ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
164
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
ichiga oladi[3,75]. Didaktik o‘yin maqsadi, vazifasi, olib borilish tartibi, qoidalari bilan tanishish;
Didaktik o‘yin maqsadi va vazifasidan kelib chiqadigan muammoli vaziyatni anglash;Muammoli
vaziyatdan chiqishning eng samarali yollarini topish;Xar bir bola o‘zi bajarishi lozim bo‘lgan
vazifalarni anglashi, pedogogdan kerakli maslaxatlarni olishi; Turli bilim manbalardan foydalangan
xolda muammoli vaziyatni xal etishning optimal variantini tanlash; Didaktik o‘yin ishtirokchilari
orasida o‘zaro xamkorlik, o‘zaro yordam va o‘zaro nazorat vujudga kelishi lozim.Pedogog avval
bolalarni individual, so‘ngra guruxli o‘yinlarga tayyorlashi va otkazishi ular muvafaqiyatli
chiqqandan so‘ng, ommaviy o‘yinlarga tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Chunki bolalar didaktik o‘yinli
mashg‘ulotlarda faol ishtirok etishlari uchun kerakli bilim, ko‘nikma va malakalarga ega bo‘lishi,
bundan tashqari sinf jamoasi o‘rtasida o‘zaro xamkorlik, o‘zaro yordam vujudga kelishi lozim.
Mazkur didaktik o‘yinli mashg‘ulotlarda xamma bolalar xamkorlikda ishlaydilar, avval
o‘zlashtirgan bilimlarini yangi vaziyatlarga qo‘llab yangi bilimlarni egallaydilar[1,23]. Bu esa
bolalarning o‘z bilimlariga, iqtidoriga ishonch uyg‘otadi va xar bir bola sidqidildan xamda jiddiy
tayyorgarlik muvaffaqiyat garovi ekanligini anglagan xolda bilim olishga kirishadi. Shu sababli
pedogog vazifalarni bosqichma-bosqich amalga oshirishi zarur.Didaktik o‘yinning maqsadi,
vazifalari, borishi, mantiqiy ketnma-ketligi, bolalar bajarishi lozim bo‘lgan topshiriqlarni aniqlash
va rejalashtirish;Didaktik o‘yin davomida bolalar oldiga qo‘yiladigan o‘quv-bilish xarakteridagi
muammoli vaziyatlar tizimini vujdga keltirish yollarini aniqlash va loyixalash; Bolalarning didaktik
o‘yining maqsadi va vazifalari bilan tanishtirish, didaktik o‘yin talab etadigan vazifalarni taqsimlash
va xar bir bolaga tegishli aniq yollanmalar, ko‘rsatmalar berish; Mazkur o‘quv-bilish xarakteridagi
muammoli vaziyatlarni xal etishda bolalarning avvalgi mavzulardan o‘zlashtirgan bilim, ko‘nikma
va malakalarni tanish, odatiy va yangi kutilmagan vaziyatlarda qo‘llash imkoniyatini
aniqlash.Bolalarning didaktik o‘yinga tayyorgarlik faoliyatini kuzatish va nazorat. Ta’lim – tarbiya
jarayonini xozirgi zamon talabiga mos xolda xar bir mavzu mazmuniga bog‘liq xolda bolalarni
kasbga yollashi va shu kasblarni egallashlari uchun qanday bilimlarga ega bo‘lishi kerakligini qayd
etishi lozim[2,54]. O‘yin texnologiyalarida muhim rol yakuniy o‘tmishga qaratilgan muhokamaga
tegishli bo‘lib, unda bolalar o‘yinning borishi va natijasini, o‘yin modeli va voqelikni, shuningdek
o‘quv-o‘yin o‘zaro faoliyatining borishini birgalikda tahlil etadilar. O‘yin yaqin rivojlanish zonasini
ta’minlovchi, nutqida nuqsoni bo‘lgan bolaning psixologik ko‘rinishini shakllanishiga
rivojlantiruvchi ta’sir ko‘rsatuvchi yetakchi faoliyat bo‘lishi kerak.
O‘yin mashg‘ulotlari tizimining asosiy vazifalari:
1.Bolalarda muhokama etilayotgan vazifa yuzasidan o‘z fikrlarini bayon etishga, o‘z
takliflarini kiritishga bo‘lgan istakni shakllantirish.
2.Bolalarni muhokama etilayotgan mavzuga doir o‘z shaxsiy tajribasi orqali yoki boshqa
kishilar tajribasidan ma’lum dalillarni yodga tushurishga, shuningdek improvizatsiya (fantaziya
etishga) etishga, gaplarni qurishga o‘rgatish.
3.Bolalarni o‘zaro bir-birini tinglashga va bir-biridan olgan dalillardan foydalanishga
o‘rgatish.
4.Bolalarni ahloqiy baholarga tayangan holda shaxsiy qarorlarni tanlashga o‘rgatish.
O‘yin davomida bolalar jamoaviy tafakkurlashning ilk tajribalarini egallashlari isbotlangan.
Olimlarning fikricha, bolalar o‘yini kattalarning mehnat va ijtimoiy faoliyatining aksi sifatida paydo
bo‘lgan. Biroq ma’lumki, o‘ynay olish kundalik hayotda egallanganlarni o‘yinga avtomatik tarzda
ko‘chirish yo‘li bilan amalga oshmaydi.
O‘yin davomida idrok, tafakkur, xotira, nutq, ya’ni shunday fundamental ruhiy jarayonlar
shakllanadiki, ularning yetarlicha rivojlanmaganligida shaxsning har tomonlama tarbiyasi haqida
so‘z ham bo‘lishi mumkin emas. Bola tafakkurining rivojlanish darajasi uning faoliyat xarakterini,
uni amalga oshirishning intellektual darajasini belgilaydi.
Chet tilini o‘qitish jarayonining muvaffaqiyatini pedogogning ilmiy-metodik saviyasiga va
pedagogog maxoratining yuqori darajada bo‘lishi, zamon bilan xam nafasligini, bolalarning bilish
faoliyatini faollashtirish va boshqarish ko‘nikmalariga bog‘liq bo‘ladi. Chet tilini o‘qitishda boshqa
Do'stlaringiz bilan baham: |