ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
9
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
О‘qituvchining kasbiy-mutaxassislik kompetentligi о‘z ichiga turli tarkibiy, jumladan, axborotli
qismlarni ham oladi. Ma’lumki, innovatsion ta’lim sharoitlarda о‘qituvchining axborot kо‘nikmasi
uning professional pedagogik kompetentligini aniq belgilaydi.
Bо‘lajak boshlang‘ich sinflar о‘qituvchisining axborot kо‘nikmalarini shakllantirish uning
axborot qobiliyatining asosiy komponentlari (turli xil axborot faoliyatini amalga oshirish bilan
bog‘liq kasbiy yо‘naltirilgan kо‘nikmalar) va maxsus komponentlar bloklari ishlab chiqilishini
nazarda tutadi, mazkur tadqiqot ishida ular birgalikda maxsus axborot kompetentligi sifatida
belgilangan. Maxsus axborot salohiyatlarini rivojlantirish masalasini hal etish bо‘lajak
о‘qituvchilarning boshlang‘ich ta’lim jarayonida yangi axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri va
samarali foydalanishga qaratilgan о‘ziga xos qobiliyatlari bilan bog‘liq.
Shubhasiz, agar о‘qituvchilar yetarli darajada mazkur axborot texnologiyalari dasturiy
mahsulotlarini izlash va tanlash qobiliyatiga ega bо‘lmasa va aniq didaktik vazifalarni hal qilish
uchun ularni tо‘g‘ri qо‘llash imkoniga ega bо‘lmasalar, boshlang‘ich sinflar о‘qituvchilari ushbu
texnologiyalarni о‘quv jarayonida qо‘llashda yetarli darajada bilimga ega bо‘lmasa, boshlang‘ich
sinflarda yangi axborot texnologiyalaridan foydalanish befoyda bо‘ladi. Shu tariqa, о‘qituvchining
axborot kompetentligi boshlang‘ich sinfda о‘quv jarayonining samaradorligini oshirishda hal
qiluvchi omil bо‘lib xizmat qila boshlaydi.
Kompetentli yondashuvning ilmiy asosi mustaqil davlatlar xamdо‘stligi olimlaridan
O.V. Akulova, YE.S. Zair-Bek, I.A. Zimnyaya, V.A. Kozirev, A.A. Pinskiy, N.F. Radionova,
M.V. Rijakov, A.P. Tryapitsina, I.D. Frumin, A.V. Xutorskiy, S.YE. Shishov va boshqalar ishlarida
berilgan.
О‘qituvchi axborot kompetentligining shakllanishi yoki rivojlanishi muammosi kо‘plab
olimlar: O.B. Zayseva, N.V. Kisel, A.M. Orobinskiy, M.M. Pshukova, O.G. Smolyaninova
dissertatsiya tadqiqotlarida kо‘rib chiqilgan. G.G. Brusnitsina, T.V. Dobudko, S.A. Zayseva,
I.V. Ryaxinova, A.A. Uzdenova va boshqalar tadqiqotlari boshlang‘ich sinflarda kompyuterdan
foydalanib dars mashg‘ulotlari о‘tishga tayyorlash masalasiga bag‘ishlangan. Ularda boshlang‘ich
ta’lim nazariyasi va metodikasida informatika kursini о‘qitish yoki bо‘lajak boshlang‘ich sinflar
о‘qituvchilarini tayyorlashda о‘quv jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanish masalalari
о‘rganilgan. Biroq bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchilari axborot kompetentligini rivojlantirish
masalasi aloxida e’tibor qaratildi.
Pedagogika oliy ta’lim muassasalarida meyoriy hujjatlar va о‘quv amaliyotini tahlili shuni
kо‘rsatdiki, boshlang‘ich ta’lim yо‘nalishlarida informatika sohasida talabalarni tayyorlashda asosiy
yо‘nalish – elementar boshlang‘ich kompyuter savodxonligini rivojlantirishdan iborat. Talabalar
turli axborot jarayonlari uchun shaxsiy kompyuter dasturlaridan foydalanish bо‘yicha malaka va
kо‘nikmalarga ega bо‘ladilar. Shunga qaramay, talabalarga yangi axborot texnologiyalaridan
foydalanish bо‘yicha maxsus tayyorgarlikning yо‘qligi sababli bо‘lajak о‘qituvchilarni ushbu
texnologiyalarni о‘quv jarayonining samaradorligini oshirish uchun boshlang‘ich ta’lim jarayonida
foydalanishga qodir emasligiga olib keladi. Shunday qilib, bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisi
о‘z kasbiy faoliyatida yangi axborot texnologiyalaridan tо‘g‘ri foydalanishi malakasini
shakllantirish kerakdir degan xulosaga keldik.
Bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisini axborot kompetentligini rivojlantirishda quyidagi
vazifalarni amalga oshirish lozim deb hisoblaymiz
:
bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisini kasbiy-mutaxassislik tayyorgarligiga
zamonaviy talablar va о‘qituvchining professional malakasining eng muhim tarkibiy qismlaridan
biri sifatida axborot kо‘nikmalarini, shu bilan birga, bо‘lajak boshlang‘ich sinflar о‘qituvchisining
axborot kompetentligini oshirishning aniq maqsadga yо‘naltirilgan jarayonlarni tashkil etish;
yangi axborot texnologiyalari sohasidagi taraqqiyot, ularning didaktik imkoniyatlari
kengayib borayotganligi va о‘qituvchilarni boshlang‘ich ta’lim jarayonida ularni tо‘g‘ri yо‘naltirish.
Mazkur vazifalarni hal etish jarayonida bо‘lajak boshlang‘ich sinf о‘qituvchisining axborot
kompetentligini shakllantirish (rivojlantirishda boshqarish)ga yondashuvlarni ishlab chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |