2. Jamlovchi hisoblagich
Jamlovchi hisoblagichda barcha razryadlar uchun umumiy sinxronizatsiya mavjud emas. Razryadlarning yangi holatga o‘tishi impulslar beriladigan kirish yulidan boshlab ketma-ket va razryadma –razryad amalga oshiriladi.
Razryadlarning yangi holatga o‘tishi kirish razryadiga beriladigan impulsdan boshlab birin ketin razryadma-razryad bajariladi.
Trigger oʻzini ikkiga boʻluvchi kabi tutadi, chunki har takt impul sining sinxronizatsiya siklida ma’lumot faqat bir marta oʻzgaradi. Natijada, trigger chiqishidagi signal oʻzgarish chastotasi takt impulslari chastotasidan ikki marta kichik. Bir necha triggerli chastotani ikkiga boʻlish sxemalarini ketma-ket ulab, ikkilik ma’lumotlarni nafaqat saqlash, balki chastotani boʻlish va uning kirishiga kelayotgan impulslarni sanash uchun ishlatish mumkin. Agar qurilma uning kirishlariga berilayotgan impulslarni hisoblashni amalga oshirsa, bu qurilma hisob lagich deb, agar chastota boʻlishlarini hisoblasa - chastota boʻluvchi deb ataladi. Hisob natijalari isoblagich chiqishida ikkilik son koʻrinishida berilgan kod va talab etilyotgan vaqt davomida saqlanishi mumkin.
Hisoblagichlar va chastota boʻluvchilari EHM va boshqa raqamliavtomat qurilmalari, hamda aloqa va nazorat-oʻlchov apparaturasida hisob-kitob amallarini boshharishda keng qoʻllaniladi.
Hisoblagichning asosiy statik parametri boʻlib - K sanoq moduli hisoblanadi. U hisobning boʻlish koeffitsiyenti va hisoblagich tomonidan oʻqilishi mumkin boʻlgan maksimal impulslar soni bilan aniqlanadi. K ta impuls kelgach, hisoblagich dastlabki holatiga qaytadi. K=2n ga teng boʻlib, n- hisoblagichning ikkilik razryadlari sonini bildiradi. Sanoq moduli qiymatiga koʻra hisoblagichlar ikkilik (sanoq moduli 2 ning toʻliq darajasiga teng boʻlgan) va ikkilik-kodli (sanoq moduli 2 ning toʻliq darajasiga teng boʻlmagan ixtiyoriy sonni qabul qilishi mumkin) turlarga boʻlinadi.
Hisoblagichning asosiy dinamik parametri boʻlib - tK chiqish kodining oʻrnatilish vaqti hisoblanadi. Bu kattalik kirish signali berilgan vaqt momentidan chiqishda yangi kod hosil boʻlish vaqt momenti oraligʻiga teng. tK hisoblagich tezkorligini ifodalaydi.
Bu sxemalarning asosi boʻlib bir necha triggyerdan tashkil topgan elementlar ketma-ketligi hisoblanadi. Hisoblagich va chastota boʻluvchilaridagi triggerlar siljitish yoki sanoqning bir sikli davomida bitta komanda yordamida avval yozilgan ma’lumotni keyigisiga uzatish va oldindagi triggerlardan yangi ma’lumotni qabul qilishlari kerak. Shuning uchun ikki pogʻonali yoki dinamik boshqaruvli triggerlar qoʻllaniladi. Bundan tashhari triggerlar oʻz holatlarini qarama-qarshi (teskari) holatga oʻzgartirish talab etilganda sanoq rejimida ishlashlari kerak.
Hisoblagichlar T, D va JK-triggerlar asosida tuziladi. Talab etilgan hollarda razryadlararo va teskari mantiqiy bogʻlanishlarda MElar qoʻllash mumkin. Talab etilgan elementlar sonini minimallash uchun toʻrt razryadli hisoblagich sxemalari ikkilik va oʻnlik variantlarda ishlab chiqariladi.
Ketma-ketli hisoblagichlar. Soddalik uchun statik boshqaruvli uchta triggyerdan tashkil topgan jamlovchi hisoblagich ishini koʻrib chiqamiz. Bunday hisoblagichning oʻtishlar jadvali 4.6-jadvalda, uning funksional sxemasi esa 4.15-rasmda keltirilgan. Odatda,, triggerlar, demak hisoblagichlar ham, qoʻshimcha hisoblagich chiqishlarida oldindan belgilangan sonni oʻrnatuvchi S-oʻrnatish kirishiga yoki hisoblagichni dastlabki holatiga qaytaruvchi signal beruvchi R-olib tashlash kirishlariga ega.
Sanoq boshlanishidan oldin barcha triggerlar chiqishlarida nol daraja (Q3=Q2=Q1 =0) boʻlgan dastlabki holatga keltiriladi. Buning uchun hisoblagich sxemasida R kirishlari oʻrnatilgan boʻlib, ular «0» ni oʻrnatish umumiy shinasiga ega. Bu shinaga olib tashlash impulsi beriladi. Ma’lumotlarni ketma-ket uzatuvchi hisoblagichlarda sanoq impulslari triggerning birinchi razryad kirishiga beriladi. Bu C-kirish. Keyingi keluvchi har bir razryad uchun qayta ulanish signallari avvalgi razryadning invers chiqishidan uzatiladi, ya’ni hisoblagich razryadlari ketmaket qayta ulanadi. Triggerning invers chiqishlari ishlatilmaydi, S-oʻrnatish kirishlarida esa mantiqiy 0 potensiali mavjud boʻladi.
Bu yerda m – sanoq boshidan berilayotgan kirish impulsi raqami.
Hisoblagich ishini 6.6-jadvalga asosan tahlil qilamiz. Koʻp razryadli ikkilik sonning kichik razryadiga mos keluvchi Q1 oʻz holatini har sanoq impulsi kelishi bilan oʻzgartiradi; Q2 – har ikkinchi impuls kelishi bilan, Q3 – esa har toʻrtinchi impuls kelishi bilan. Uch razryadli hisoblagich impulslarining maksimal soni 7 ga teng. Sakkizinchi impuls kelganda hisoblagich 0 ga oʻtadi va hisobni yangidan boshlaydi. Agar hisoblagich chiqishilarida Q3 =1, Q2 =0, Q1 =1 kombinatsiya yoki 101 ikkilik uchrazryadli son mavjud boʻlsa, bu hisoblagichga beshinchi impuls kelganini anglatadi.
Statik boshqaruvli triggerlarda C chiqishning T0 aktiv mantiqiy darajasi boʻlib mantiqiy bir signali hisoblanadi. Shuning uchun bu signal berilishi davomida trigger S kirishdagi halaqitlarni (shovqinlarni) bemalol qabul qilishi mumkin. Yolgʻon ishga tushib ketishni bartaraf etish uchun C kirishda signal mavjud boʻlgan vaqt mobaynida S-ma’lumot kirishida signal mantiqiy 0ga teng miqdorda oʻzgarishsiz qolishi kerak. Amalda bu talab raqamli qurilmaning murakkablashib ketishiga olib keladi.
Dinamik boshqaruvli triggerlar yuqorida aytib oʻtilgan kamchilikdan holi. Ketma-ket uzatishli dinamik D-triggerlarda bajarilgan uchrazryadli jamlovchi hisoblagich sxemasi 4.16-rasmda keltirilgan.
Ketma-ket keluvchi har razryad holatining oʻzgarishi avvalgi razryadni 1 dan 0 ga oʻzgarishi bilan amalga oshiriladi, ya’ni boshqaruv impulsining kesimi bilan. Bu esa trigger qisqa vaqt mobaynida qayta ulanishi mumkinligini anglatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |