Ishlab chiqarishni yiriklashtirish – mahsulotni yirik korxonalarda chiqarishni tashkil qilish.
Ishlab chiqarishni kimyolashtirish – mahsulot ishlab chiqarishda kimyoviy mahsulot va sun’iy materiallar, shuningdek, kimyoviy usullardan keng foydalanish.
|
Ishlab chiqarishning diversifikatsiyasi – bir tomonlama, ko’pincha bitta mahsulotga asoslanuvchi ishlab chiqarishni keng nomenklaturada tayyorlanuvchi mahsulotlarga asoslangan ishlab chiqarishga o’tkazish.
|
Kapital qurilish - asosiy fondlarni yangi korxona qurish, mavjud korxonalarni qayta tiklash, kengaytirish, texnik jihatdan qayta qurollantirish va zamonaviylashtirish yo’li bilan yaratish va mukammallashtirish jarayoni.
|
Kapital qo’yilmalar - asosiy fondlarni qayta tiklash va o’stirishga sarflanuvchi moddiy, mehnat va pul resurslari xarajatlari.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |