Asosiy fondlarning eskirishi – asosiy fondlarning (binolar, qurilmalar va boshqa mehnat vositalarining) asta-sekinlik bilan foydali xususiyatlarini yo’qotishi. Asosiy ishlab chiqarish fondlari eskirishining jismoniy va ma’naviy turlari mavjud.
Balans - biron-bir holatning alohida tomonlarini taqqoslash va solishtirish yo’li bilan tavsiflanuvchi ko’rsatkichlar tizimi.
|
Balans foydasi - korxonaning balansida aks ettiriluvchi faoliyatning barcha turlaridan olinuvchi umumiy foyda miqdori.
|
Bankrotlik - kasodga uchrash, korxonaning (tashkilot, bank) o’z majburiyatlari bo’yicha to’lovlarni mablag’lar yo’qligi tufayli amalga oshirmasligini anglatuvchi tushuncha. Qoidaga ko’ra, korxonani yopish yoki majburan tugatish hamda mol-mulkini qarzlarni to’lash uchun sotib yuborishga olib keladi.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |