Elektron uslubiy qoʻllanma – pedagogik tajribani umumlashtirish
va uzatish hamda ta’lim faoliyatining yangi modellarini shakllantirish va
tarqatishga moʻljallangan nashr [11]. Elektron uslubiy qoʻllanmada
pedagogik tajriba mashgʻulotlarning raqamlashtirilgan video-lavhalari,
elektron yoki unga oʻgirilgan shaklda yaratilgan talabalar ishlarini
darslar boʻyicha rejalashtirilgan shaklida beriladi.
Elektron oʻquv nashrlari yaratishda quyidagi didaktik tamoyillarga
amal qilish lozim.
Ma’lumki, oʻqitishda ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi
vazifalarga yoʻnaltirilganlik tamoyiliga koʻra, oʻqituvchi tomonidan
talabalarda ma’lum bilim, koʻnikma va malakalarni shakllantirayotib,
aniq bir mavzu boʻyicha darsning tarbiyalovchi va rivojlantiruvchi
salohiyatini unutmaslik nazarda tutiladi.
Oʻqitishning ilmiylik tamoyilini ma’lum fan boʻyicha oʻqitishining
mazmuni haqida ilmiy dalillar, tushuncha va qonuniyatlari hamda
nazariyalar bilan qurollantirishni nazarda tutadi. Ilmiylik tamoyili
tinglovchilardan ilmiy izlanishda bilim va malakalarni rivojlantirishni
talab qiladi. Buning uchun oʻqitishda, laboratoriya va amaliy
77
mashgʻulotlarini bajarishda tadqiqotning muammoli elementlarini joriy
qilish lozim.
Ta’limning fundamentalligi oʻquvchining bilish boʻyicha
talablarga mosligini tavsiflovchi didaktik tamoyil va psixologik
talablarga nisbatan quyidagi aniq mezonlarni ilgari suradi:
ta’lim oluvchining yuqori motivatsiya talablari;
shaxsning qoʻyilgan maqsadga erishishga yoʻnaltirilganligi;
yetarlicha muloqot qobiliyat;
oʻz xatolarini tuzatib borishi, oʻzini rivojlantirish boʻyicha
intilishi;
tinglovchining tashqi ta’limiy mahsulotlarga nisbatan ichki
shaxsiy talablarining mosligi.
Tizimlilik va ketma-ketlik tamoyili esa an’anaviy oʻqitishda
bilimlar, oʻquv va malakalarni ma’lum tizimda, aniq ketma-ketlikda va
oʻquv materialining har bir yangi elementini bir-birlari bilan uzviy
bogʻlanishda va mantiqiy ketma-ketlikda tushishini taqozo qiladi.
Masofaviy
ta’limda oʻquvchining (yoxud tinglovchining)
individual ta’lim olish boʻyicha chiziqli tamoyili shakllanadi.
Oʻquvchining oʻz ta’limini faollashtirish maqsadida, oʻquv jarayonining
barcha metodologik darajalarida tanlash tizimi shakllantirilgandir. U
ta’lim oluvchining bu sohada aniq maqsad qoʻyishini, mashgʻulotlarning
ustuvor yoʻnalishlarini hamda ta’limning turli sohalarida oʻqitish
shaklini, tezkorligini tanlash va ta’minlashni koʻzda tutadi.
Oʻqitishda oʻquv materiallarining oʻzlashtirilishi (qiyinchiligiga
koʻra) tamoyili, ya’ni oʻqitish oʻquvchining real oʻquv imkoniyatlari
darajasida tashkil etilishi va bunda oʻquvchi intellektual, jismoniy,
ortiqcha axloqiy yuklama his etmasligi, uning sogʻligʻiga putur
yetkazmasligi lozimligini uqtiradi.
Oʻquvchilarning shaxsiy xususiyatlarini hisobga olish tamoyili
sifatida keladi. Bu tamoyil asosida tinglovchi yoki oʻquvchilar
shaxsining individual xususiyatlarini hisobga olgan holda, masofaviy
kurslarning
moduli
tuziladi.
Bunda
tinglovchilarning
shaxsiy
xususiyatlari quyida uch daraja:
78
Psixofiziologik;
Psixologik;
Psixosotsiologik xususiyatlari boʻyicha hisobga olinadi.
Koʻrsatmalilik tamoyili deganda uning barcha xususiyatlarini,
ya’ni ta’limda shaxsning barcha sezgi organlariga ta’sir qilishni hisobga
olgan holda, ta’limning samaradorligiga erishish imkonini yaratish
tushuniladi.
Bu maqsadlarga erishish uchun virtuallashtirish tamoyili
maydonga keltiriladi. Unda xususan videofilmlar, kompyuterning
oʻrgatuvchi dasturlari, interfaol texnologiyalardan keng foydalanish
nazarda tutiladi. Koʻrgazmali materiallardan, multimedia testlardan
foydalanishning keng metodikasi masofaviy ta’limda koʻrgazmalilik
tamoyilining shakllangan koʻrinishi sifatida namoyon qiluvchi muhim
vositalar hisoblanadi.
Ta’limda bilimlarning mustahkamlash anglashilganlik tamoyili,
ta’limning tarbiyaviy va rivojlantiruvchi natijalarining ta’sirchanligi
tamoyili, erishilgan bilim, malaka va koʻnikmalarning mustahkamligini,
bilimlarning amaliy yoʻnaltirilganligini hamda hayotiy muammolarni hal
etishga qaratilganligini ta’minlashi bilan muhim.
Elektron oʻquv nashrlari moslashuvchanligi. Bunday talablarga
javob beradigan elektron oʻquv nashrlarini (EOʻN) yaratish murakkab
didaktik talablarni oʻz ichiga oladi, lekin hozirgi zamonaviy axborot
texnologiyalari bu muammoni hal qilishda keng imkoniyatlar yaratib
beradi.
Bunda quyidagi talablarga e’tibor qaratish lozim:
kursning boʻlimlar birligida namoyish qilinishi;
mundarija boʻlimlariga toʻliq ruxsat etilishi;
turli koʻrinishdagi ma’lumotlardan foydalanish;
oʻquv materialining oʻrganuvchi xususiyatlari yuzasidan
moslashuvchanligi.
EOʻNni yaratishda turli darajadagi oʻrganuvchilar uchun individual
ta’lim xususiyatlarini hisobga olish zarur. Bunda qanday ma’lumot
tasvirlanayapti, qanday qilib, qanaqa ketma-ketlikda, qaysi oʻqitish
79
uslubiyati qoʻllanilmoqda – bularning hammasi ma’lum oʻquv
jarayonining individual chizgilari hisoblanadi.
An’anaviy oʻquv jarayoni quyidagicha tasvirlanishi mumkin (4.2-
rasm).
Zamonaviy
avtomatlashtirilgan
oʻqitish
vositalarini
esa
quyidagicha tasvirlash mumkin (4.3-rasm).
EOʻNlar moslashuvchanligini oshirishda uning koʻp darajaliligi
ham yuqori samara beradi.
4.2-rasm. An’anaviy oʻquv jarayoni.
Mutaxassislarning fikricha, faqat matnlarni oʻqish bilan
oʻzlashtirilgan bilimlarning vaqt oʻtishi bilan 14% esda saqlanar ekan,
tovush orqali qabul qilingan ma’lumotlarning 13%, bir paytning oʻzida
ham koʻrish ham eshitish orqali qabul qilingan materialning 50% esda
saqlanar ekan. Agarda materialni oʻzlashtirishda koʻrish, eshitish va ayni
paytda oʻzlashtirish jarayonida oʻquvchining oʻzi ham faol ishtirok etsa
materialning 75% esda saqlanar ekan. Demak, mustaqil bilim olishda
interfaol usullardan foydalanishning samarasi koʻrinib turibdi. Bilimlarni
egallashda koʻrish, eshitish va materialni oʻzlashtirishda faol ishtirok
Oʻqituvchi
Oʻquvchi
Oʻqituvchi
Oʻquvchi
Oʻqituvchi
Oʻquvchi
oʻrganiluvchi
material
savol
javob
savol
javob
a) ma’ruza, sharhlash
b) imtixon
c) shug
ʻullanuvchi
80
etish jarayonida multimedia tizimlaridan foydalanish katta samara
beradi.
4.3-rasm. Elektron oʻquv nashrlaridan foydalanish.
Elektron
nashrlarning
katta
guruhidan
Do'stlaringiz bilan baham: |