Texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/64
Sana31.12.2021
Hajmi3,12 Mb.
#199367
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64
Bog'liq
RAX qo'llanma ўқув бўлими

I BOB. RAQAMLI AXBOROT HAQIDA 
1.1.  ANALOG SIGNAL VA RAQAMLI AXBOROT 
TUSHUNCHALARI. RAQAMLI AXBOROT XIZMATI 
TUSHUNCHASI 
 
Reja 
1. 
Analog signallar va raqamli axborot. 
2. 
Raqamli axborort va uning xususiyatlari. 
3. 
Kutubxona  va  arxivshunoslik  sohalarida  raqamli  axborot 
xizmatlari. 
 
Kalit  soʻzlar:  analog  signal,  axborot,  raqamli  axborot,  raqamli 
axborot oʻlchamlari, raqamli axborot xizmati. 
 
Inson  signallar  olamida  yashaydi.  Sezgi  organlari  (koʻz,  quloq, 
burun, til, tana terisi) orqali inson bu signallarni qabul qiladi. Yorugʻlik, 
tovush, issiqlik energetik signallar boʻlsa, ta’m va hid kimyoviy birikma 
sifatida  boʻlsa-da,  ular  asosida  ham  energetik  signallar  yotadi.    Bir 
soniyada  bunday  signallardan  oʻn  minglab  kelib  turar  ekan.  Inson  esa 
ushbu kelgan signallarning bir foizini ham idrok eta olmas ekan, ya’ni 
juda  kam  miqdordagi  qismiga  oʻz  munosabatini  bildira  olar  ekan. 
Masalan, kuchli yorugʻda koʻzni yumish; ismini aytib chaqirsa, qarash.  
Hayotdagi signallar analog signallardir. 
Hozirgi  zamon  hisoblash  texnikasi  (kompyuter)  raqamli  axborot 
bilan ishlaydi. Inson bilan kompyuter oʻrtasida axborotlarni qabul qilish 
va ishlashdagi oʻziga xoslik mavjud. Inson analog signal bilan ishlasa, 
kompyuter raqamli axborot bilan ishlaydi. Inson oʻzi eshitgan musiqani 
kompyuterga  saqlab  qayta  eshitmoqchi  boʻlsa,  ikki  amal  bajarilishi 
kerak: 

 
analog  signalni  raqamli  axborotga  aylantirib  kompyuter 
xotirasiga saqlash; 

 
kompyuterda saqlangan raqamli axborotni yana inson qulogʻi 
eshitishi uchun analog signalga oʻtkazish.   



Analog  signal  uzluksizdir.  Raqamli  axborot  esa  diskret.  Demak, 
axborot  asosi  signaldir,  ya’ni  signaldan  axborot  paydo  boʻladi  
(1.1-rasm).  
 
 
 
 
1.1-rasm. Axborot asosi – signal. 
 
Ayrim tushunchalar ma’nosini anglash lozim: 
Signal  –  bu  vaqt  mobaynida  oʻz  qiymatini  oʻzgartiradigan  fizik 
oʻlcham (masalan, temperatura, havo bosimi, yorugʻlik intensivligi, tok 
kuchi  va  b.).  Oʻzgarish  xususiyatiga  egaliligi  tufayli  signal  oʻzida 
qandaydir axborotni mujassam qiladi.  
Elektr signali – bu vaqt mobaynida oʻz qiymatini oʻzgartiradigan 
elektr  oʻlchami  (masalan,  kuchlanish,  tok,  quvvat).  Barcha  elektronika 
vositalari asosan elektr signal bilan ishlaydi, lekin yorugʻlik signali bilan 
ishlaydigan vositalar ham koʻpaymoqda. 

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish