Nazariy materialni oʻrganish bloki. Bunda talaba uchun
oʻrganiladigan nazariy materiallar mavzular koʻrinishida taklif etiladi.
Odatda mavzular boblarga umumlashgan holda alohida ekranlarda paydo
boʻladi. Mavzu boʻyicha nazariy material asosiy va qoʻshimcha
matnlarga ajralgan holda berilishi maqsadga muvofiq. Oʻrganish
materialidagi eng muhim (yodda tutish lozim boʻlgan) ma’lumotlarni
alohida ekranda ovoz bilan keltirilishi samarali hisoblanadi. Odatda bir
mavzuda “yodda tutish” jumalalari soni 4-5 dan oshmaydi [12, 13].
Do'stlaringiz bilan baham: |