Texnologiyalari va kommunikasiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent



Download 3,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/64
Sana31.12.2021
Hajmi3,12 Mb.
#199367
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64
Bog'liq
RAX qo'llanma ўқув бўлими

JPEG  tasvir  formati.  Bu  format  tasvirlarni  standartlashtirilgan 
qisqartirish mexanizmi hisoblanadi. JPEG soʻzi ushbu standartni yozgan 
guruh  soʻzlarining  bosh  harflaridan  olingan  boʻlib,  bu  Joint 
Photographic  Experts  Group,  ya'ni  oʻzbek  tilida  Qoʻshma  Fotosurat 
Mutaxassislarining Guruhi degan ma'noni bildiradi. JPEG rangli va oq-
qora rangdagi barcha tasvirlarni qisqartirish maqsadida yaratilgan tasvir 
formatidir. U fotosuratlarda, tabiat manzaralarini tasvirlashda va shunga 
oʻxshash tasvirlarda juda qulay hisoblanadi. Biroq oddiy multfilmlarda, 
illyustratsiya  yoki  chizmachilikda  unchalik  ham  qulay  hisoblanmaydi. 
JPEG faqat haratkatsiz suratlarda ishlatiladi. Harakatlanuvchi tasvirlarda 
MPEG  deb  nomlanuvchi  standardan  foydalaniladi.  JPEG  bir  oz 
"yoʻqotuvchi"  tasvir  formati.  Buning  ma'nosi  agar  tasvirni  qayta 
yoyilgandan soʻng asli bilan solishtirganda bir oz yoʻqotish kuzatiladi. 
Aslida  JPEGning  ishlov  koʻlami  inson  koʻzining  koʻrish  chegaralariga 
asoslangan  boʻladi.  Bu  yerda  ba'zi  ranglarning  kichik  oʻzgarishi 
tasvirning umumiy ranglarining yoriqroq boʻlishiga sabab boʻladi va u 
nisbatan  sezilmaydi.  Shuning  uchun,  JPEG  insonlar  tomonidan 


54 
koʻrilishinini nazarda tutilgan holda tatbiq etilgan. Agar siz tasviringizni 
mashina tahliliga qoʻysangiz, koʻz bilan ilgʻab boʻlmasa ham bu yerda 
JPEG  tomonidan  kichik  xatoliklar  kelib  chiqishi  mumkin.  Yana  bir 
muhim  jihatni  aytib  oʻtish  kerakki,  qisqartirilgan  JPEG  fayllarida 
dekoder (qayta yoyuvchi)ning yoyish tezligini oshirish hisobiga noaniq 
hisoblashlarga yoʻl qoʻyiladi va natijada tasvir sifati yomonlashadi. 
JPEGdan foydalanishning ikkita asosiy sabablari boʻlib, bular: 
• 
Tasvir faylini kichiklashtiradi; 
• 
Har bir piksel uchun 24-bit rangli joy ajratadi. 
Fayllar  hajmini  kichiklashtirish  tasvirlarni  axborot  tarmoqlarida 
uzatishni  osonlashtiradi  va  tasvirlar  omborini  saqlashda  juda  samarali 
hisoblanadi. 
Agar 2 Mbaytli fayl qisqartirishga berilgan boʻlsa, uni JPEG 20:1 
nisbatida  qisqartirib  100  Kbayt  hajmga  tushira  oladi.  Bu  faylning 
xotiradan  egallaydigan  joyi  va  tarmoqda  uzatilish  vaqtini  20  marotaba 
qisqarganini bildiradi. Agar buni GIF fayli bilan solishtiradigan boʻlsak, 
bu qisqarish 4:1 nisbatni tashkil qiladi holos. 
Oʻz  navbatida  20:1  nisbatda  qisqartirilgan  JPEG  tasvirini  qayta 
yoyishi  uchun  4:1  nisbatdagi  GIF  fayliga  nisbatan  uzoqroq  vaqt  talab 
etiladi.  Shuning  uchun  JPEG  tasvir  formatida  vaqt  va  joy  nisbati  har 
doim saqlanib qoladi, ya'ni, yoki joy, yoki tezlik. Shuni ta'kidlash joizki, 
agar tasvirlar tarmoq orqali uzatilishini nazarda tutsak, bu yerda imkon 
qadar  fayllarning  hajmi  kichikroq  boʻlgani  maqsadga  muvofiq,  chunki 
uzatishga ketadigan vaqt qayta yoyishga nisbatan uzoq boʻladi. 
JPEGning ikkinchi asosiy afzallikligi shundan iboratki, u tasvirni 
toʻliq rangli 24-bit/piksel (16 million rang) xotira bilan saqlaydi. Tarmoq 
va  web  muhitida  keng  qoʻllaniladigan  GIF  formatiga  esa  atigi  8-
bit/piksel  (256  rang)  xotiradan  joy  ajratiladi.  Biroz  eskirgan  displeyli 
kompyuterlarda  GIF  formati  ishlatishga  toʻgri  keladi,  chunki  bunday 
kompyuterlarning  256  xildan  ortiq  rangdan  foydalanishning  texnik 
jihatdan  imkoniyati  boʻlmaydi  va  bunday  holda  JPEGdan  foydalanish 
samarasiz  boʻlib  qoladi.  Lekin  bu  muammo  vaqtinchalik  boʻlib, 
keyinchalik  hal  etilishi  mumkin.  Biroq  JPEG  ekran  holatiga  qarab 


55 
ranglarni tanlash masalasida GIFdan ustun turadi. Hozirda umumjahon 
internet toʻrida JPEG fotosuratlar uchun asosiy format boʻlib qolmoqda. 
JPEG tasvirlarining afzalliklari: 

 
Tez uzatilishi va koʻchirib olinishi mumkin; 

 
Fotosurat va tibbiyot suratlarida juda yaxshi natija beradi; 

 
Toʻliq rangli (24-bit "haqiqiy rang") tasvirlarni qoʻllaydi. 

Download 3,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   64




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish