XAkir – kirish qarshiligini reaktiv tashkil etuvchisi.
Yo’qotishlar qarshiligi. Yo’qotishlar qarshiligi quyidagicha aniqlanadi:
Rp = Rn + Ri + Ryer ,
bu yerda Rq – simlarning qizishiga yo‘qotishlar qarshiligi;
Ri – antennaning izolyatorlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi;
Ryer – yer va yerga ulash tizimlaridagi yo‘qotishlar qarshiligi.
Antennaning samarali maydoni. Antennaning samarali maydoni antenna radiochastotalar energiyasini “ajratadigan” frontning o‘sha qismini xarakterlaydi. Antennaning samarali maydoni tushunchasi bir vibratorli, ko‘p vibratorli va boshqa murakkab qabul qilish antennalari uchun qo‘llaniladi. Miqdoran u antenna bilan moslashtirilgan qabulagichning kirishiga antennadan keladigan quvvatni Rmos quvvatini qabul qilish nuqtasidagi radioto‘lqinning quvvati oqimi zichligiga nisbati sifatida aniqlanadi:
Ae = Rmosl / S.
Taqsimlangan sirtli ko‘p vibratorli, parabolasimon, linzali va boshqa antennalar uchun Ae qiymat ularning SA geometrik maydoni bilan quyidagicha bog‘langan:
Ae = KASA,
bu yerda KA – tok amplitudasi va fazasi antennaning sirtida taqsimlanishi xarakteriga va antennaning tayyorlanishi aniqligiga bog‘liq bo‘lgan maydondan foydalanish koeffitsienti. Yo‘naltirilgan antennalarning katta qismi uchun KA ~ 0,8, lekin 0,5 dan 0,9 gacha o‘zgarishi mumkin.
Antennaning samarali maydon va yo‘naltirilgan ish koeffitsienti orasida quyidagi bog‘lanish mavjud:
Ae = l2D / 4p .
Antennaning ekvivalent sxemasi. Antennaning ekvivalent sxemasi 1.11-rasmdagi ko‘rinishga ega. Bu yerda qabul qilish antennasi yuklamaga nisbatan (Eto‘g‘) EYUK hosil qiladigan va bu antenna uzatish rejimida ishlagandagi kirish qariligiga teng bo‘lgan ichki qarshilikka ega bo‘lgan generator sifatida qaraladi. Ma’lumki, generator, agar yuklama qarshiligi va generatorning ichki qarshiligi kompleks uyg‘unlashtirilgan hisoblansa, yuklamagan maksimal quvvatni beradi
Эto’g’
1.11- rasm. Antennaning ekvivalent sxemasi
Bu holda yuklamga maksimal quvvatni uzatilishi sharti Zkir = Zyuk ko‘rinishga ega bo‘ladi, ya’ni antennaning kirish qarshiligi va yuklamaning qarshiligi (fiderning to‘lqin qarshiligi) teng bo‘lishi kerak.
Antennaning shovqin harorati. Yuqori sezgirlikli qabullagichlarga ulangan o‘ta yo‘naltirilgan qabul qilish antennalari uchun ko‘pincha antennaning TASH shovqin haroratini bilish zarur bo‘ladi. U qabullgichning kirishiga ulanganida unda antennaning o‘zidagi kabi o‘sha quvvatni ajratadigan antennaning kirish qarshiligiga teng bo‘lgan qarshilikli rezistorning harorati sifatida aniqlanadi. O‘z issiqlik shovqinlariga bog‘liq bo‘lgan antennaning shovqinlar quvvati unchalik yuqori emas. Antennaning shovqinlari asosan qabullagichning kirishiga keladigan kosmik manbalardan radionurlanishlar, shuningdek yer atmosferasi va antenna yaqinida joylashgan predmetlardan issiqlik nurlanishlari orqali aniqlanadi:
RASH = KTASH D f ,
bu yerda K = 1,38 10-23 Vt s/grad;
D f – qabul qilish trakti chiziqli qismining o‘tkazish polosasi,
Gs.
Tikkaga yo‘naltirilgan o‘tkir yo‘naltirilgan antenna uchun TASH
100 0Kga va hatto undan kichikka yetishi mumkin, shu bilan bir vaqtda yer sirtiga yo‘naltirilganda TASH ≥3000K bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |