Thesis · April 2020 doi: 10. 13140/RG



Download 10,51 Mb.
Pdf ko'rish
bet414/710
Sana20.07.2022
Hajmi10,51 Mb.
#826645
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   710
Bog'liq
Хасанхонга 420 бетда

 Tayanch so’zlar:
maktabgacha yoshdagi bolalarni o’qitish, kichik yoshdagi bolalar 
xususiyatlari, qo’shiqlar til o’rgatish vositasi, kichik yoshdagi bolalarni o’qitish tamoyillari 
Аннотация:
В статье рассматриваются возрастные особенности дошкольных детей и 
проблемы преподавания иностранных языков для детей дошкольного возраста. 
Акцентируется внимание на песня как средство обучения иностранных языков и их 
основные принципы.

Ключевые слова:
обучение дети дошкольного возраста, возрастные особенности 
дошкольных детей, песня как средство обучения, принципы обучения. 
Annatation:
The article is devoted to the discussion of the age characteristics of young 
learners and principles of teaching pre-school learners. Songs as the effective means of teaching 
foreign languages for young learners is stressed, as well. 
Kew words:
teaching pre-school learners, age characteristics of young learners, songs as 
means of teaching, teaching principles.
 
Bugungi kunda mamlakatimizda ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan turli islohotlarning 
guvohi bo’lyapmiz. Ta’limning har bir bosqichida amalga oshirilayotgan yangiliklarni, 
innovatsiyalarni kuzatishimiz mumkin. Mamlakatimiz ta’lim tizimidagi muvaffaqiyatlar jahon 
hamjamiyatida o’zining yuksak o’rniga ega bo’lmoqda. Har tomonlama yetuk, jahon yoshlari bilan 
o’zlarining bilimi bilan teng raqobatlasha oladigan yoshlarni tarbiyalash bugunning eng dolzarb 
vazifalaridan bo’lib qolmoqda. Shunday yoshlarni tarbiyalshda, ularga chet tilini o’rgatishning o’rni 


ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
 
364 
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
beqiyosdir.
Darhaqiqat, chet tilini o’rgatish kichik yoshdan boshlanganida samaraliroq bo’lishi ta’limda 
isbotlangan. Kichik yoshdagi bolalar o’ziga xos qobiliyat va iqtidorga ega bo’lishadi va ularning 
xotirada saqlab qolish qobiliyatida unchalik muammo sezilmaydi. Kichik yoshdagi bolalarda chet 
tilini o’rganishga yordam bera oladigan turli ko’nikma va ularning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. 
Masalan, Maktabgacha yoshdagi bolalarda quyidagilarni ko’rishimiz mumkin. Ular: 
-alohida so’zlarni tahlil qilmasdan turib ularning ma’nosini tushunishda qobiliyatlidir 
-chegaralangan so’z boyliklarini ijodkorona qo’llay oladi 
-bevosita o’rganishdan ko’ra bilvosita o’rganishlari oson 
-ajoyib tassavvur olamiga egalar 
-suhbatda ajoyib zavq-shavqqa egadirlar 
-kamdan kam holatda bilmasliklarini tan oladigan o’quvchidirlar.(1, 19) 
Ushbu xususiyatlaridan kelib chiqib qaraydigan bo’lsak, ularga chet tilini o’rgatishda o’ziga 
xos qiyinchiliklarga duch kelishimiz mumkin bo’ladi. Bunday qiyinchiliklarni bartaraf etishda esa 
o’qituvchidan kuchli bilim, malaka talab etiladi. Avvalo, chet tilini o’rgatishda maktabgacha 
yoshdagi bolalar uchun turli muhokamalar va tajribalarga asoslangan yuksak darajadagi 
rejalashtirish, mazmun va maqbul metodni tanlash, undan samarali foydalanish maqsadga 
muvofiqdir. Kichik yoshdagi bolalar o’yinqaroq bo’lishadi va ularni diqqatini uzoq vaqt bir joyga 
jamlab turishning imkoni yo’q. Shuning uchun chet tilini o’rgatishda biz turli o’yinlar, harakatli 
o’yinlar, she’rlar, qo’shiqlardan foydalansak samarali bo’ladi. Yosh bolalar kichik hajmdagi she’r 
va qo’shiqlarni osongina yodlash xususiyatiga ega. Qo’shiqlar yosh bolalarning xorijiy tillarni 
o’rganishi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Shuningdek qo’shiqlarning bolalarda xorijiy tilda 
so’z boyligini oshirish va gap qurilmasini o’rgatish kabi tushunchalarni anglashidagi beqiyos 
ahamiyati ham o’z aksini topadi. Qo’shiqlarning bolaning ma’naviyatiga, tarbiyasiga ta’siri haqida 
atroflicha fikr yuritiladi. 
Ko’pchilik bolalar qo’shiq kuylashdan zavqlanishadi va buning xorijiy tillarni o’rgatish 
jarayonida ham natijaliligi kuzatiladi. Qo’shiq yordamida o’rgatish o’qituvchi uchun ham qat’iy 
o’qitish rejimidan biroz tanaffus qilish imkoniyat bo’lishi mumkin. Qo’shiqlar hatto o’qituvchida 
chegaralangan o’quv vositalari bo’lsada, bir necha o’quvchiga bir vaqtda o’rgatish imkonini beradi. 
Qo’shiqlar yosh bolalarda xorijiy tillarni o’rgatishda ularning nutqini rivojlantirishda muhim rol 
o’ynaydi. Qo’shiqlarni til o’rgatishdagi afzalliklaridan biri bu ularning moslashuvchanligidadir. 
Qo’shiqlar bir necha maqsadlarda va ko’plab sabablarga ko’ra qimmatli pedagogik vosita sifatida 
qo’llaniladi. Qo’shiqlar bolalarning tinglab tushunish mahoratini rivojlantirishga yordam beradi va 
tinglash natijasida ularning so’zlarni to’g’ri talaffuz qilish ko’nikmalari shakllantiriladi. 
Dialog yoki monologlarni qayta va qayta takroran tinglash ulardagi so’zlarning ma’nosini, 
ularning kontekstdagi ma’nosini tushunish o’quvchilar uchun zerikarli bo’lishi mumkin. Qo’shiqlar 
ritmi va ohangi turli tuman bo’lganligi uchun ularni qayta-qayta tinglash bola uchun zerikarli 
bo’lmaydi. Ba’zi qo’shiqlar masalan ‘Hello’ qo’shig’ida kundalik turmushda qo’llaniladigan 
iboralar mavjud bo’lib, bu qo’shiq tinglash ko’nikmasini o’stirishda maqbul vosita sifatida 
foydalanilishi mumkin. O’qituvchi birinchi uch qatorini kuylaydi unga javoban o’quvchilar keyingi 
uch qatorini kuylash orqali o’qituvchining murojaatiga javoblari bo’ladi.
Hello, 
Hello, 
Hello, how are you? 
I’m fine, 
I’m fine, 
I hope that you are, too. 
Bolalar ko’pincha yangi tovushlarni o’rganish va ularni amalda qo’llashga juda ham 
qiziquvchan bo’lishadi. Ba’zi o’qituvchilar juftlikdagi so’zlar mashqlaridan foydalanishadi, bunday 
mashqlar o’quvchi uchun qiziqarli bo’lmasligi mumkin. Masalan: cot-pot, beat-seat kabi mashqlar 



Download 10,51 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   410   411   412   413   414   415   416   417   ...   710




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish