Filtrlash (filtration) dorixona amaliyotida qo'llaniladigan har qanday
(katta-kichik) ko‘z ilg'amaydigan zarrachalardan critmalarni tozalash
usuli bo‘lsa, suzish (colatio) csa ko'zga ko‘rinarli zarrachalardan critma-
ni xoli qilish hisoblanadi. Shuning uchun filtrlashda mayda g‘ovakli
tozalagichdan foydalanilsa, suzishda csa yirik g'ovakli tozalagichlar
ishlatiladi. Dorixona sharoitidagi asosiy lozalagich bu filtr qog'oz hisob-
lanib, u toza klctchatkadan iborat. U oliy navli qog'ozdan olinib, tarkibida
ishqoriy muhit beruvchi tuzlar, kislotalar, kraxmal va yog'ochning boshqa
qoldiqlari bo‘lmasligi kerak.
Filtrlash va suzish uchun asosan shisha voronkalardan foydalaniladi.
Suzishni paxta orqali o‘tkazilganda, voronka shakli sharsimon bo‘lgani
ma’qul, chunki paxta chimdimi bunday holda yaxshi o‘rnashadi. Paxta
chimdimini mayda tolalardan ajratish maqsadida uni yuviladi. Yuvilgan
critmani takror o‘tkazib, mayda paxta tolalari o'tmaguncha takrorlanadi.
Shundan so'nggina dori critmasi butunlay suziladi.
Filtrlashni tczlatish maqsadida (qavatlangan) taxlangan filtr qog'oz-
laridan foydalaniladi. Bunday filtrlar uchun 45° burchakli bo‘yinchasi
bo'lgan voronkalar mos keladi. Filtr yorilmasligi uchun voronkaning
tubiga bir bo‘Iak paxta qo‘yiladi. Kam hajmli eritmalarni (tomchi)
filtrlashda csa, to‘g‘ri silliq filtrlar va 60° burchakli voronkalar qo‘llani-
ladi. Filtrlashda faqat qog‘oz filtrlar ishlatilganda, ular ham albatta,
yuqorida ko'rsatilgandck yuvilishi kcrak. Suzish, filtrlashni dastlab
«yordamchi idishda» o‘tkazish lozim, toki o'tayotgan critma tozaligiga
ishonch hosil qilingach, uni bcmorga beriladigan shisha idishga fillrlanadi
va pirovardida shu filtr orqali «yordamchi idishdagi» critma o‘tkaziladi.
Paxta va filtr qog'ozni suv bilan yuvish mumkin emas, chunki bu critma
darajasining pasayishiga olib kcladi.
Paxta va filtr qog‘oz tayyor eritmani shimganida eritmaning ma'lum
bir qismi yo'qoladi. Bu esa olingan paxta bolakchasi va filtr qog‘oz
hajmi bilan bog'liq bo‘lgan yo‘qolishdir. Shuning uchun olinayotgan
tozalagichlar miqdori critma hajmiga mos qilib olinishi kerak. Eritma
miqdori 100 ml va undan ortiq bo‘lganda suzishda va filtrlashda
«yo‘qotilgan» eritma miqdori belgilangan normaga to‘g‘ri keladi.
127
www.ziyouz.com kutubxonasi
Kam hajmdagi (10-30 ml) eritmalarni filtrlashda «yo‘qotiladigan»
eritma miqdori reglament normalaridan oshib ketgani uchun uni filtr-
lashda alohida usullar qo'llaniladi Suzishda va ayniqsa, filtrlashda dori
moddalarning tozalagichlarga so'rilishi (adsorbsiya) natijasida crit-
mada modda konsentratsiyasi kamayadi. Misol tariqasida pepsin eritma-
lari, asosan rangli moddalar (metilen ko'ki), etakridin laktat, alka-
loidlar, glikozidtar va boshqa moddalarni keltirish mumkin, bu hol
bo'lmasligi uchun shisha filtrlardan foydalangan ma'qul. Mayda g'ovakli
shisha filtrlardan (>T? 4 va 5) foydalanish uchun, albatta, havo bosimini
kamaytiradigan asboblar qoMlamlishi kerak. Ru xususda laboratorik
sistcma va boshqa suv oqimida ishlaydigan uskunalar ishlatiladi 0 ‘sim-
lik moylari va shunga o‘xshash, isiganda yumshaydigan eritmalarni
filtrtashda issiq usul qo‘llanadi.
Bu maqsadda suv bilan isitiladigan ikki qavatli voronkalar yoki clektr
bilan ishlaydigan voronkalar ishlatiladi.
Shisha idishdagi suyuqlik miqdori idish yelkasidan oshmasligi kerak.
Shisha idishlarning og'zini mahkamlashda po'kak yoki plastmassa
tiqinlardan foydalaniladi. Barxat va yarim barxat po‘kaklardan tayyor-
langan tiqinlar yaxshi navli hisoblanib, ular mayda g‘ovakli, oson
egiluvchan, toza va yetarlicha qattiqlikka ega bo'ladi.
Po'kak tiqinlar ishlatiladigan bo'lsa, ularning shisha og‘zi diamctridan
biroz katta
0
‘lchami tanlab olinib, uni tiqinsozlagichlarda eziladi va
shisha og'ziga mahkamlanadi. Bu usulda mahkamlashning boisi shisha-
ning zich yopilishini ta'minlashdir. Tiqinning 1/3 qism balandligi shi-
shadan chiqib turishi kcrak. Plastmassadan tayyorlanadigan tiqinlar o'l-
chami shisha og‘zining
0
‘lchamiga mos qilib chiqariladi. Shisha og'zini
mahkamlash uchun uni qo‘lda, bo'ynidan ushlab ko'targan holda mah-
kamlanadi. Bu usulda mahkamlashdan maqsad, idish sinib ishchi-
ning jarohatlanishidan saqlashdir. Tiqin tagiga, albatta mumlangan yoki
parafinlangan qog'oz qo'yilishi kerak. Tiqinni shisha og'zida mustah-
kamlash uchun ustidan gofrillangan qog'oz qalpoqcha kiydirib ham
tagidan mahkamlab, ustidan dorixona rckvizitlari (manzillari) yozilgan
qog'ozcha yopishtirilsa, dori «muhrlangan» holda bemor qo'liga tegadi.
Ayrim hollarda tiqinni yelimli mum hilan mahkamlanadi. Buning
uchun tiqin bilan mahkamiangan idish og'zini qizdirilgan yelimli mum
ichiga tiqib olinadi. Mum sovib qotganda tiqinni shisha og'zida mahkam
ushlab qoladi.
128
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |