Keng ma’lum bo‘lgan tovarlarni shtrixli kodlash texnologiyasi tovarga elimlanadigan kodli belgi va bu kodlar skaneri yordamida amalga oshiriladi. Shtrix-kodlar yordamida belgilash tovarlarni identifikatsiyalash jarayonini avtomatlashtirishga va bu bilan ularni ishlab chiqarish va iste’molchilarga etkazib berish jarayonlarida qayta ishlashga sarflarni keskin qisqartirishga imkon beradi. Lekin ko‘pincha identifikatsiyalashning ishonchliligini kamaytiradigan real ishlatish sharoitlari (chang, ifloslanish va h.k.) mavjud. Bundan tashqari, zamonaviy logistika, birinchidan, identifikatsion kodlarni o‘qish masofasini bir necha metrlargacha oshirilishini, ikkinchidan, ko‘plab belgilarni bir vaqtda o‘qish imkoniyatini ta’minlanishini va nihoyat, uchinchidan fodalanish ma’lumotlarini belgiga yozilishi imkoniyatlarini ishlatilishini talab qiladi. Aynan bu masalalarni RFID texnologiyasi yechadi [28].
Shtrix – kodli texnologiyalar kabi RFID apparaturasi belgi va o‘qigichdan (skanerdan) tashkil topgan. Radiochastotalar diapazoniga bog‘liq ravishda RFID apparaturasi ikkita turli variantlarda ishlatiladi. Past chastotalardan yuqori chastotalargacha sohada (30 MGsgacha) belgi va o‘qigich birlamchi chulg‘amiga o‘qigich, ikkilamchi chulg‘amiga belgi ulangan transformatordagi kabi magnit maydon orqali o‘zaro ta’sirlashishadi. Magnit maydon kuchlanganligining keskin tushishi tufayli bunday RFID tizimlarning
ishlash masofasi bir necha o‘nlab santimetrlarni tashkil etadi.
Ultra yuqori chastotalar sohasida (UHF diapazon – 300 MGsdan
3 GGsgacha) belgi va o‘qigich orasidagi aloqa elektromagnit to‘lqinlar yordamida amalga oshiriladi va bunday RFID tizimlarning (passiv belgili) ishlash masofasi metrlar birliklarigacha ortadi. Ishlash masofasini keyingi 10…100 metrlargacha oshirilishi yarim passiv va aktiv belgilar qo‘llanilishi bilan erishilishi mumkin.
UHF tizimidagi passiv belgili RFID tizimning blok-sxemasi 5.2- rasmda tasvirlangan.
5.2- rasm. UHF tizimidagi passiv belgili RFID tizimi Dipoldan tashqari, belgining barcha elementlari yagona
mikrosxema – chipga integratsiyalanadi. Shunday qilib, belgi ikkita konstruktiv qismlar – ko‘pincha dipol ko‘rinishidan bajariladigan antenna va 216 baytgacha foydalanish xotirasi hajmili ma’lumotlarga ega bo‘lgan chipdan tashkil topgan. Maksimal uzoq masofalikka va o‘qishning ishonchliligiga erishish uchun belgilarning aniq bir sharoitlarga moslashishi talab qilinadi.
RFID tizimlarining aniq bir ishlash sharoitlarining xilma-xilligi ham (ularning ishlatilishi sharoitlari ham) antennalar va o‘qigichlarning turli variantlarini – qo‘lda boshqariladigan, olib yuriladigan va statsionar o‘qigichlar va programmatorlar, doiraviy va
chiziqli polyarizatsiyali antennalar va antennalar panjaralarini ishlab chiqish va ishlab chiqarishga majburlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |