Izotrop nurlantirgich. Izotrop nurlantirigchi deganda elektromagnit energiyani barcha tomonlarga bir tekis va bir xil nurlantiradigan qurilma tushuniladi. Lekin amalda yo‘naltirilmagan nurlantirgichlar mavjud emas. Har bir uzatish antennasi, hatto eng oddiylari energiyani notekis nurlantiradi va maksimum energiya nurlantiriladigan yo‘nalish doimo mavjud bo‘ladi.
Eng oddiy yoki elementar nurlantirgich simning istalgan nuqtasidagi amlitudasi va fazasi bir xil bo‘lgan elektr toki oqib o‘tadigan, to‘lqin uzunligiga qaraganda juda qisqa simdan tashkil topgan elektromagnit elektr vibrator hisoblanadi. Elementar vibratorning amaliy modeli Gers dipoli hisoblanadi. Gers dipoli nurlanishi maydoning tuzilmasi dipolga perpendikulyar bo‘lgan to‘g‘ri
chiziqda yotadigan nuqtada maksimumga ega bo‘ladi. Dipol bo‘ylab maydon nolga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |