Ключевые слова и понятия:
подростковый возраст, ранний юношеский возраст,
этническая идентичность, аффективный компонент, когнитивный компонент.
Annotation:
This article deals with the levels of manifestation of ethnic identity in
adolescence and early adolescence, and reveals some metods to develop this process.
Key words and concepts:
the period of teens, early adolescence, ethnic identity, affective
component, cognitive component.
Insonning milliy ongi uning milliy mansublikni anglashi va millat hayotidagi voqealarga
munosabati orqali aks etadi. Milliy ongning eng dastlabki ko’rinishi bo’lgan etnik ong asrlar
davomida yagona til, hudud, ahloq va urf-odatlar birligi asosida vujudga keladi. Etnik ongning eng
muhim ijtimoiy vazifasi odamning ma’lum etnik guruhga mansubligini anglash va his qilishini
ta’minlashdir.
M.M.Mamatovning fikricha, bolalar o’zlarining u yoki bu etnik guruhga mansubliklarini,
avvalo, ota-onalarining qaysi etnik birlikka mansubliklarini anglash orqali bilib oladilar. Ota-onalari
turli millatga mansub bo’lgan bolalar ota-onalardan birining millatini qabul qiladi. Bu oila
yashayotgan jamiyatdagi siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, huquqiy, madaniy va boshqa vaziyatlarga
bog’liqdir [1, 58].
Milliy avto va geterostereotiplarni o’zaro uzviy bo’g’liq ekanligini ta’kidlar ekan,
B.M.Botirov har bir millat vakili o’z xulq-atvorini o’zga millat vakillarining ushbu millat
ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
168
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
to’g’risidagi tasavvurlariga binoan belgilab turishini va ayni shu holat millatlararo idrok
ta’minlaydigan tolerantntlik determinantasi sifatida namoyon bo’lishini ta’kidlaydi [2, 90].
Biz ham o’quvchilarda milliy mansublik hissi namoyon bo’lishining psixologik
xususiyatlarini o’rganish maqsadida Toshkent shahridagi ta’lim tili o’zbek va rus tili bo’lgan
maktablarda izlanish olib bordik. Bunda o’quvchilardagi milliy mansublik darajasini o’rganish
maqsadida 10-sinf o’quvchilarida so’rovnomalar o’tkazildi. Dastavval Dj.Finnining “Etnik
mansublik namoyon bo’lishini aniqlash” metodikasi [3] bo’yicha o’quvchilarning natijalari
o’rganildi. Ta’lim tili rus tili bo’lgan o’quvchilarda olingan natijalar ularning yosh, jins va
millatlariga bog’liqlik darajasi Pirson korrelyatsiya koeffitsiyentidan foydalangan holda o’rganib
chiqildi (1-jadval) va quyidagi ma’lumotlar qo’lga kiritildi:
Natijalarga ko’ra etnik mansublik ko’rsatkichining affektiv komponenti kognitiv komponent
natijalari bilan ahamiyatli darajadagi (r=0,57; p≤0,01) bog’liqlikni namoyon etdi. Bundan
ko’rinadiki, insonning o’zi mansub bo’lgan millatning etnik xususiyatlari va tasavvurlari hamda shu
guruhga tegishlilikni anglashi uning shu etnos a’zolari bilan munosabatiga, etnik stereotiplarning
hosil bo’lishiga ta’sir ko’rsatadi.
1-jadval. Rus tilida tahsil oluvchi o’quvchilar natijalaridagi korrelyatsion aloqadorlik
Millat
Finni metodikasi
Y
osh
J
ins
Kognitiv
komponent
Affektiv
komponent
Etnik mansublik
darajasi
Millat
1
Kognitiv
komponent
-0,001
1
Affektiv
komponent
0,27
0,57**
1
Etnik mansublik
darajasi
0,17
0,86**
0,91**
1
Yosh
0,02
0,43*
0,41*
0,47*
1
Jins
0,41*
-0,48**
-0,06
-0,28
-
0,31
1
Izoh: * p≤0,05; ** p≤0,01.
Etnik mansublikning umumiy darajasi kognitiv (r=0,86; p≤0,01) hamda affektiv (r=0,91;
p≤0,01) komponentlar bilan o’zaro yuqori darajadagi korrelyatsion aloqadorlikni aks ettirdi. Bu o’zi
mansub bo’lgan etnos haqida keng bilim va ma’lumotlar hamda millatiga bo’lgan munosabatlar shu
guruhga mansublikni his qilishiga ijobiy ta’sir ko’rsatishini, ular birgalikda milliy mansublik
darajasini tashkil etishini anglatadi. Shuningdek, yosh xususiyatlari etnik mansublik darajasining
kognitiv komponenti (r=0,43; p≤0,05) va affektiv komponenti (r=0,41; p≤0,05) hamda etnik
mansublik darajasining umumiy ko’rsatkichi bilan (r=0,47; p≤0,05) ahamiyatli aloqadorlikni aks
ettirdi. Bundan ko’rinadiki, insonlarning o’z millatlariga taalluqlilik va millati haqida tasavvurlari
yosh davrlariga ko’ra tafovutlanar, ya’ni inson qaysi yosh davrida ekaniga qarab milliy mansublikni
his qilish darajasi turlicha bo’lar ekan. Demak, ontogenezda bir davr o’zidan avvalgi davrga
nisbatan dunyoqarash kengayishiga sabab bo’lgani tufayli milliy tasavvurlari hosil bo’lishiga ham
ijobiy ta’sir ko’rsatar ekan.
Shuningdek, etnik mansublik darajasining kognitiv komponenti jins (r=-0,48; p≤0,01)
xususiyatlari bilan ham ahamiyatli aloqadorlikni aks ettirdi. Demak, insonning o’z etnik guruhiga
tegishliligini anglashi, uning shu etnos a’zolari bilan munosabati uning gender xususiyatlariga ham
bo’g’liq, ya’ni bu milliy mansublik hissi erkak va ayollarda turlicha namoyon bo’lishini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |