ATO‘T - antenna – to‘lqin o‘tkazgich trakti AMI - antenna – machta inshoatlari
ATS - avtomatik telefon stansiyasi
AChX - amplitudaviy - chastotaviy xarakteristika RTBM – radiouzatish va televidenie bosh markazi MABBM – magistral aloqani boshqarish bosh markazi ES - yer usti stansiyasi
IKM - impulsli - kodli modulyatsiyalash AIP - axborot - ijrochi punkt
KBV – yugurma to‘lqin koeffitsienti NCH – nazorat chastotasi
LATS - liniya - apparat sexi EUL – elektr uzatish liniyasi MXA – magistral xizmat aloqasi MTS – xalqaro telefon stansiyasi AP – asosiy polosa
ORS – oxirgi radioreleli stansiya
VRTUM – viloyat radiotelevizion uzatish markazi Uzat – uzatkich
Qab – qabullagich
SXA – stansion xizmat aloqasi TIQ – texnik ishlatish qoidalari
PRI – polezioxron raqamli ierarxiya OCH – oraliq chastota
RRL - radioreleli liniya
RRCHT – radioreleli chiziqli trakt RRS - radioreleli stansiya
RRTUM - respublika radiotelevizion uzatish markazi O‘YUCh – o‘ta yuqori chastota
XA – xizmat aloqasi
SRI – sinxron raqamli ierarxiya TV - televidenie
TXK – texnik xizmat ko‘rsatish TS - telesignalizatsiya
TB – teleboshqaruv
MATT – magistral aloqaning texnik tuguni TF - telefoniya
MAHM - magistral aloqa hududiy markazi TRS - tugun radioreleli stansiyasi RRRChT - raqamli radioreleli chiziqli trakt RRRL - raqamli radioreleli liniya
RUT – raqamli uzatish tizimi FV – favqulodda vaziyat
2,5G (2,5 Generation) – 2-nchi avlod takomillashgan vositalaridan foydalanishga asoslangan, lekin 3-avlod xizmatlarini ta’minlay oladigan o‘tish davri texnologiyalari.
3G (3 Generation) - 3-nchi avlod. IMT-2000 dasturi doirasida ishlab chiqilgan mobil aloqa tizimlarining avlodi. Bu avlod radioulanish tarmoqlari yuqori mobillikli abonentlar (harakatlanish tezligi 120 km/soatgacha) uchun 144 kbit/sgacha, past mobillikli abonentlar (harakatlanish tezligi 3 km/soatgacha) uchun 384 kbit/sgacha va 2,048 Mbit/s tezliklarli ma’lumotlarni almashlashni ta’minlaydi.
3GPP (3 Generation Partnership Project, 3-nchi avlod hamkorligi loyihasi) - IMT-2000 dasturi doirasida 3-nchi avlod tizimlarini standartlashtirish bo‘yicha amaliy ishlarni o‘tkazilishi maqsadlarida 1998 yilning 4 dekabrida tashkil etilgan tashkilot.
3GPP2 (3-rd Generation Partnership Project 2, 3-nchi avlod hamkorligi ikkinchi loyihasi) – Shimoliy Amerikada amalda bo‘lgan ANSI-41 magistral bazaviy tarmoqlar asosida qurilgan 3G-standartlar texnik spetsifikatsiyalarini ishlab chiqish bilan shug‘ullanadigan tashkilot.
8-PSK (8-Phase Shift Keying) 8 ta pozitsiyali Fazaviy Manipulyatsiyalash, bunda bitta simvol uchta bitlar bilan uzatiladi.
AMPS (Advanced Mobile Phone System) – Takomillashtirilgan Mobil Aloqa Tizimi. FDMAga asoslangan va 800 MGs chastotada ishlaydigan analog tizim. Kanalning kengligi 30 kGs.
Bluetooth – mobil aloqa telefonlari, PK, noutbuklar va boshqa periferiya qurilmalari orasidagi simsiz ulanish standarti. Ilmiy-tibbiy asosblar ishlatadigan 2,45 GGs bo‘sh chastotada kichik masofali (10 metrgacha) kanallardan foydalanish ko‘zda tutiladi.
BS (Base Station) - bazaviy stansiya.
BSC (Base Station Controller) - bazaviy stansiya kontrolleri. BTS (Base Transciever Station) - bazaviy stansiya qabullagich-
uzatkichi.
CDMA (Code Division Multiple Access) – kod bo‘yicha ajratishli ko‘p tomonlama ulanish.
CDMA2000 1xEV-DO (CDMA2000 1xData Only) -
CDMA2000 1-nchi evolyutsiya, faqat ma’lumotlar.
CDMA2000 1xEV-DV (CDMA2000 1xEvolution Data and Voice) - 1-nchi evolyusiya, ma’lumotlar va ovoz. Maksimal tezlik 3-5 Mbit/sgacha, 1,25 MGs kanaldagi normal uzatish qobiliyati 1 Mbit/sni tashkil etadi.
CDMAOne – qabul qilish uchun 824-849 MGs chastotalar diapazonini, uzatish uchun 874-899 MGs chastotalar diapazonini ishlatadigan to‘liq raqamli diapazon.
Cell - Sota, yacheyka
CEPT (Conference of European Post and Telecommunications)
– 19 ta Evropa davlatlari tomonidan 1959 yilda ta’sis etilgan Evropa Pochta va Aloqa Konferensiyasi
DECT (Didital Enhanced Cordless Telecommunications) – simsiz aloqa raqamli mikrosotali tizim
DS-CDMA (Direct Sequence CDMA) – kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan va spektr to‘g‘ridan-to‘g‘ri kengaytirishli ko‘p stansiyali ulanish
DSSS (Direct Sequence Spread Sequence) – spektrni to‘g‘ri ketma-ketlik usuli orqali kengaytirish. Dastlabki ikkilik signal tashuvchini modulyatsiyalash uchun psevdo-tasodifiy ketma-ketlikka o‘zgartiriladigan keng polosali signalni shakllantirish usuli.
EDGE (Enhanced Data rates for Global Evolution), shuningdek UWC-136 (amaliy tezlik - 384 kbit/sek, nazariy erishiladigan tezlik - 473,6 kbit/sek).
FCC (Federal Communication Commission) – Federal aloqa komissiyasi (FAK). 1934 yilda tashkil etilgan va chastotalar resurslarini taqsimlanishiga javobgar AQSh hukumati organi. FCCning shtab-kvartirasi Vashingtonda joylashgan.
FDD (Frequency Division Duplex) – chastota bo‘yicha ajratiladigan ikki tomonlama aloqa.
FDMA (Frequency Division Multiple Access) – chastota bo‘yicha ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish
GERAN (GSM/EDGE Radio Access Network) – radiulanishli GSM/EDGE tarmog‘i.
GMSK (Gaussian Minimum Shift Keying) – bitta simvol bit bilan uzatiladigan Minimal Gauss Manipulyatsiyalash.
GPRS (General Packed Radio Services) – paketlar kommutatsiyalanadigan radio tizimlari. GPRS ko‘pincha GSM-IP (GSM Internet Protocol) sifatida aytiladi.
GPS (Global Positioning System) – global pozitsiyalash tizimi.
GSM (Global System for Mobile communications) – Global mobil aloqa tizimi, mobil aloqa raqamli tizimi. 900, 1800 va 1900 MGs chastotalarni ishlatadigan sotali aloqa standarti. GSM texnologiyasini standartlashtirishga mas’ul Yevropa elektr aloqa standartlashtirish instituti (ETSI). GSM TDMA texnoogiyani ishlatadi.
GSM 1800 - 1800 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek DCS 1800 yoki PCN sifatida ma’lum.
GSM 1900 - 1900 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti, shuningdek PCS sifatida ma’lum.
GSM 900 - 900 MGs chastotadagi GSM raqamli standarti Yevropa va Osiyoning 100 dan ortiq davlatlarida tarqalgan.
HSWD (High Speed Wireless Data) – yuqori tezlikli ma’lumotlarni simsiz uzatish.
IMT-2000 (International Mobile Telecommunications - 2000) – telekommunikatsiyalar xalqaro mobil qurilmalari 2000. Bu tashabbusga muvofiq IMT xususiy tarmoqlar va umumiy foydalanishdagi tarmoqlarda qayd etilgan va mobil tizimlar foydalanuvchilariga xizmat ko‘rsatadigan sun’iy yo‘ldoshli va yer usti tizimli orqali global telekommunikatsion infratuzilmaga radioulanishni ta’minlash xizmatlari standartini ishlab chiqadi. Boshqacha aytganda, bu uchinchi avlod aloqa xizmatlari hisoblanadi.
IMT-SC (IMT-2000 Single Carrier) UWC-136 standarti loyihasi spetsifikatsiyalariga asoslanadi, unda tizimning juft chastotalar polosalarida ishlashi shartlarida mavjud TDMA tizimining imkoniyatlarini bosqichma-bosqich kengaytirish aniqlangan.
IMT-TC (IMT-2000 Time-Code) – XEAIda taqdim etilgan standart bo‘lib, vaqt bo‘yicha dupleks surilishli (TDD) TDMA/CDMA kanallar kodli-vaqt bo‘yicha ajratilishiga asoslangan va juft bo‘lmagan chastotalar polosalarida aloqani tashkil etish uchun mo‘ljallangan.
IPUI (International Portable User Identity) – xalqaro abonent kodini tanish.
ITU (International Telecommunication Union) – Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqi. Bu tashkilot global telekommunikatsion tarmoqlar va
interfeyslarni davlat va xususiy tashkilotlar foydalanishini boshqaradi. Tashkilotning shtab-kvartirasi Jenevada (SHveysariya) joylashgan.
ITU-R (International Telecommunication Union – Radio communication) - Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqining radioaloqa sektori. 1993 yilda tashkil etilgan va radioaloqa bo‘yicha halqaro maslahat qo‘mitasining (RHMQ) merosxo‘ri hisoblanadi.
ITU-T (International Telecommunication Union - Telecom Standartization) – Xalqaro Elektr Aloqa Ittifoqining telekommunikatsiyalar sohasida standartlashtirish sektori. 1993 yilda tashkil etilgan va telegrafiya va telefoniya bo‘yicha xalqaro maslahat qo‘mitasining (TTHMQ) merosxo‘ri hisoblanadi.
JDC (Japanese digital cellular) – yapon raqamli sotali tizim.
MC-TDMA (Multi-Carrier TDMA) – ko‘p chastotali TDMA. Vaqt bo‘yicha ajratishli ko‘p stansiyali ulanish aralash texnologiyasi, bunda har bir kanal chastotasi va kadrdagi vaqt intervali nomeri bilan xarakterlanadi.
OQPSK (Offset Quadrature Phase-Shift Keying) – surilishli kvadraturali fazaviy manipulyatsiyalash.
p/4 DQPSK – to‘rtta {-p/4; p/4; -3p/4; 3p/4} simvollardan kodlarni ishlatadigan fazaviy manipulyatsiyalash, ulardan har biriga
{00, 01, 10, 11} ma’lumotlar ikkita biti moslikka qo‘yiladi.
TDD (Time Division Duplex) – vaqt bo‘yicha ajratishli ikki tomonlama aloqa. Bitta kadrning turli vaqt intervallarida qabul qilish va uzatish kanallari zichlashtirilgan bitta aloqa liniyalari bo‘yicha ma’lumotlarni almashlash usuli. TDD rejimi piko- va mikrosotalarda qo‘llash uchun mo‘ljallangan, bunda abonentlar cheklangan bo‘shliqda uncha yuqori bo‘lmagan tezlikda harakatlanadi.
TDMA (Time Division Multiple Access) - vaqt bo‘yicha ajratishli ulanish.
TD-SCDMA (Time Division Synchronous Code Division Multiple Access) – sinxron vaqt-kod bo‘yicha ajratishli ulanish.
TETRA (Terrestrial Trunked Radio) - Tranking radioaloqa. Bu standart vaqt o‘tishi bilan barcha mavjud turli tranking aloqa analog standartlarini almashtirish maqsadlarida Yevropa telekommunikatsion standartlar instituti (ETSI) doirasida yaratilgan.
UMTS (Universal Mobile Telecommunication System) - Universal Mobil Telekommunikatsion Tizim bo‘lib, unda ma’lumotlarni uzatish tezligi 120km/soatgacha tezlikda harakatlanishda 384 kbit/sekundgacha va 10km/soatgacha tezlikda
harakatlanishda 2 mbit/sekundgachani tashkil etadi. Bu standart Evropa uchun uchinchi avlod sotali aloqa standarti, ETSI ishlab chiqqan.
UTRAN (UMTS Terrestrial Radio Access Network) - UTRA radiointerfeysi asosida qurilgan radioulanish yer usti tarmog‘i.
UWC-136 (Universal Wireless Communications-136 - universal mobil kommunikatsiyalar) – ishlanmani muvofiqlashtirish bo‘yicha UWCC shug‘ullandi. Standart, u EDGE bo‘lib, asosan IS-136 DAMPS/TDMA standartda o‘z xizmatlarini taklif etadigan o‘z xizmatlarini taklif etadigan operatorlarning soddalashtirilgan migratsiyalanishi uchun ishlab chiqilgan. IMT-2000 bo‘yicha bu standart IMT-SC deyiladi.
WAP (Wireless Application Protocol) – bepul litsenziyalanmaydigan simsiz aloqa protokoli bo‘lib, kengaytirilgan mobil telefoniya tizimlarini yaratishga va mobil telefonlardan Internet sahifalarga ulanishni olishga imkon beradi.
WARC (World Administrative Radio Conference) – Radiochastotalar bo‘yicha butundunyo ma’muriy konferensiyasi (Wideband code division multiple access) – kanallar kod bo‘yicha ajratiladigan keng polosali ko‘p stansiyali ulanish.
WLL (Wireless Local Loop) – simsiz abonentlar liniyalari. Eng tez-tez ishlatiladigan abonentlar ulanish texnologiyalarini belgilanishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |