Xususiyatlari/Funksiya
|
Xarakteristika
|
Aloqa turi
|
Radioto‘lqinlar
|
Chastotalar diapazoni
|
868, 902 va 2400 MGs
|
Kanallar soni
|
2,4 GGs (16 ta kanallar), 915 MGs (10
ta kanallar) va 868 MGs (1ta kanal)
|
Batareyaning xizmat
ko‘rsatish muddati
|
100 dan 1000 gacha va undan ortiq
kunlar
|
Uzatish usuli
|
Direct Sequence Spread Spectrum
(DSSS) to‘g‘ri ketma-ketlik usulida spektrni kengaytirish
|
Ulanish vaqti
|
30 ms
|
Uzatish quvvati
|
1 mVt
|
Ma’lumotlarni uzatish tezligi
|
250 Kbit/sgacha
|
Ishlash masofasi
|
70 mgacha
|
Tarmoqdagi uzellar soni
|
65 536 (64-bitli manzillar), 264 (16-
bitli manzillar)
|
Ma’lumotlarni himoyalash
|
128 bitli kalit uzunligili AES algoritmi
bo‘yicha shifrlash
|
Manzillashtirish
|
MAS darajadagi noyob 64-bitli manzil,
qo‘shimcha 16-bitli manzil (PAN-ID)
|
UWB bu qisqa 10 metrlargacha masofalarga, yuqori o‘tkazish qobiliyatli (480 Mbit/sgacha) va past iste’mol quvvatli ma’lumotlarni uzatish uchun mo‘ljallangan simsiz texnologiya hisoblanadi. UWB radiokanallari bo‘yicha ma’lumotlarni uzatishda ortogonal tashuvchi chastotalar bo‘yicha multiplekslash (OFDM, Orthogonal Frequency Division Multiplexing) texnologiyasi bir necha chastotalar diapazonlari bilan birgalikda ishlatiladi, bu chastotalar keng diapazonlarining ishlatilishini talab qiladi. O‘tkazish keng polosalari
simsiz lokal interfeyslarni tashkil etishda oldin ko‘rib chiqilgan Bluetooth texnologiyasidagi tezliklarga cheklashlarni chetlab o‘tishga imkon beradi. SHuning uchun UWB bu yuqori sifatli multimediali kontentni, masalan videooqimni simsiz uzatish uchun echim hisoblanadi. Lekin UWB texnologiyaning afzalliklaridan biri shundan iboratki, u boshqa simsiz texnologiyalar uchun halaqitlarni hosil qilmaydi, chunki modulyatsiyalashning o‘ziga xos tamoyili va tashuvchi chastotaning yo‘qligi signalni butun spektr bo‘yicha oddiy fon halaqitalar sathlaridan oshmaydigan “oq shovqin” ko‘rinishida o‘ziga xos keng polosali “chaplanishiga” olib keladi.
Ma’lumotlar paketlari USB 2.0 tranzaksiyalari tamoyili bo‘yicha shakllantiriladi va endi TDMA (Time Division Multiple Access) vaqt bo‘yicha kanallar ajratiladigan ko‘p tomonlama ulanish protokoli yordamida tashiladi. 4 MGs o‘tkazish polosasidagi har bir OFDM- uzatish 100 ta ma’lumotlar paketlarini o‘z ichiga oladi. Paketlar formati har qanday ma’lumotlarni uzatish tezligi uchun o‘zgarishsiz qoladi. Oltita paketlar 1,875 mks davomiylikdagi asosiy paketni shakllantiradi, u keyinchalik aniq ma’lumotlar bitlariga o‘zgartiriladi.
Standart 53,3 Mbit/s, 106,7 Mbit/s va 200 Mbit/s ma’lumotlarni
asosiy almashlash tezliklarini, 80 Mbit/s, 160 Mbit/s, 320 Mbit/s, 400 Mbit/s va 480 Mbit/s opsional tezliklarni qo‘llaydi. Texnologiyaning yana bir afzalligi trafikni deyarli oniy, masshtablanuvchanligi, ya’ni qurilmalar orasidagi masofaga bog‘liq ravishda masshtablanuvchanligi hisoblanadi, tezlik 53,3 Mbit/s dan 480 Mbit/sgacha chegaralarda o‘zgarishi mumkin.
Simli USBlarga o‘xshashlik bo‘yicha, Wireless USB qurilmalari ulanishda olinadigan o‘z manziliga ega bo‘ladi. Har bir Wireless USB qurilma bir yoki bir necha aloqa kanallarini qo‘llaydi. Wireless USB simsiz tarmoq infratuzilmasining asosiy elementlari konsentrator va radial liniyalar hisoblanadi. Bunday topologiyada xost-kontroller unga ulangan qurilmalar orasida ulardan har biriga vaqt intervallari va o‘tkazish polosasini ajratish bilan istalgan ma’lumotlar almashinuvini initsializatsiyalaydi. Bog‘lanishlar “nuqta-nuqta” turiga kiradi va Wireless USB-xost va Wireless USB-qurilma orasida amalga oshiradi. Unga mantiqiy ulangan qurilmalarli (maksimal 127 tagacha) xost norasmiy Wireless USB-klasterni hosil qiladi. Wireless USB- klasterlar minimal o‘zaro halaqitlarli qoplanadigan fazoviy muhitda ishlaydi, bu radionurlantiruvchi qurilmalarning umumiy ishlash zonasi chegaralarida bir necha klasterlarning ishlashiga imkon beradi.
5.3- jadvalda Wireless USB aloqaning asosiy texnik parametrlari keltirilgan.
NFC. Bu kichik masofalarga ma’lumotlarni simsiz uzatish texnologiyasi hisoblanadi. Uzatish modeli elektromagnit maydonni hosil qiladigan qurilma-initsiator va qurilma-nishonni o‘z ichiga oladi. Qurilma-nishon ham aktiv (masalan, boshqa mobil aloqa qurilmasi yoki to‘lov terminali), ham passiv (RFID radio-belgi, kontaktsiz karta yoki jevakcha) bo‘lishi mumkin. Radio-belgilar va kontaktsiz kartalarning mavjud formatlari qo‘llanadi [26].
5.3- jadval Wireless USB aloqaning asosiy texnik parametrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |