Texnologiyasi


III  BOB. BIOFARM ATSIYA  A SO SLAR I



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

III  BOB.
BIOFARM ATSIYA  A SO SLAR I. 
D O R IL A R N IN G   B IO SA M A R A D O R LIG IN l 
A NIQ LA SH   LSIJLLARI
«Biofarmatsiya»  -   texnologiyaning  nazariy  asosi  bo'lib,  birinchi 
marta  farmatsiyada  XX  asrning  60-yilIaridan  qoilanila  boshlandi. 
Adabiyotlardagi  maiumotlarga  qaraganda,  biofarmatsiya  atamasini  birin- 
chi  marta  1961-yilda  AQSH  olimlari  Lcvi  va  Vagncrlar  ishlatishgan. 
Bu  atamaning  aniq  va  toiiq  ifodasi  1972-yilda  Amerika  farmatsevtika 
assotsiatsiyasining  ilmiy  farmatsevtika  Akademiyasi  tomonidan  kcltiriladi. 
Bunga  binoan  biofarmatsiyaning  asosiy  vazifasi  dorilarning  odamda  va 
hayvonlarning  biologik  faolligiga  ta'sir  ko'rsatadigan  omillarini  o'rganish 
va shunga binoan ularning terapevtik unumdorligini  oshirish va qo'shimcha 
ta'sirini 
kamaytirishdir. 
Qadim  zamonlarda  dorilarning  terapevtik 
unumdorligiga  ta’sir  etuvchi  ayrim  omillar  ma'lum  bo'lgan.  Jumladan, 
Gippokrat  (eramizdan  oldingi  460-370-yillar)  dorilarning  faolligi  uning 
turiga  va  tayyorlash  jarayoniga  bog‘liqligini,  Galcn  (130-200-yiIlar)  va 
Ibn  Sino  (980—1037-yillar)  esa  maydalik  darajasiga  ham  bog'liqligini 
amaliyotda  isbotlaganlar.  Demak,  bundan  3-5  ming  yillar  ilgariyoq 
biofarmatsiya  omillari  o'rganila  boshlangan.  Ibn  Sino  bu  omiilarga 
asoslanib,  dori  haqida  o‘z  bilimlarining  nazariy  asoslarini  va  atamalarini 
yaratdi.  U  odamning  mizoji  va  dorilarning  xususiyatlariga  qarab,  ularning 
terapevtik unumdorligini  oldindan aytib  bera olgan.
Ibn  Sino  dorilar  ikki  qismdan  tashkil  topgan,  deb  hisoblagan.  I  -  
ta'sir  etuvchi,  2  -   yordamchi  moddalar.  Yordamchi  moddalar  sifatida 
toMdiruvchi,  bog'lovchi,  yumshatuvchi,  qovushqoqlikni  oshiruvchi,  tur- 
g'unlashtiruvchi  moddalar,  noxush  hidni  va  mazani  yaxshilovchi,  ta'si- 
rini  uzaytiruvchi,  qoplovchi  kabilardan  foydalangan.  Ko'pincha  u  bu 
maqsadda  asalni  ishlatgan.  Chunki,  u  asalni  «hamma  dorilarning  toji», 
deb  atagan.
38
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yuqorida  keltirilgan  ma'lumotlarga  ko‘ra,  «Giofarmatsiya»  tusbun- 
chasiga  amcrikalik  olimlar Levi  va  Vagner emas, vatandoshimiz Ibn  Sino 
asos  solgan.  «Biofarmatsiya»  atamasini  yuqorida  nomlari  qayd  etilgan 
olimlar qo'llaganligi  tufayligina  ularni  biofarmatsiya asoschisi  deb qarash 
noo'rin hisoblanadi.
DORILARNING  BIOSAMARADORLIGIGA 
TA’SIR  ETADIGAN  OM ILLAR
Dori  turi.  Dorining  biosuyuqlikda,  qon  yoki  tn‘qim alarda  parcha- 
lanishi.  D orilarning  me’da-ichak,  buyrak,  o‘pka,  ter  bezlari  orqali 
ajralishi.
Birinchi  bosqichga  qabul  qilingan  dori  turidan  biofaol  moddaning 
ajralib  chiqishi  va  uning  kerakli  a'zoga  borib  so'rilishigacha  bo'Igan 
jarayonlar kiradi.
Ikkinchi  bosqichda  biosuyuqlikka  o‘tgan  dori  diffuziya  qonuniga 
binoan  so‘riladi.  Diffuziya  kinetikasiga  farmatsevtik  omiilar  ta'sir  ko'r- 
satadi.  Jumladan,  sirt  faolligi,  texnologik  jarayon,  dori  turining  suyuq- 
likda  crishi  va  parchalanishi,  Diffuziya  kinetikasiga  to'qima  membrana- 
sining  xususiyati  va  holati,  to'qimalarning  ferment  faolligi  kiradi. 
Dorilarning  so'rilishi  bemorning yoshi, jinsi,  tana holatiga bog‘liq bo'ladi.
Uchinchi  bosqichda  fiziologik  omillar  asosiy  o'rin  tutadi,  ya'ni 
dorilar  yoki  uning  metabolillari  tanada  (qonda,  to‘qimalarda)  taqsim- 
lanadi.
To‘rtinchi  bosqichda  dorilarning  tanadagi  harakatida  asosiy 
biokimyoviy  omillar  kuzatiladi.  Bunda  dorilar  yoki  metabolitlarning 
biosuyuqlikdagi  harakati  va  ajralib  chiqishi  sodir  bo‘1adi.  Dorilarning 
tanaga  soTilish  tezligiga  farmatsevtik  omillar  katta  ta'sir  koTsatadi.  Bu 
omillarga  dorilarning  kimyoviy  va  fizik  holati,  yordamchi  moddalar,  dori 
turi  va  uni  qabul  qilish  yo'llari  va  farmakotexnologik  jarayonlarning 
ta'siri  kiradi.
Yuqorida  keltirilgan  omillarni  mujassam  holda  oTganish  dorilarning 
tanaga  kiritilishi,  uning  harakati  va  ta'sir  qilishi  biofarmatsiyaning  asosi 
hisoblanadi.  Bu  keltirilgan  tasvirimiz  umumiy  deb  qabul  qilinishi  lozim. 
Chunki,  biofarmatsiyaga  boshqa  omillar  ham  ta'sir  koTsatadi.  Shuning 
uchun  dori  va  ulaming  faolligi  oTtasidagi  munosabatni  biofarmatsiya 
bilan  farmakokinetikaga birgalikda qaralgandagina aniqlash mumkin.
39
www.ziyouz.com kutubxonasi


Farmakokinetikani  aniqlash  texnologlarga  maqsadga  muvofiq  dori 
turini  yaratishga  yordam  beradi.  Keyingi  yillarda  biofarmatsiya juda  tez 
sur'atlar  bilan  rivojlanmoqda,  chunki  barcha  farmatsevtika  institutlari 
va  korxonalarining  asosiy  ishi  shu  sohani  o‘z  ichiga  qamrab  oladi.  Bu 
sohada  prof.  I.S. Ajgixin,  prof.  A.I. Tensova  va boshqalar yetakchi  olimiar 
hisoblanadilar  Dorilaming  so'rilish  tezligi  va  terapevtik  unumdorligiga 
ta'sir  ko'rsatadigan  asosiy  omillar  quyidagilar.  Har  qanday  dori  mod- 
daning  asosi  uning  kimyoviy  tuzilishi  hisoblanadi.  Bunga  shu  dori  mod- 
dadan  dori  turi  tayyorlash  uchun  qoMlaniladigan  texnologik  omillar, 
moddaning  kristallik  shakli,  maydalik  darajasi,  eruvchanligi,  yordamchi 
moddalar va hokazolar ta'sir qiladi.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish