ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
169
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Ushbu ko’rsatkichlar o’zbek tilida ta’lim oluvchi o’quvchilarda ham o’rganildi. Natijalar rus
tilida tahsil oluvchi o’quvchilar natijalaridan birmuncha farqli jihatlarni aks ettirdi. Korrelyatsion
tahlilga asosan (2-jadval) etnik mansublikning affektiv va kognitiv komponentlari (r=0,43; p≤0,05)
ahamiyatli aloqadorlikni aks ettirdi.
2-jadval. O’zbek tilida ta’lim oluvchi o’quvchilarda etnik mansublik darajasining boshqa
ko’rsatkichlar bilan o’zaro aloqadorligi
Finni metodikasi
Yosh
J
ins
S
inf
Kognitiv
komponent
Affektiv
komponent
Etnik mansublik
darajasi
Kognitiv komponent
1
Affektiv komponent
0,43**
1
Etnik
mansublik
darajasi
0,85***
0,84***
1
Yosh
-0,17
0,26
0,05
1
Jins
-0,07
-0,36*
-0,25
-
0,5***
1
Sinf
-0,05
0,25
0,11
0
,68***
-
0,14
1
Izoh: *p≤0,1; ** p≤0,05; *** p≤0,01.
O’zbek tilida tahsil oluvchi o’quvchilarda ham Etnik mansublikning umumiy darajasi
kognitiv (r=0,85; p≤0,01) va affektiv komponent (r=0,84; p≤0,01) bilan ahamiyatli bog’liqlikni aks
ettirdi. O’zbek va rus tilida tahsil oluvchi o’quvchilar natijalaridagi yorqin tafovut yosh
xususiyatlarining boshqa ko’rsatkichlar bilan bog’liqligida aks etdi. Bunga ko’ra, rus tilida ta’lim
oluvchi o’quvchilarda etnik mansublikning barcha ko’rsatkichlari yosh xususiyatlari bilan
aloqadorlikni aks ettirgan bo’lsa, o’zbek tilida tahsil oluvchi o’quvchilarda bu qonuniyat
aniqlanmadi. Bundan ko’rinadiki, o’quvchi uchun asosiy ta’limning o’z ona tilida amalga oshishi
ontogenezning barcha bosqichida uning milliy mansublik hissining shakllanishiga ijobiy ta’sir
ko’rsatsa, o’zga tillarda, jumladan, rus tilida ta’lim oluvchi o’zbek o’quvchilarida bu holat
birmuncha keyingi, kattaroq yosh davrlarida amalga oshishini ko’rish mumkin. Demak, bolaning
qaysi tilda ta’lim olishi ham uning mental xususiyatlari shakllanishiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Shuningdek, o’zbek guruhlarida jins xususiyatlari etnik mansublikning affektiv komponenti (r=-
0,36; p≤0,1) va yosh xususiyatlari (r=-0,5; p≤0,1) bilan ahamiyatli aloqadorlikni aks ettirdi. Rus
tilida ta’lim oluvchi o’g’il bolalarda qiz bolalarga nisbatan etnik mansublikning kognitiv
komponenti darajasi yuqori ekanligini, o’zbek tilida ta’lim oluvchi og’il bolalarda esa affektiv
komponenti darajasi yuqoriligini ko’rish mumkin. Demak, o’zga tillarda tahsil oluvchilarda o’z
etnosiga xos xususiyatlarni anglash jarayoni kuchliroq bo’lsa, o’z ona tilida tahsil oluvchi
o’zbeklarda etnik mansublikni his qilish jarayoni ustunlikni namoyon etar ekan.
Yuqoridagi ma’lumotlardan ko’rinadiki, insonda milliy mansublik hissini rivojlantirishda
milliy tilni bilish, milliy muhit muhim o’rin egallaydi. Shu tufayli oilada va ta’lim muassasalarida
milliy meros, millat tarixi bilan tanishtirishga, milliy tilni mukammal o’rgatishga jiddiy e’tibor
berish lozim. Bunda, ayniqsa, o’zga tillarda tahsil oluvchu bolarda milliy tilni o’zlashtirish sifatiga
e’tiborni kuchaytirish lozim, toki ular ham boshqa tillarni o’rganish hisobidan o’z ona tilini
o’zlashtitishda oqsoqlikka yo’l qo’ymasin.
Xulosa qilib aytganda, insondagi milliy xususiyatlar, milliy mansublik hissi, avvalo, oila
muhitida shakllanadi, ammo o’quvchilarda milliy o’zlikni anglash, milliy iftihor tuyg’usini
shakllantirish va rivojlantirish maqsadida psixologlar, o’qituvchilar tomonidan turli mashg’ulotlar,
Do'stlaringiz bilan baham: |