Ilova 1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT
TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI
RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI
TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI
UNIVERSITETI
“Energiya ta’minlash tizimlari” kafedrasi
“Hayot faoliyati xavfsizligi”
fanidan
AMALIYOT
TOPSAIRIQ №1
Bajardi:Multimedia texnologiyalari ta’lim yo‘nalishi
217-19 guruh
Kenjayev Abbos
talabaning F.I.Sh.
Toshkent 2021
“
Hayot faoliyati xavfsizligi
” fandan
№1
T
O
P
SH
I
R
I
Q
(AMALIYOT)
2 - jadval
№
Talabalarining F.I.Sh.
Variant
nomeri
Nazariy
savollar
nomeri
1.
KENJAYEV ABBOSJON ZARIF O‘G‘LI
217-19
№ 25.
25, 87, 55
2.
I. Nazariy savollar:
25.
Hayot faoliyat xavfsizligini boshqarish. Hayot faoliyat xavfsizligini boshqarishga
tizimli yondashish.
87. Mehnat sharoitini aniqlovchi asosiy omillar tahlili.
55. Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish.
25.
1-savolga javob
Hayot faoliyat xavfsizligini boshqarish. Hayot faoliyat xavfsizligini boshqarishga
tizimli yondashish.
HFXni boshqarish deganda ko'zda tutilgan natijalarga erishish "inson-muhit" tizimiga
tashkiliy ta'sir qilishni tushunamiz.
HFXni boshqarish
- bu obyektni ongli ravishda bir
hols(xavfli) boshqa bir (xavfsiz) holatga o'tkazishdir.Bunda obyektiv ravishda iqtisodiy
va texnik shartlarga amal qilishmaqsadga muvofiqdir.
HFXni boshqarish vositalari
ni
quyidagi jihatilarga ajratish mumkin: fizologik, psixologik, ijtimoiy, tarbiyaviy,
ergonomik, ekologik, ommani o'qitish; xavfsiz xulq madaniyatini tarbiyalash; kasbiy
o'qitish; kasbiy tanlash; boshqarish subyektiga psixologik ta'sir qilish;.dam olish va
ishlash rejimlarini ratsionallashtirish; kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy
vositalari; shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya to'lovlari tizimi va
boshqalar, tibbiy, texnik, tashkiliyoperativ, huquqiy va iqtisodiy.HFXni boshqarishning
vositalari boy va rang-barangdir. Bularga quyidagilar kiradi: halq ommasini o'qitish,
kasbiy tanlash, boshqarish subyektiga psixologik ta'sir qilish; dam olish, ishlash
rejimlarini ratsionallashtirish; kollektiv himoyalanishning texnik va tashkiliy vositalari;
shaxsiy himoya vositalari; yengillik va kompensatsiya tolovlari tizimi va boshqalar.
Tizimlilikka bolgan talab shundari iboratki, bunda xavfsizlikni aniqlashda muhim va
yetarli bo'lgan tashkil qiluvchilar sonini hisobga olish ko'zda tutiladi
.
Tizimli tahlil
qilishhing muhim prinsiplari quyidagilarga olib keladi: qaror qabul qilish jarayonida
oxirgi maqsadni aniqlashi va aniqlik kiritishdan boshlanmog'i kerak; butun muammolarni
to'laligicha qarash muhimdir; maqsadga erishishningii alternativ yo'llarini tahlil qilish
muhimdir; qo'shimcha maqsadlar umumiy maqsadga to'sqinlik solmasligi kerak. Bunda
maqsad - reallik, predmetlik, sonli aniqlik, adekvatlik, samaralilik, nazoratlilik talablarini
qondirmoqligi kerak.
2-savolga javob
Mehnat sharoitini aniqlovchi asosiy omillar tahlili.
Ishlab chiqarishda kasb kasalliklarining oldini olish va ishlab chiqarish jarohatlarini
kamaytirishda, ushbu baxtsiz hodisalarni chuqur tahlil qilish asosida ularni keltirib
chiqaruvchi sabablarni hamda ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillarni puxta
o‘rganish mubim rol o‘ynaydi. Baxtsiz hodisalarning sabablari asosan quyidagi 4
guruhga bo‘linadi: texnikaviy, sanitar-gigiyenik, tashkiliy va psixofiziologik. Texnikaviy
sabablarga mashina va mexanizmlar hamda ish jihozlarining nosozligi, elektr
qurilmalarining yerga ulanmaganligi, yuklashtushirish mashinalaridan noto‘g‘ri
foydalanish, mashina va mexanizmlar konstruksiyasini mehnat muhofazasi talablariga
javob bermasligi kabilar kiradi. Sanitar-gigiyenik sabablarga esa mehnat gigiyenasi,
sanitar me’yorlar va qoidalarga amal qilmaslik, yoritilganlik, harorat, nisbiy namlik,
havoning harakatlanish tezligi, havoning bosimi kabi ko‘rsatkichlarni me’yordan chetga
chiqishi, yuqori miqdordagi shovqin, titrash, havoning changlanganligi yoki
gazlanganligini kiritish mumkin. Tashkiliy sabablarga ish rejimi va dam olish rejimini
noto‘g‘ri tashkil etilganligi, sog‘lom va xavfsiz ish sharoitini yaratilma-ganligi,
ishchilarni xavfsizlik texnikasi qoidalari bo‘yicha o‘qitilmaganligi, ish joylarida
ogohlantiruvchi belgilarni bo‘lmas-ligi, nomutaxassislarni ishga qabul qilish, maxsus
kiyim-boshlar hamda shaxsiy himoya vositalari bilan ishchilarni ta’minlan-maganligi va
boshqalar misol bo‘la oladi. Psixofiziologik sabablarga bajarilayotgan ishga e’tiborsiz
qaralishi, ishchining o‘z faoliyatida bo‘lgan nazoratining bo‘shligi, jismoniy yoki asabiy
toliqish va boshqa shu kabilar kiradi. Ishlab chiqarishdagi хаfli va zararli оmillar baxtsiz
hodisalarni keltirib chiqaruvchi sabablardan farq qiladi. Baxtsiz hodisalarning sabablari
mehnat muhofazasi bo‘yicha standartlar, qonun-qoidalar va ko‘rsatmalarning buzilishi,
ularga amal qil-maslik oqibati bo‘lsa, ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillar esa
bevosita jarohatlanishlarni keltirib chiqaruvchi shart-sharoitlar hisoblanadi. Ishlab
chiqarishdagi хаfli va zararli omillar ishning turi va mehnat sharoitiga bоg‘liq holda 4
guruhga bo‘linadi: fizikaviy, kimyoviy, biologik va psixofiziologik. Fizikaviy omillarga
harakatdagi mashina va mexanizmlar, ularning himoyalanmagan qo‘zg‘aluvchi
mexanizmlari, ish joyi havosining yuqori darajada changlanganligi, gazlanganligi, baland
darajadagi shovqin, titrash, infratovush, ultratovush, turli xi1 nurlanishlar, statik elektr
zaryadlari, yuqori kuchlanishdagi elektr yoki magnit maydonlari, yoritilganlik
darajasining me’yordan chetga chiqishi kabi omillar kiradi. Kimyoviy omillarga ishlab
chiqarish jarayonlarida ishlati-ladigan yoki ajralib chiqadigan turli xil kimyoviy
moddalar kiradi. Ularni insonga ta’sir etish xususiyatiga qarab quyidagi guruhlarga
ajratish mumkin: umumiy zaharlovchi, ko‘payish funksiyalariga ta’sir etuvchi; inson
a’zolariga kirish уo‘li orqali esa: nafas olish уo‘li orqali ta’sir etuvchi, ovqatlanish va
hazm qilish tizimi orqali va bevosita teri orqali ta’sir etuvchi. Biologik omillarga esa har
xil jarohatlar va kasalliklarni keltirib chiqaruvchi mikro va makroorganizmlar:
bakteriyalar, virus-lar, rikket, zamburug‘lar, har xil zaharli o‘simliklar vа hayvonlar
kiradi. Psixofiziologik omillarga jismoniy va asabiy zo‘riqishlar misol bo‘la oladi.
