3.2. TASVIR KOʻRINISHIDAGI AXBOROTLARNING
XUSUSIYATLARI. GRAFIK FAYL
FORMATLARI
Reja:
1.
Vektorli grafika
2.
Rastrli grafika
3.
Grafik fayllar formatlari
Kalit soʻzlar: rastr, rastrli grafika, vektorli grafika, GIF, JPG,
TIF, Photoshop, Corel Draw.
Tasvirilarni hosil qilish.
Tasvirlar kompyuterlarda ikki hil usul bilan hosil qilinadi. Bular:
Vektor asosli grafikalar;
Rastrli tasvirlar.
Vektor asosli tasvirlar matematik munosabatda boʻlgan nuqtalar va
ularni bogʻlovchi yoʻllardan iborat boʻladi. Masalan, berilgan tasvirdagi
nuqta aylananing markazi va radius uzunligini berish ahamiyatiga ega
boʻla oladi. Vektorli fayldagi grafikalar obyektlar deb ataladi. Har bir
obyekt oʻzining rangi, shakli, hajmi va ekranda egallagan oʻrni kabi
xususiyatlari bilan farqlanib, mustaqil hisoblanadi [21]. Bu xususiyat
ma'lum bir obyekt xususiyatlarini boshqa obyektlarga ta'sir qilmagan
holda oʻzgartirish imkonini beradi. Vektor asosli tasvirlar illustratsiya va
3D (3 oʻlchovli) modellashtirishda hosil qilinadi va keng qoʻllaniladi.
Rastrli
tasvirlar
tartiblangan
alohida-alohida
nuqtalardan
(piksellardan) tashkil topgan va turli ranglar bilan hosil qilinadi.
Piksellardan tashkil topgan kataklar (yoki matritsa) rastr deb ataladi. Bir
necha toʻrtburchaklardan iborat ranglarni uzoqlashtirib koʻrilsa, ma'lum
bir tasvirni hosil qiladi. Nuqtalarga uzoqroq masofadan qaralgani sari
ular oʻzaro tutashib ketadi va yetarli darajada koʻrinishga ega boʻlgan
tasvir hosil boʻladi. Har bir pikselning alohidaligi uni oʻzgartirish yoki
qayta ishlash imkonini yaratadi, natijada tasvirda kerakli darajada
49
oʻzgartirishlar masalan, soyalantirishlar, ranglarni kuchaytirish va
susaytirish kabilarni bajarish mumkin. Rastrli tasvirlar, fotosuratlar va
video fayllarni tahrirlab ular orqali yangi san'at asarlarini yaratish
mumkin. Yoritilishni moslashtirish, shakllar va odamlarni olib tashlash,
matnlar kiritish va ularni olib tashlash, ranglarni moslashtirish va maxsus
effektlar kombinatsiyasini qoʻshish kabi amallar rastrli tasvirlarda keng
amalga oshiriladi.
Yuqorida koʻrsatib oʻtilgan usullarning har biri oʻz afzallik va
kamchiliklariga ega. Vektor asosli tasvirlarda obyektning hajmi
kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan sari uning barcha elementlari
umumiy bir xillikni saqlagan holda birgalikda kattalashadi va
kichiklashadi. Obyektning silliq qismlari uning kattalashgan holatida
ham oʻz xususiyatini saqlab qoladi. Bundan tashqari, vektor asosli
fayllarni rastrli fayl formatiga oʻtkazish mumkin. Rastrli tasvirlarda esa
ularni hosil qilish uchun murakkab ranglar toʻplami ishlatiladi. Bu yerda
ranglar xilma-xilligini nazorat qilish juda qiyin vazifa hisoblanadi.
Rastrli tasvirlarning kamchiligi shundaki, ularni kattalashtirish yoki
kichiklashtirish tasvirning sifatini oʻzgarishiga sabab boʻladi (3.2-rasm).
Yakka-yakka piksellar oʻlchamining kattalashtirilishi tasvirdagi
shakllarni qoʻpollashtiradi va notekislik yaqqol bilinib qoladi. Oʻz
navbatida tasvir oʻlchamining kichiklashuvi ham piksellarning qisilib
qolishi sababli kamayishi hisobiga asl tasvir buzilishiga olib keladi.
Qolaversa, rastrli tasvirlar bir guruh rangli piksellar orqali ifoda
qilinganligi sababli ularning ba'zi qismlariga alohida ishlov berish juda
qiyin boʻladi.
Multimedia va web-sahifalarini tayyorlashda vektor asosli
grafikalardan keng foydalaniladi, chunki ularning xotiradan egallaydigan
joyi oz boʻladi, hamda ularni kichiklashtirish va kattalashtirish imkoni
mavjud. Bunday fayllarda asosan nuqtalar, chiziqlar va ranglar
toʻgʻrisidagi axborot mavjud xolos. Tasvirning katta yoki kichiklashuvi
uning sifatiga ta'sir qilmaganligi sababli web-tarmogʻida keng ishlatiladi.
Rastrli fayllarning hajmi esa kattaroq boʻladi. Bular ba’zan
sahifaning sekin ochilayotgan paytida yaqqol bilinadi. Chunki bu paytda
50
rastrli tasvir toʻliq yetib kelmagan boʻladi. Biroq tabiiy suratlarni
ifodalashda rastrli tasvirlarning ahamiyati katta boʻlib, ular vektor asosli
tasvirlarga qaraganda bir oz jonliroq ifodalanadi.
3.2-rasm. Rastrli “b” harfini kattalashtirganda piksellar koʻrinishi.
Rastrli tasvirlar uchun oʻtkazuvchanlik (razreshenie) – nuqtalar
soni muhum. Ular quyidagicha farqlanadi:
Aslning (original) oʻtkazuvchanligi;
Ekran tasviri oʻtkazuvchanligi;
Tasvir chop etish oʻtkazuvchanligi.
Aslning (original) oʻtkazuvchanligi tasvir sifati, raqamlashtirish
usuli yoki tanlangan fayl formati va boshqa parametrlar va talablardan
kelib chiqqan holda tanlangan dyyumdagi nuqtalar (dpi) bilan
oʻlchanadi.
Ekran tasviri oʻtkazuvchanligi monitor oʻtkazuvchanligiga bogʻliq.
Monitor oʻtkazuvchanligi 640x480, 800x600, 1024x768, 1280x1024,
1600x1200, 1600x1280, 1920x1200, 1920x1600 va hokazo boʻladi.
Sifatli monitorlarda qoʻshni lyuminofor nuqtalar orasidagi masofa 0,22
mm dan kamni tashkil etadi. Tasvirni ekranda koʻrish uchun 72 dpi,
lazernom printerda chop etish uchun 150-200 dpi yetarli. Tajriba asosida
aniqlanganki, chop eishda aslning oʻtkazuvchanligi chiqaruvchi rastr
qurilmasining liniaturasidan 1.5 marta katta boʻlishi lozim.
Rastrlashning
ikki
modulyatsiyasi
mavjud:
amplitudali
modulyatsiya va chastotali modulyatsiya. Amplitudali modulyatsiyada
51
har bir element uchun rastr nuqtasi oʻlchami hisoblanadi, u yacheykadagi
ton intensivligiga bogʻliq. Intensivlik qancha katta boʻlsa, rastr elementi
shuncha zich joylashadi. Chastotali modulyatsiyada tonning intensivligi
bir xil oʻlchamli nuqtalar orasidagi masofa bilan rostlanadi. Bu
rastrlashda har xil tondagi rastrlarda har xil sondagi nuqtalar yotadi.
Rastr tasviri nuqtasi oʻlchami aslni rastrlash parametri va usuliga
bogʻliq. Rastrlash chogʻida asl ustiga toʻr (setka) chizigʻi qoplangandek
boʻladi, uning yacheykasi rastrni tashkil etadi. Toʻr chastotasi
dyuymdagi chiziqlar (liniyalar) soni bilan oʻlchanadi va liniatura deb
yuritiladi va lpi (line per inch) deb belgilanadi. Gazetani chop etish
uchun uchun — 65-85 lpi, jurnallar uchun — 85-133 lpi, badiiy reklama
uchun — 133-300 lpi taklif etiladi.
Tasvir ranglarini ekranda chiqarish RGB (qizil, yashil, koʻk),
printerga chiqarishda CMYK (havorang, purpur, sariq, qora) formatdan
foydalanadi (3.3-rasm).
Grafikaning ikki turi boʻlganidek, ularni qayta ishlaydigan
muharrirlarning ham ikki turi mavjud. Rastrli grafika bilan ishlaydigan
muharrirlar jumlasiga Adobe Photoshop, The Gimp, Paint.Net kabilar
kiradi. Vektorli grafika bilan ishlaydigan muharrirlar jumlasiga Corel
Draw, Illustrator, AvtoCAD kabilar kiradi.
3.3-rasm. Ranglar jilosi.
Adobe Photoshop - Adobe Systems kompaniyasining rastrli grafik
muharriri (3.4-rasm). Hozir Photoshopning Mac OS X/Mac OS va
52
Microsoft Windows platformalari uchun versiyalari mavjud boʻlib keng
foydalanadi. Uning imknoyatlari koʻp:
Koʻp qavatli tasvirlarni yaratish;
Matn bilan ishlash boʻyicha koʻp imkoniyatli uskunalar;
100 ortiq filtr va maxsus effektlar;
Bir necha oʻnlab chizish, konturlarani qirqish asboblari;
Tasvirlarni birlashtirish (uygʻunlashtirish), tekstura bilan
ishlash;
Barcha keng qoʻllanadigan grafik formatlar bilan ishlash;
Tasvirning qismini belgilab ajratish va qayta ishlash
professional asboblari;
Bajarilgan
oʻzgartirishlarni
koʻpqadamli
orqaga
qaytarishning (voz kechishning) mavjudligi va hokazo.
3.4-rasm. Adobe Photoshop ish oynasi.
Grafik fayllar formatlari koʻp. Rastrli grafika fayllari 390 ga yaqin,
vektorli grafika fayllari esa 140 taga yaqin formatga ega. Quyida koʻp
uchraydigan ayrim formatlar haqida ma’lumot keltiriladi [9].
Do'stlaringiz bilan baham: |