Asab tizimi va boshqa a’zolarning shikastlanishi.
Miya urilishi va hushdan ketish. Umumiy zararlanish belgilari. Miya qisilishi. Subdural gematoma. Epidural gematoma. Falajlanish. Orqa miyaning ezilishi va uzilishi (yorilishi). Sezuvchanlik va haraktning buzilishi. Periferik va vegetative asablarining shikastlanishi. Shikastlangan miya qon bosimining ko’tarilishi. Shikastlangan kishiga tinch sharoit yaratish va birinchi yordam berish.
Ichki organlarning shikastlanishi.
Qovurg’a, to’sh, chanoq, suyaklari sinishi bilan kechadigan qorin, ko’krak qafasi, bel va qattiq zarba tegishli ta’sirida jigar, taloq, ichak, yurak, o’pka, plevra, buyrak, siydik pufagi va boshqa orgnlar shikastlanishi. Me’da, ichak va qovuq yorilganda og’ir kasallik yuz beradi- qorin pardasi yallig’lanadi (peretonit).
Zo’riqish va o’ta zo’riqish
Zo’riqish va o’ta zo’riqishni haddan tashqari charchash natijasida yuzaga chiqishi. Charchashning nazariyalari. Charchashda markaziy asab tizimi faoliyatining susayishi. Ichki va tashqi tormozlanishi jarayonlarini paydo bo’lishi. Asab markazlarida charchash natijasida yuzaga keladigan funksional o’zgarishlar. Qo’zg’aluvchanlik va labillikning susayishi, mushaklar qisqarish kuchinnig kamayishi. Charchashning yuzaga kelish tezligi va uning darajasi. Aktiv va passiv dam olish (gipokeniziya). Sportchilarda lanjlik, ruhsizlik, uyqu buzilishi, yurak qon tomir tizimi o’zgarishlari. Arterial qon bosimining ortishi yoki pasayishi, yurak ritmining tezlashishi yoki sekinlashishi. Zo’riqishnnig sabablari. Surunkali o’ta zo’riqish. O’tkir va o’ta zo’riqish.
O’tkir potologik holatlar. Hushdan ketish. Gravitatsion shok. Ortostatik kollaps. Gipoglikemiya holati. Issiq va oftob urishi. Suvga cho’kish. Reanimatsion chora-tadbirlar. Terminal holat, agoniya, klinik o’lim, biologik o’lim. Sun’iy nafas oldirish. Yurakni massaj qilish.
Reanimotologiya fani va uning vazifalari. Klinik o’lim holatidagi bemorlarni tiriltirishi. Reanimatsiya chora-tadbirlar kompleksi yordamida qon aylanish va nafas olishining o’z vaqtida tiklash, bemorni terminal holatdan chiqarish. Terminal holati va uning bosqichlar: agoniyadan oldingi holat. Agoneya klinik o’lim. Klinik o’limni biologik yoki haqiqiy o’limga o’tishi. Klinik o’limdan kaslning reanimatsiyasi. Og’izdan-og’izga yoki og’izda burunga nafas oldirish usuli. O’pkani- sun’iy ventilyatsiya qilish. Yurakni ko’krak ustidan massaj qilish.
Do'stlaringiz bilan baham: |