Jismoniy zo‘riqishlar statik, dinamik va giperdinamik holda bo‘lishi mumkin. Asabiy
zo‘riqish esa kuchli aqliy mehnatdan, mehnatni doimiy bir xil ko‘rinishda bo‘lishidan,
kuchli hayajonlanish yoki asabiylashishdan sodir bo‘ladi. Ishlab chiqarishdagi ko‘pgina
holatlarda ushbu faktorlar umumlashgan holda uchraydi. Ishlab chiqarishda baxtsiz
hodisalarning oldini olish zararli va xavfli faktorlarning ta’sir darajasini susaytirish
maqsadida texnologik jarayonlarni to‘liq mexaniza-tsiyalashtirish, avtomatlashtirish va
ish joylarini germetiklashtirish, ishlab chiqarish xonalarida yoritilganlik, shovqin, titrash
darajalarini hamda mikroiqlim ko‘rsatkichlarini me’yor-lashtirish, ishchilarni maxsus
kiyim-boshlar va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlashni o‘z vaqtida amalga
oshirish talab etiladi.
3-savolga javob
Ishlab chiqarish xonalarini tabiiy shamollatish.
Tabiiy havo almashinish xona ichi havosi bilan tashqi muhit havosining bosimlari hamda
zichliklari orasidagi farq asosida amalga oshiriladi. Tabiiy havo almashinish qurilmalari
ishlash xarakteriga ko‘ra tashkillashtirilgan va tashkillashtirilmagan turlarga bo‘linadi.
Agar shamollatish qurilmalarida havo oqimi yo‘nalishini va miqdorini rostlovchi
moslamalar o‘rnatilgan bo‘lsa, bunday shamollatish tizimi tashkillashtirilgan deb ataladi.
Havoning tortish kuchini oshirish maqsadida tabiiy havo almashinish qurilmalarida
deflektorlardan foydalaniladi. Ular shamollatish kanallarining yuqori qismiga o‘rnatiladi.
Havo oqimi deflektor orqali o‘tishi natijasida havo kanallarida siyraklanish hosil bo‘ladi
va buning ta’sirida kanalda havoning tezligi oshadi.
Deflektorning diametri quyidagicha aniqlanadi
bu erda Wd – deflektorning ish unumdorligi, m3/s; Vd – havoning deflektordagi tezligi,
m/s. Hisob ishlarida Vd = (0,2 …0.4) Vx deb qabul qilish mumkin, bu erda Vx –
havoning tezligi, m/s.
Shamollatish qurilmasining ish unumdorligi olingan natijalar asosida quyidagicha
topiladi:
Wt = 3600 Vx · Sx.t, (4.23)
bu erda Vx – havoning tezligi, anemometr ko‘rsatishi asosida, m/s; Sx.t. – havo o‘tish
tuynuklarining umumiy yuzasi, m2. Sinov vaqti barqaror texnologik rejim davrida 1,5 -
2,0 soat bo‘lishi lozim. Sanitar me’yorlar va qoidalarda xona ichining toza tashqi havosi
bo‘yicha minimal sarfi quyidagicha belgilangan: yashash, turar joy xonalari uchun – 3
m3/soat 1 m2 yuza uchun, tabiiy shamollatishda; jamoat va ma’muriy – xo‘jalik xonalari
uchun – tabiiy shamollatish bo‘lmagan holat uchun 1 kishi hisobiga-60-20 m3/soat,
ishlab chiqarish xonalari uchun tabiiy shamollatish bo‘lgan holatlar uchun 30 – 20
m3/soat 1 kishi hisobiga, tabbiy shamollatish bo‘lmagan hollarda 60 – 120 m3/soat.
Bajarilgan ishlar bo‘yicha xulosa chiqarish.
___________________________________________________________________________________
Foydalanilgan adabiyotlar va internet xavolalari ruyhati
1.
. Hayot faoliyati xavfsizligi. Ekologiya. O.D.Raximov,
I.X.Siddiqov, M.O.Murodov. Oliy ta’lim bakalavriyat yo‘nalishlari
uchun darslik. T.: “Aloqachi”, 2017-332 b.
2. google.com
3. hozir.org