2. Imkoniyatlar - faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshishini ta’minlovchi tizim. O’zaro ta’sir etuvchi va o’zaro bog’liq bo’lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter. Ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo’ladi. Xarakter tizimidan irodaviy va ma’naviy sifatlar ajratiladi.
4. Mashqlar tizimi. Hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korrektsiyalash), o’zini o’zi nazorat qilish, o’zini o’zi boshqarishni ta’minlaydi.
Ikkinchi savol uchun nazorat topshiriqlari:
1. Shaxsga ta’rif bering.
2. Shaxsning tuzilishini ishlab chiqing.
3. Shaxsning faoliyatini aniqlang.
4. Shaxsning yo’nalishini belgilang.
5. Individ, shaxs, individuallikga qisqacha ta’rif bering.
3. Kishining o’z-o’ziga baho berishi.
3-savol bo’yicha darsning maqsadi: Shaxsning ustanovkalarini ta’riflash. Shaxsning muhim orientatsiyalarini talabalarga tushuntirish. Shaxsning ustanovkalarini ishlab chiqish va o’rganish.
Do'stlaringiz bilan baham: |