Kapital sig’imi - asosiy kapitalning mos keluvchi davr mobaynida ishlab chiqarilgan mahsulot yoki uning biron-bir qismini - milliy daromad, sof daromad, foydaga nisbatini tavsiflovchi ko’rsatkich.
Kombinatsiyalash – bitta korxona - kombinat doirasida sanoatning bitta yoki bir nechta tarmoqlaridagi turli xil ishlab chiqarishlarni texnologik jihatdan birlashtirishda ifodalanuvchi, ishlab chiqarishni umumlashtirish shakllaridan biri.
|
Kompaniya - tadbirkorlarning huquqiy shaxs maqomiga ega bo’lgan, pay kapitali asosida tashkil qilinuvchi birlashmasi.
|
Konversiya - korxonaning umuman boshqa turdagi mahsulot ishlab chiqarishga o’tishi.
|
Kontsern - turli tarmoqlardagi mustaqil korxonalarning ishtirok etish tizimi, qo’shma tadqiqotlar, patent-litsenziya kelishuvlari, moliyalashtirish, ishlab chiqarish hamkorligi vositasida birlashuvi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |