ЗАМОНАВИЙ УЗЛУКСИЗ ТАЪЛИМ СИФАТИНИ ОШИРИШ: ИННОВАЦИЯ ВА ИСТИҚБОЛЛАР
305
ХАЛҚАРО МИҚЁСИДАГИ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ КОНФЕРЕНЦИЯ МАТЕРИАЛЛАРИ
Respublikasi
“Ta’lim to`g`risida”gi qonunining 23-moddasiga binoan ruhiy va jismoniy
rivojlanishida nuqsoni bo`lgan bolalar va o`smirlarga ularning ta’lim olishi, rivojlanishi
sog`ligini muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish maqsadida maxsus ta’lim
muassalari tashkil etilgan.
Shuningdek, Adliya vazirligi tomonidan 2015 yil 30 iyunda davlat
ro`yxatidan o`tkazilgan O`zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi hamda Sog`liqni saqlash vazirliklari
qo`shma qarori asosida
“Jismoniy yoki psixik rivojlanishda nuqsoni bo`lgan hamda uzoq vaqt
davolanishga muhtoj bolalarning uyda yakka tartibda ta’lim olishlarini tashkil etish tartibi
to`g`risida”gi
Nizom ishlab chiqilgan. Ushbu Nizom BMT ning “Inson huquqlari umumjahon
deklaratsiyasi”, “Bola huquqlari va kafolatlari to`g`risida”gi konvensiyasi, “Nogiron huquqlari
to`g`risida”gi Deklaratsiya, O`zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi hamda “Nogironlarni
ijtimoiy himoya qilish to`g`risida”, “Ta’lim to`g`risida”, “Kadrlar tayyorlash Milliy Dasturi”, “Bola
huquqlari va kafolatlari to`g`risida”gi qonunlar talablariga muvofiq tarzda tayyorlangan.
Nizom jismiyati yoki ruhiyatida bir va undan ortiq kamchiligi bo`lgan bolalarni maxsus davlat
ta’lim standartlari asosida o`qitish asosida ularni har taraflama rivojlantirishni ham nazarda tutgan
Hozirgi kunda respublikamizda yuqorida keltirilgan qonunlardagi talablarga muvofiq imkoniyati
cheklangan bolalarga kasb-hunar o`rgatish, kasbiy mahoratini, iqtidor va iste’dodini ro`yobga
chiqarishga, ularni ijtimoiy hayotga moslashtirish, o`z o`rnini topib, jamiyatning to`laqonli a’zosi
bo`lishga gumanistik yondashuvni amalga oshirish yuzasidan ta’lim muassasalarida bir qator ishlar
olib borilmoqda. Uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan bolalarning ko`ngliga yo`l topa olish, ularni
yolg`izlatib qo`ymaslik, hayotdan zavq olishga, ruhiyatini ko`tarish, o`ziga bo`lgan ishonchini
mustahkamlash har bir uyda yakka tartibda ta’im oluvchi o`quvchilarga ta’lim berayotgan
pedagogning oldidagi muhim vazifadir.
Inson qachon, qanday holatda yashshdan zavq oladi?
-O`zini jamiyatga kerak ekanligini his etganida:
-O`z imkoniyatlariga va kuchiga ishonganida;
-Maqsad bilan yashasa va maqsadiga erishsa.
Buning uchun, bolalarni shunga o`rgatish muhimdir. Har bir bola nimagadir qodir, har bir
bolada o`ziga xos yashirin iqtidor mavjud. Pedagog ushbu iqtidorni yuzaga chiqarishi va uni
ro`yobga chiqarishga ko`maklashmog`i lozim. Buning uchun avvalo quyidagi ishlar amalga
oshirilishi lozim:
Bola bilan suhbatlashish orqali uning qiziqishlari haqida ma’lumot to`plash.
Bolalarni xususiyatiga, nuqsoniga mos turli topshiriqlar berib ko`rish orqali iqtidorinini
aniqlash
Bolaning sog`ligini har taraflama hisobga olib sport, san’at, musiqa va turli hunarlar buyicha
imkoniyatlarini sinab ko`rish
Aniqlangan iqtidoriga qarab bolani san’at, musiqa va hunarga yo`naltirish.
Bolani har bir bajarayotgan ishini rag`batlantirib boorish natijachida o`zig abo`lgan
ishonchini mustahkamlab boorish muhimdir.
Aqliy rivojlanishda nuqsoni bo’lgan bolalarni ta’lim jarayonida kasb- hunarga yo’naltirishda,
bolalarni mehnatsevarlik, vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va o’qitishda, ijtimoiy moslashuvida,
hayotda o’z o’rnini topib yashashida kelajak maktabini barpo etishda, maktab ma’muriyatini,
o’qituvchi va tarbiyachilar bilan bir qatorda, ota-onani, jamoatchilikni o’rni beqiyosdir. Ota-ona
farzndini nuqsonini o’ylab bolani, ko’ngliga qarab tarbiyada bo’sh ketsa bola xarakterida egoistlik,
dangasalik, ishyoqmaslik, injiqlik kabi illatli fazilatlar yuzaga keladi. Ota-ona bolani uy ro’zg’or
ishlarida mehnatga, qo’ni qo’shnilarga yordam, hashar, tomorqadagi mehnat, chorvachilikdagi
mehnat, qishloq xo’jaligidagi mehnat, xullas ota-onaga barcha ishlarga qarashishga, yordam
berishga o’rgatishi lozim. O’quvchilarni to’garak ishlariga kirishib ketishlari uchun mashg’ulot
jarayonida ularni ruhini ko’taruvchi, qiziqishlarini orttiruvchi mehnat faoliyatida ularning
qiziqishini orttiruvchi materiallardan kuproq foydalanish kerak. Har bir bolaning aqliy rivojlanishi
mashgulotlarga tayyorgarligi charchash kabi xislatlarga e’tibor beriladi. Ba’zan o’quvchilar 2 ta
Do'stlaringiz bilan baham: |