KARAXTLIKKA QARSHI ERITMALAR
Odatda karaxtlikka qarshi eritmalar qon o'rnini bosuvchi critma-
larning turli xil dori moddalari bilan qo'shilishidan iborat boMib,
karaxtlik holatlarida arterial qon bosimini ko‘tarilishida markaziy va
vegetativ asab sistemasi faoliyatini, qon va to'qimalar ximizmini tikla-
nishiga yordam beradi. Karaxtlikka qarshi eritmalarni 3 ta guruhga
boMish mumkin.
1. Oddiy karaxtlikka qarshi eritmalar tarkibiga tuzlar, glukoza va
alkogol kiradi.
2. Tarkibida glukoza, alkogol, bromidlar va narkotiklar saqlagan
murakkab karaxtlikka qarshi eritmalar.
3. Tarkibida glukoza, alkogol bromidlar, narkotiklar va qon zardobi
bo'lgan murakkab karaxtlikka qarshi eritmalar.
Birinchi guruhga kiruvchi eritmaga karaxtlikka qarshi SOLIPK
suyuqligi misol bo'lishi mumkin.
Tarkibi:
natriy xlond 7 g
kaliy xlorid 0,2 g
magniy sulfat 0,4 g
glukoza 54,2 g
spirt 96% 80 ml
Veybel suyuqligi 3,3 ml
suv 1000 ml gacha.
292
www.ziyouz.com kutubxonasi
Ikkinchi guruhga kiruvchi karaxtlikka qarshi suyuqliklarda glukoza
spirt aralashmasining davolashda faolligi bromidlar va narkotiklar bilan
kuchaytirilgan. Misol tariqasida Asratyanning karaxtlikka qarshi suyuq-
ligini kcltirish mumkin. Ru suyuqlik 2 xil ko‘rinishda bo‘ladi.
A eritma tarkibi:
natriy xlorid 8 g
natriy bromid 0,75 g
natriy gidrokarbonat 0,6 g
suv 500 ml gacha.
B eritma tarkibi:
uretan 0,6 g
barbital 0,15 g
kalsiy xlorid 1,5 g
glukoza 17 g
spirt 96% 15 ml
suv 50 ml gacha.
Qonga yuborishdan oldin ikkala eritma ham 20-25°C gacha isitiladi
(bundan oshmasligi kcrak) va qo'shishdan oldin aralashtiriladi Uchinchi
guruhga karaxtlikka qarshi eritmalari qovushqoq komponentlar qo'shish
bilan murakkablashtirilgan. Masalan: Belyakov va Petrov karaxtlikka
qarshi eritmasi tarkibiga:
natriy bromid 1 g
kofein 0,2 g
morfin 40 ml
zardob 0,01 g
sinkol 400 g kiradi.
Shu guruhning boshqa eritmasi - SOLIPK karaxtlikka qarshi
eritmasi:
spirt rektifikati 50 ml
glukoza 50 g
tekodin 0,04 g
dcfibrinlangan zardob 200 ml
suv 500 ml gacha saqlaydi.
Bu eritmalar tarkibida qon tomirlarida uzoq vaqt saqlanuvchi sinkol
va zardob borligi uchun organizmdagi aylanayotgan qon hajmi ortadi.
Bu guruhning kuchsiz tomoni shundaki, bularda buzilgan almashinuvni
me'yorlashtiruvchi moddalar yo‘q.
293
www.ziyouz.com kutubxonasi
Karaxtlikka qarshi eritmalarni tayyorlashda ham izotonik va qon
almashtiruvchi eritmalarni tayyorlashdagi qoidalarga amal qilinadi. Spirt
sterillangan eritmaga qo'shiladi. Agar eritmalar ampula yoki gcrmetik
berkitilgan idishlarda tayyorlansa, spirt sterilizatsiya paytida glukoza
ishqoriy muhitda karamellanadi. Shuning uchun Asratyan karaxtlikka
qarshi eritmasi yuqorida ko‘rsatilganidek, alohida 2 ta A va B eritma
holida tayyorlanadi.
www.ziyouz.com kutubxonasi
Do'stlaringiz bilan baham: |