Ixtiyoriy sanoq moduliga ega boʻlgan ketma-ketli hisoblagichlar.
Umuman olganda, K≠2n boʻlgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng boʻlgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik hisoblagich (K=22 =4) qoʻllash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng boʻlgan bitta ortiqcha holatni (K=22 -1=3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar toʻrtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga oʻtishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK-triggerlarida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng boʻlgan hisoblagich sxemasi 4.17-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy K sonini hosil qilish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |