Yer sirti va atmosferasi hosil qiladigan halaqitlar. Yer ham radionurlanishlar manbai hisoblanadi. Yerning radionurlanishlari Yerda joylashgan antennalar yoki Yer bilan aloqada kosmik kemalar antennalarining yo‘naltirilganlik diagrammalari yon yaproqchalari orqali qabul qilinishi mumkin.
Yerning issiqlik radionurlanishlaridan tashqari, halaqitlar Yer atmosferasining nurlanishlari orqali hosil qilainadi. Fizikadan ma’lumki, agar gaz qanday chastotada nurlanishni selektiv yutsa, u holda u o‘sha chastotada nurlanishni chiqaradi.
Santimetrli to‘lqinlar diapazonida Quyosh nurlanishi kislorod va suvning bug‘lari orqali yutiladi va qayta nurlantiriladi.
Atmosfera shovqinlari 1000 ÷ 20000 MGs diapazonda namoyon bo‘ladi. Bu diapazonda u galaktik shovqindan katta bo‘ladi va tashqi shovqinlarning deyarli yagona turi hisoblandi.
Do'stlaringiz bilan baham: |