Texnologiyasi



Download 9,76 Mb.
Pdf ko'rish
bet119/133
Sana31.12.2021
Hajmi9,76 Mb.
#274573
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133
Bog'liq
Dori turlari texnologiyasi (K.Muhammadjonova)

29-rasm.  Sharcha quyish  qolipi. 
30-rasm.  Tayoqchalarni  quyish  qolipi.
tayoqcha  tarkibiga  kiruvchi  moddalar asosida  eritilsa,  bunda bu jarayonda 
quyiladigan  moddalar  oz-moz  isitilgan  holda  quyiladi  va  oxirida 
sovitiladi.
Tarkibga  kiruvchi  moddalar  asosda  erimasa  solishtirma  og‘irligi  har 
xil  bo‘lishi  natijasida  yaxshi  aralashmaydi,  unda  modda  taqsimlanishi 
har  xil  bo'lib  ta'sir  doirasi  ham  buzilish  xavfi  tug'iladi.  Bunday  hollarni 
oldini olish maqsadida  quyidagilarga e'tibor berish  kerak:
1.  Eritilgan asosni  konsistensiyasi  quyuq boMishi  kerak.
2.  Massani  qoliplarga  quyishni  tezlik bilan  bajarish  kerak.
3.  Quyilgan formalar tez sovitilishi  kerak.
Quyish  usulida  gidrofob  asoslarda  shamchalar  tayyorlash  uchun 
kerakli  miqdordagi  dori  modda  va  asos  tortib  olinadi.  Shamcha  asosini 
maxsus  cho‘michda  yoki  chinni  kosachada  suv  hammomida  40-45°C 
haroratda  eritib  olinadi.  Erigan  asosga  yaxshi  maydalangan  dori  modda 
qo'shib  shisha  tayoqcha yordamida  aralashtiriladi.  Ko'pincha  aralashtirish 
jarayonida  ko‘plab  havo  pufakchalari  kirib  qoladi.  Shunday  paytda 
aralashtirishni  to'xtatib,  qorishmani  suv  hammomida  biroz  qizdirib  olish 
kerak  boiadi.  Idishdagi  qorishma  biroz  sovigach,  quyuqlasha  boradi 
va  harorat  37-40°C  boiganda  uni  qoliplarga  quyish  mumkin.  Qoliplar
31-rasm.  Sham cha  quyish  qolipi.
265
www.ziyouz.com kutubxonasi


albatta,  sovitgichda  kamida  bir  soat  tutib  turilgan  bo'lishi  kcrak.  Maxsus 
voronka  yordamida  qorishma  qolipga  quyiladi.  Shamchalar  qolipdan 
yaxshi  ajralishi  uchun  qolip  uyalarini  oldindan  vazelin  moyi  yoki 
sovunli  spirt  bilan  artish  kerak.  Shamchalar  to'liq  qotguncha  sovitgichda 
(taxminan  20-30  daqiqa)  saqlanadi.  Tayyor  shamchalar  yuqorida  aytib 
o'tilgan  tartibda jihozlanadi.
Shamchalarni  quyish  usulida  tayyorlashda  kerakli  asos  miqdorini 
oldindan  hisoblab  topish  kerak.  Ma'lumki,  qolip  uyasining  hajmi  kakao 
moyi  sig‘imini  ko'rsatadi.  Masalan,  qolip  uyasining  hajmi  3  g  bo'lsa, 
u  holda  shu  qolipda  kakao  moyidan  quyib  tayyorlangan  shamchalar 
og'irligi  3  g  bo'ladi  deb  tushuniladi.  Dori  modda  ma'lum  bir  hajmni 
egallashini  hisobga  olgan  holda,  asos  miqdorini  biroz  kamaytirib  olishga 
to‘g‘ri  keladi.  Aks  holda  qolipga  qorishmani  quyish  vaqtida  uning  bir 
qismi  ortib  qoladi  va  natijada  shamchalar  tarkibidagi  dori  modda  miqdori 
kam  bo'lib  qoladi  (dozasi  kamayadi).  Demak,  asosning  kerakli  miqdorini 
aniq  bilish  uchun  dori  modda  qancha  u  hajmni  egallashini  topish  kerak. 
Runing  uchun  o‘rin  olish  koeffitsiyenti  (K J  yoki  teskari  o‘rin  olish 
koeffitsiyenti  (1/Ku)  foydalaniladi.
0 ‘rin  olish  koeffitsiyenti  1  g  kakao  moyi  cgallagan  hajmga  qancha 
miqdor  modda  sig‘ishini  ko'rsatuvchi  ko‘rsatkichdir.  T eskari  o‘rin 
olish  koeffitsiyenti  esa,  1  g  dori  modda  cgallagan  hajmga  qancha 
miqdor  kakao  moyi  to‘g‘ri  kelishini  ko'rsatadi.  Kcrakli  asos  miqdorini 
hisoblab  topishda  teskari  o‘rin  olish  koeffitsiyentidan  foydalanish  ancha 
osonroqdir.  Amaliyotda keng qoMlanilayotgan  dori  moddalar  uchun  K t  va 
1/Kutajriba yo'li  bilan hisoblab topilgan va maxsus jadvallarda  keltirilgan. 
Masalan,  kseroform uchun  1/Ku = 0,21.  Bu dcgani  lg kseroform  egallagan 
hajmiga  0,21  kakao  moyi  to‘g‘ri  kcladi.  Agar  shamcha  tarkibidagi  dori 
modda  miqdori  umumiy  og‘irlikning  5%  idan  kam  boMsa,  u  holda  Ku  va 
l/K u dan  foydalanilmasa ham bo'ladi.
SHAM CHALARNl  QUYISH
Rp: 
Dermatoli 
lchthyoli 3,0.
O lc a c a o  q.s 
Ut fiat  suppos N   20.
D.S.  K uniga  I  sham chadan  ishlatilsin.
266
www.ziyouz.com kutubxonasi


Agar  shamchani  og'irligi  ko'rsatilmagan  bo‘lsa,  hajmi  3  g  kakao 
moyiga teng boMgan qolipni  tayyorlash  kerak.  Bunda  54,0  kakao  moyidan 
olib  3,0  ixtiol  va  3,0  dermatolnj  aralashtirib  massa  hosil  qilib  qoliplarga 
quyish  -   umumiy  og‘irlik  60,0  bo'lishiga  qaramay,  to‘g‘ri  bo‘lmaydi, 
chunki  ixtiol  bilan  dermatolga  nisbatan  kakao  moyining  o‘rin  olish 
koeffitsiycnti  hisobga  olinishi  kerak  va  unga  nisbatan  3,0  ixtiol  va  3,0 
dermatol  qanday  hajmdagi  kakao  moyining  o'rnini  cgallashi  mumkinligi 
hisoblab chiqarilib,  so‘ng  moyni  gramm  miqdori  hisoblanishi  kerak.
Bunday  vaqtda  kakao  moyidan  60,0  -   (1,15  +  2,73)  =  56,12  gramm 
olish kerak.
Pasporti:
Dermatoldan  3,0 
Ixtioldan  3,0 
Kakao  moyidan  56,12.
Shamchalarni  tayyorlash  uchun  metall  cho'michga  yoki  chinni 
kosachaga  kerakli  miqdordagi  kakao  moyini  solib,  ehtiyotkorlik  bilan 
suv  hammomida  critiladi  va  unga yaxshilab  maydalangan dcrmatol  solib, 
suspenziya  tayyorlanadi,  so'ng  ixtiol  qo‘shib  yaxshlab  aralashtiriladi. 
Hosil  bo'lgan  massani  qoliplarga  quyib,  sovitgichga  shamchalar  to'liq 
qotguncha  qo'yiladi.  Tayyor  shamchalar  yuqorida  aytib  o'tilgan  tartibda 
jihozlanadi.
SHARCHALARNI  QUYISH
Rp: 
C h in in i  hydrochloridi  0,2.
A cidi  Borici  0,2.
A cidi  C itrici  0,02 
B utiroli  3,0 
M  f.  globuli  vaginalia.
D.t.d.  N  10.
S.
Pasporti:
Xinin  gidroxlorid  2,0 (1/Ku=0,83)
0,2
 
x
 
10
 =  
2,0
2x0,83 = 1,66
Bor kislota -  2,0 (1/Ku= 0,625)
0,2
 
x
 
10
 =  
2,0
267
www.ziyouz.com kutubxonasi


2x0,625=1,250 
Sitrat kislota-0,2 
0,02x10=0,2
Sitrat  kislotaning  miqdori  0,2  g  bo'lgani  uchun  uning  1/Ku  si  hisobga 
olinmasa ham  bo'ladi.
Butirol  -27,09
30-(l,66+ l,25)= 3 0-2,91 = 27,09  g
Mum=30,0
1  ta  sharcha=3,0.
Avvalo,  poroshoklarni  umumiy  qoidaga  rioya  qilgan  holda  yaxshilab 
czib  maydalab,  so‘ng  eritilgan  asos  tarkibiga  suspenziya  holida  qo‘shiladi, 
yaxshilab  aralashtirib  bir  xil  me'yorlab,  tarqalgan  massani  oldindan 
sovitib,  sovunli  spirt  bilan  artilgan  qolipga  quyiladi  va  sovuq  yerga 
qo'yiladi.  10-12  daqiqadan  so‘ng  qoliplar  ochilib,  undagi  shamchalar 
ajratilib,  har biri  alohida mumli  qog'ozga  o'ralib, jihozlab  bcriladi.

Download 9,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish