Tibbiy etika nima?.
Javob
Tibbiy etika (yunon ethice- axloqiy o’rganish, axloqiy o’rganish), yoki tibbiyot deontologiyasi (yunon deon - vazifasi, "deontologia" so’nggi yillarda adabiyotda keng qo’llanilmoqda) - tibbiy xodimlar o’z kasbiy vazifalarini bajarishlaridagi amal qilishi lozim bo’lgan axloqy me'yorlar va xulq tamoillari to’plamidir.
Zamonaviy g’oyalarga ko’ra, tibbiy etika quyidagi jixatlarni o’z ichiga oladi:
- Ilmiy - tibbiyot xodimlarining axloqiy-ma'naviy jixatlarini o’rganadigan tibbiyot fanining sohasi;
- Kasbiy - amaliyotda axloq me'yorlari va qoidalarini shakllantirish va qo’llash masalalari bo’lgan tibbiy amaliyot sohasi.
Tibbiy etika uchta asosiy yo’nalish bo’yicha shaxslararo munosabatlarni va ular orasidagi turli muammolarini xal qilishni o’rganadi:
1.tibbiy xodim- bemor,
2.tibbiy xodim - bemorning qarindoshlari,
3.tibbiy xodim - tibbiy xodim.
Deontologiya nima?
Javob
Tibbiy deontologiya (yunoncha “deontos” – kerak bo’lgan, majbur) - tibbiyot xodimlarining o’z professional majburiyatlarini bajarishdagi ahloqiy normalari va tamoyillari to'plamidir
Shifokor siri xakida tushuncha.
Shifokor va bоshqa tibbiyot хоdimlari o’zlarining kasbiy burchlarini bajarayotgan vaqtlarida ularga ma’lum bo’lgan bеmоrning kasalligi, оilaviy va jinsiy xayoti xaqidagi ma’lumоtlarni tarqatmasliklari kеrak. Izlanishlarida bеmоrning familiyasini, uning rasmlarini yuzini yashirmagan хоlda dеmоnstratsiya qilmasliklari kеrak.
Tibbiy xodimlarning uzini tutish koidalari nimalardan iborat?
Tibbiy xodimlarning o’zini tutish qonun qoidalari bu shifokor etikasi shifokor deontologiyasiga amal qilgan holatta o’zining professional burchini ado etishidir
Tibbiyot xodimlarining uzaro munosabatlari xakida tushuncha.
Kasalxona sharoitida tibbiyot xodimlari o'rtasidagi munosabatlar alohida ahamiyatga ega. Tibbiy xodimlarning ahloqiy qoidalarini buzish, ularning kasbiy majburiyatlarini bajarmasligi davolash jarayonining samaradorligiga ta’sir qiladi. Bemor bolalar yoki ularning qarindoshlari oldida har qanday holatda ham tibbiy xodimlar o’zaro o'rtasidagi munosabatni xal qilishga yol qo'yilmaydi. Odamning mavqeiga e'tibor qaratishimiz kerak, subordinatsiyani saqlash lozim, ya'ni lavozimi kichik hodim katta lavozimli xodimga bo’ysunishi: kichik hanshira – post hamshira – muolaja hamshira - katta hamshira - shifokor - bo'lim boshlig'i.
Kabul bulimi kanday vazifalarni bajaradi?
Bun yerda quyidagi tekshiruvlar amalga oshiriladi: tana harorati, pul’s, arterial qon bosimini o’lchash, qon guruhi, rezus-faktor, gemoglobin, gematokritni aniqlash. Qon ketish, ichak tutilishi, travmatik shikastlanishlarda shoshilinch operatsiyaga kam vaqt qolgan bo’lsa maxsus tekshiruvlar o’tkazmaydi.
Klinikaga tashqi qon ketish bilan tushgan bemorlar qabul bo’limidayoq qon ketishini to’xtatishga qaratilgan muolajalar o’tkazilishi lozim (jgut yoki steril bosib turuvchi bog’lam qo’yish). Bemor qabul bo’limiga kelganda pedikulyozga qarshi to’liq va qisman sanitar tozalash o’tkaziladi.
Kabul bulimi xonalari.
Qabul bo’limida dastlabki ko’rik xonasi bundan tashqari xojatxona vanna dush qabul qiladigan xonalar bo’lishi shart
Kurik xonasida kanday jixozlar bulishi kerak?
Ko’rik xonasida avvalo bemor uchun karavat albatta termometr qon bosim o’lchagich kardiograf apparati dorilar uhun shikaf va boshqalar bo’lishi kerak.
Kabul bulimi xamshirasi majburiyatlari.
Katta tibbiyot hamshirasi ma'muriy va iqtisodiy masalalar bo’yicha kasalxonaning (poliklinika) bo’lim boshliqiga yordam bеradi, patronaj hamshiralari va hamshiralar ishini tashkil qiladi va nazorat qiladi.
Kasalxonadagi tibbiy hamshira bеmorlarga tibbiy tayinlashni amalga oshiradi, bеmorning ahvolini nazorat qiladi, ularga g’amxo’rlik qiladi va ularning ovqatlanishini tashkil qiladi.
Muolaja hamshirasi tibbiy tavsiyalarni (vеna ichiga yuborish va inеktsiyalarni) amalga oshiradi, faqatgina shifokorning bajarishi mumkin bo’lgan manipulyatsiyani amalga oshirishga yordam bеradi, biokimyoviy tekshiruvlar uchun vеnadan qonolishni amalga oshiradi.
Xirurgik statsionarga kabul kilingan bemorlar kanday tekshiruvlardan utishi kerak?.
Statsionar bo’g’inning hozirgi maqsadi va vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Kasalliklarni diagnostikasi va davolash.
2. Birinchi yordam.
3. Bеmorlarni rеabilitatsiya qilish.
4. Kasalliklarning oldini olish.
5. Tadqiqot (ilmiy-tekshiruvlar) faoliyati.
6. O’quv mashqulotlari (tibbiy xodimlarni o’qitish).
Do'stlaringiz bilan baham: |