Eritmada erigan modda bilan erituvchini ajratib boʻlmaydi.
Chin eritma rangli boʻlsa ham u shafof boʻladi. Uning zarrachalari
shu qadar kichikligidan ular filtrdan va yarim oʻtkazuvchan mem
branalardan ham oʻta oladi. Yarim oʻtkazuvchan membranalar eri
gan moddaning yirik zarrachalarini oʻtkazmaydi.
Suvda qattiq, suyuq va gazsimon moddalar erishi mumkin.
Qattiq moddalarning suvda erishi anchagina murakkab jarayondir.
Bunda qattiq modda kristallari sirtidan alohida molekulalar ajralib
chiqib, diffuziya tufayli butun erituvchi hajmida taqsimlanishi ku
zatiladi. Kristallning erishi bilan birga teskari jarayon, eritmadagi
molekulalarning qayta kristallanishi ham sodir boʻladi. Erigan mod
da ortiqcha boʻlsa, bunda ma’lum vaqtdan keyin muvozanat yuzaga
keladi.
Qattiq moddaning erish tezligi, erigan moddaning choʻkish tez
ligiga teng boʻlgan (V
er
= V
kr.
) eritmalar toʻyingan eritma deyiladi.
Ayni haroratda toʻyingan eritmada eng koʻp erishi mumkin boʻlgan
modda boʻladi.
Toʻyinmagan eritmada qattiq moddaning erish tezligi, erigan
moddaning choʻkish tezligidan katta boʻladi (V
er
>V
kr.
). Bunday
eritmalarda eriqan modda migdori toʻyingan eritmaga nisbatan kam
boʻladi.
Tibbiy kimyo / 1
163
Oʻta toʻyingan eritmada qattiq moddaning erish tezligi, eri gan
moddaning choʻkish tezligidan kichik boʻladi (V
er
kr.
). Bunday
eritmalarda erigan modda miqdori toʻyingan eritmaga nisbatan koʻp
boʻladi. Bunday eritmalar beqaror boʻlib, erigan modda kristallar
idan bir necha donasi tashlansa, eritmada yana kristallanish sodir
boʻladi. 7.1rasmda eritmalarni tayyorlash koʻrsatilgan.
Erigan
modda
Erimagan
modda
To‘yinmagan
eritma
To‘yingan
eritma
7.1-rasm. Eritmalarni tayyorlash
Eritmada erigan komponent oʻzining koʻpgina fizik xossalari
ni saqlab qoladi. Masalan, okean suvida erigan natriy xlorid shoʻr
ta’mini saqlab qoladi. Shu kabi, qahva suvda eriganda xushboʻy
qah va hidi his qilinadi. Eritmada komponentlar birbiridan ajratil
gan holda boʻlishi mumkin emas. Masalan, sharbat shakar va suv
aralashmasidir. Sharbatda shakarni suvdan ajratib boʻlmaydi.
Biologik suyuqliklar suv va unda erigan moddalar: glyukoza,
elektrolitlar K
+
, Na
+
, Cl
, Mg
2+
, HCO
3
va HPO
4
2
ni oʻz ichiga ola
di. Organizm biosuyuqliklari tarkibida yuqorida keltirilgan modda
1-kurs talabalari uchun darslik
164
lar ma’lum chegaralangan miqdorda boʻlishi shart. Elektrolitlarning
miqdori oʻzgarishi jiddiy hujayraviy oʻzgarishlarga olib kelishi va
salomatlikka xavf solishi mumkin.Eritmada erigan modda va erituv
chi birbiri bilan reaksiyaga kirishmaydi, shuning uchun ularni tur
li miqdorda aralashtirish mumkin. Eritma tarkibidagi erigan modda
zarrachalari erituvchi molekulalari orasida teng taqsimlangan boʻladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |