Texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent


Mobil radioaloqa sotali tizimlarining real abonentlar sig‘imi



Download 3,49 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/137
Sana29.12.2021
Hajmi3,49 Mb.
#80759
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137
Bog'liq
«SIMSIZ ALOQA TIZIMLARI VA DASTURLARI»

Mobil radioaloqa sotali tizimlarining real abonentlar sig‘imi. 
Turli  harakatdagi  radioaloqa  tizimlarini  tavsiflashda  ularning 
abonentlar  sig‘imi,  ya’ni  xizmat  ko‘rsatiladigan  abonentlar  soni 
noyaqqol  tarzda  radioaloqa  kanllarining  soni  orqali  aniqlanadi. 
Mutlaqo  ravshanki,  bu  ikki  tushunchalar  ayniyat  hisoblanmaydi. 
Xizmat  ko‘rsatiladigan  abonentlar  sonini  aloqa  kanallari  bilan 
cheklash  noratsional  hisoblanadi,  chunki  tizimning  abonentlarini  bir 
vaqtda aloqaga chiqishi ehtimolligi odatda kam bo‘ladi. Demak, aloqa 
kanallari  bo‘lganida  ayrim  hollarda  abonentlar  ulanishni  olmasligi 
ehtimolligi  mavjud  bo‘lsada  va  abonentlar  soni  kanallar  soniga 
qaraganda  qanchalik  katta  bo‘lsa  bu  ehtimollik  shunchalik  katta 
bo‘lsada,  tizim  k  abonentlardan  ortiqqa  xizmat  ko‘rsata  oladi.  Bu 
yerdan  bir  butun  masala  kelib  chiqadi,  uning  sharti  quyidagi  tarzda 
ta’riflanishi kerak: ulanishga rad etishning berilgan ehtimolligida qayd 
etilgan  aloqa  kanallari  soniga  ega  bo‘lgan  tizim  qancha  abonentlarga 
xizmat  ko‘rsatishi  mumkin  yoki  ulanishga  qayd  etilgan  rad  etishlar 
ehtimolligida  berilgan  abonentlar  soniga  xizmat  ko‘rsatish  uchun 
tizimda  qancha  aloqa  kanllari  bo‘lishi  zarur.  Qo‘yilgan  masalani 
echish  ommaviy xizmat ko‘rsatish nazariyasi qoidalariga asoslangan. 
Haqiqatan,  mobil  radioaloqa  o‘z  ma’nosi  bo‘yicha  ommaviy  xizmat 
ko‘rsatish  tizimiga,  ya’ni  tasodifiy  chaqiruvlar  oqimili,  tasodifiy 
xizmat  ko‘rsatish  (aloqa  seanasi)  davomiyligili  oxirgi  xizmat 
ko‘rsatish (aloqa) kanallari sonili tizimlarga misol hisoblanadi. 
Tasodifiy 
chaqiruvlar 
oqimlarining 
eng 
umumiy 
xarakteristikalari  vaqt  birligidagi  chaqiruvlar  soni  bilan  (masalan, 
chaqiruvlar/soat)  o‘lchanadigan  ularni  kelishining  u  o‘rtacha 
chastotasi  va  vaqt  birliklarida  ifodalanadigan  aloqa  seansining  
o‘rtacha  davomiyligi  hisoblanadi.    A  =  yT    ko‘paytma    Erlanglarda 
o‘lchanadigan  (teletrafika  nazariyasi  sohasidagi  o‘z  ishlari  bilan 
mashhur  bo‘lgan  daniyalik  olim  A.  K.  Erlang  sharafiga)  o‘rtacha 
trafikni aniqlaydi. Ta’kidlash kerakki, aloqa kanaliga va  T yuklama 
xarakteristikalari 
odatda 
tizimning 
uncha 
katta 
bo‘lmagan 
yuklanganlik intervalida, ya’ni tig‘iz paytda baholanadi. 


41 
 
t qayd etilgan vaqt mobaynidagi chaqiruvlar soni odatda Puasson 
taqsimoti  -  t  vaqt  ichida  k  chaqiruvlarning  kelishi  ehtimolligi  orqali 
tavsiflanadigan  diskret  tasodifiy  kattalik  hisoblanadi.  t  aloqa  seansi 
davomiyligi (bitta kanalning bandligi vaqti) uzluksiz tasodifiy kattalik 
hisoblanadi, 
uning 
ehtimolligi 
zichligi 
odatda 
eksponensial               
(T-o‘rtacha qiymat) qabul qilinadi. 
Yangi  chaqiruv  kelgan  momentda  bo‘sh  kanallarga  ega 
bo‘lmagan  tizim  o‘zini  qanday  tutishiga  bog‘liq  ravishda  uning 
quyidagi modellariga ajratiladi:  
-  cheklangan  vaqtda  kutishli  tizim    (Erlang  A  modeli),  unga 
muvofiq  bo‘sh  kanal  bo‘lmaganida  chaqiruv  navbatga  qo‘yiladi  va 
agar  T  qayd  etilgan  vaqt  tugashi  bilan  band  kanallardan  hech  biri 
bo‘shamasa, u bekor qilinadi; 
-  rad  etishli  tizim,  ya’ni  bo‘sh  kanallar  bo‘lmaganida  kelgan 
chaqiruvlar bekor qilinadi (Erlang V modeli);  
-  kutishli  tizim,  ya’ni  chaqiruvlar  navbatga  qo‘yiladi  va  uzoq 
vaqtda  davomida  kanalning  bo‘shashini  kutishi  mumkin  (Erlang  S 
modeli). 
Tizimga  ulanishga  rad  etish  ehtimolligini  aniqlaydigan 
formulalar  mavjud.  Lekin  ular  juda  katta  va  deyarli  ishlatilmaydi. 
Amalda  berilgan  to‘silishi  ehtimolliklarida  kanallarli  aloqa  tizimlari 
uchun yo‘l qo‘yiladigan yuklamani Erlanglarda hisoblash uchun uning 
grafik  ko‘rinishidagi  yoki  jadval  ko‘rinishidagi  berilishi  ishlatiladi, 
ular mos texnik adabiyotlarda keltiriladi. 

Download 3,49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish