VI BOB. KUTUBXONALARDA ELEKTRON NASHRLARGA
OID MUALLIFLIK HUQUQINING AMAL QILINISHI ........... 122
6.1.
ELEKTRON NASHRLARGA OID MUALLIFLIK
HUQUQLARI ...................................................................................... 122
6.2.
MUALLIFLIK HUQUQLARI TOʻGʻRISIDAGI MODEL
QONUNI .............................................................................................. 128
6.3.
ELEKTRON NASHRLARDAN FOYDALANISH BOʻYICHA
SHARTNOMA VA LITSENZION KELISHUV ................................ 135
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR .......................................... 140
GLOSSARIY ...................................................................................... 143
ILOVA ................................................................................................ 154
5
KIRISH
Raqamli texnologiyalardan foydalangan holda mijozlarga xizmat
koʻrsatish kutubxonachilikda oʻta dolzarb masalaga aylangan.
Kutubxonalarning axborot-resurs markaz (ARM) lariga aylantirilishi
ham an’anaviy kutubxona xizmatlarining tobora avtomatlashtirilishi va
an’anaviy qogʻoz koʻrinishidagi hujjatlar oʻrnida elektron resurslarning
tobora koʻproq qoʻllanishi bilan bogʻliq [5]. Endi ARMda ishlovchi
xodimlar raqamli axborotlarga tayangan texnologiyalar va texnikalardan
oqilona
foydalanadigan
mutaxassislarga
aylanmoqda.
Raqamli
axborotlarni qayta ishlashga moʻljallangan dasturiy ta’minotdan
foydalangan holda kutubxona resurslarini yaratishni uddalash va ushbu
resurslar asosida mijozlarga xizmat koʻrsatishni amalga oshirish ular
zimmasidagi ustuvor vazifalardir. Qoʻyilgan vazifalarni bajarish
maqsadida
kutubxonalar
va
arxivlar
uchun
tayyorlanadigan
mutaxassislarga raqamli axborotlar turlari, xususiyatlari va ularni qayta
ishlab multimedia mahsulotlari, elektron nashrlar yaratish, raqamli
axborotni avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlaridan va Internetdan
qidirish
va
foydalanuvchilarga
(mijozlarga)
taqdim
etish,
kutubxonalarda xizmat koʻrsatish chogʻida resurslarga boʻlgan
mualliflik huquqlariga rioya qilish haqidagi bilimlarni berish zarur.
“Raqamli axborot xizmati” fanidan oʻquv qoʻllanma yaratishdan
koʻzlangan maqsad sanab oʻtilgan bilimlarni oʻrganish uchun oʻquv
materiallarini hozirlashdan iborat.
Mazkur qoʻllanma 6 bob, 19 ta mavzuga ajratilgan.
Birinchi bobda analog signal, raqamli axborot, raqamlashtirish,
raqamli axborot xizmati kabi tushunchalar haqida ma’lumotlar
keltirilgan.
Ikkinchi bob raqamli axborot yaratishga moʻljallangan texnik
vositalarning ishlash prinsiplari va ulardan foydalanish haqida
ma’lumotlar bayoniga bagʻishlangan.
Uchinchi bobdan raqamli axborotni yaratish va qayta ishlash uchun
foydanadigan dasturiy ta’minot haqidagi ma’lumotlar oʻrin olgan.
6
Toʻrtinchi bob kutubxonalar uchun elektron oʻquv nashrlarini
guruhlarga ajratish va ta’limda foydalanish uchun elektron darsliklarni
yaratish texnologiyalari bayoniga bagʻishlangan.
Beshinchi bobda avtomatlashtirilgan kutubxona tizimlarida va
Internet qidiruv tizimlarida hujjatlarni qidirish hamda oʻquvchilarga
yetkazib berish usullari haqidagi ma’lumotlar jamlangan.
Oltinchi bobdan kutubxonalarda an’anaviy (qogʻoz koʻrinishidagi)
asarlarga va elektron nashrlarga oid mualliflik huquqining amal qilinishi
borasidagi bilimlar oʻrin olgan.
Oʻquv qoʻllanmadagi har bir mavzu uchun materiallarni bayon
etish rejasi, kalit soʻzlar va mavzu oxirida nazorat savollari keltirilgan.
Mazkur
“Raqamli axborot xizmati” oʻquv qoʻllanmasi
kutubxonashunoslik, arxivshunoslik va axborotlashtirish yoʻnalishi
boʻyicha tahsil olayotgan talabalar, magistrlar va pedagog kadrlar uchun
moʻljallangan.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |