Ishlab chiqarish quvvati – asosiy ishlab chiqarish va aylanma fondlar, shuningdek, moliyaviy resurslardan iloji boricha to’liq va oqilona foydalangan holda ishlab chiqarish mumkin bo’lgan mahsulotning maksimal hajmi.
Ishlab chiqarish rentabelligi – umumiy (balans) foydaning asosiy ishlab chiqarish fondlari va normalashtiriluvchi aylanma mablag’larning o’rtacha yillik qiymatiga nisbati sifatida aniqlanuvchi ishlab chiqarish samaradorligi ko’rsatkichi.
|
Ishlab chiqarish tuzilmasi– korxonaning mahsulot ishlab chiqarish jarayonida bevosita yoki bilvosita ishtirok etadigan ishlab chiqarish bo’linmalari - tsexlar, uchastkalar, xizmat ko’rsatish xo’jaligi aloqalarining yig’indisi.
|
Ishlab chiqarishni ixtisoslashtirish – yirik korxonalarda texnologiya va tuzilmasi bir xil bo’lgan mahsulotlarni ommaviy ravishda ishlab chiqarish.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |