Kvadraturali fazaviy modulyatsiyalash (KFM). FM-2da bitta kanal simvoli bitta uzatiladigan bitni tashiydi. Lekin bitta kanal simvoli ko‘p sonli axborot bitlarini ham tashishi mumkin. Masalan, bir-birlaridan keyin keladigan bitlar juftligi to‘rtta {0 0}, {0 1},
{1 0}, {1 1} qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
Agar har bir juftlikni uzatish uchun bitta kanal simvoli ishlatilsa, u holda to‘rtta, masalan, {s0(t), s1(t), s2(t), s3(t)} kanal simvollari talab qilinadi, shunday ekan M = 4 bo‘ladi. Bunda aloqa kanalida simvollarni uzatilishi tezligi modulyator kirishiga axborot bitlarini kelishi tezligiga qaraganda ikki marta past bo‘ladi va har bir kanal simvoli endi Tks = 2Ts davomiylikdagi vaqt intervalini egallashi mumkin. Xususan, fazaviy modulyatsiyalashda kanal simvollari sifatida quyidagi signallarni tanlash mumkin:
si(t) = s[t, φi(t)] = A∙cos[2πf0 t + φi(t)] =
=Re[A exr{j φi(t)}exr{j2πf0 t}] ,
0 < t < 2TS ,
bu yerda φi(t) ≡ π(2i+1)/4 – i nomerli signal fazasini modulyatsiyalanmagan tashuvchi tebranish fazasidan og‘ishi;
Aj(t) = A∙exp{jφi(t)} – i = 0, 1, 2, 3 uchun bu signalning [0, 2Ts] vaqt intervalidagi kompleks amplitudasi.
Keyinchalik to‘rtta kanallar simvolari yoki to‘rtta radiosignallar o‘rniga bitta radiosignal haqida so‘zlaymiz, uning kompleks
amplitudasi 1.32-rasmda signallar turkumi ko‘rinishida tasvirlangan to‘rtta ko‘rsatilgan qiymatlarni qabul qilishi mumkin.
Маvhum qism
Haqiqiy qism
1.32- rasm. FM-4 radiosignal signallar turkumi
Ikki bitlardan har bir guruh mos fazaviy burchakdan iborat bo‘ladi barcha fazaviy burchaklar bir-birlaridan 90°ga ortda qoladi. Ko‘rinib turibdiki, signal nuqtasi haqiqiy yoki mavhum o‘qdan 45°ga ortda qoladi.
Bu modulyatsiyalash usuli quyidagi tarzda ishlatilishi mumkin. 0, 1, 1, 0, 0, 1, 0, 1, 1, 1, 0, 0, …uzatiladigan bitlar ketma-ketligi ikkita
juft 0, 1, 0, 0, 1, 0, … va toq 1,0,1,1,1,0,… ketma-ketliklarga bo‘linadi.
Bu ketma-ketliklardagi bir nomerli bitlar juftliklarni tashkil etadi, ularni kompleks bitlar sifatida qarash mumkin. Kompleks bitning haqiqiy qismi toq nimketma-ketligi, mavhum qismi esa juft nimketma- ketligi bo‘ladi. Bunday usulda olingan kompleks bitlar exp{j2πf0t} tshuvchi tebranishni modulsiyalash uchun ishlatiladigan ularning haqiqiy va mavhum qismlari +1 yoki –1 qiymatlarili 2Tc davomiylikdagi to‘g‘ri burchakli elektr impulslar kompleks ketma- ketligiga o‘zgartiriladi. Buning natijasida FM-4 (KFM) radiosignal olinadi.
Bitta kompleks bitni ko‘rib chiqamiz. I simvol bilan bu bitning haqiqiy qismidan olingan bitni (bu toq nimketma-ketlik qiymati), Q simvol bilan esa bu kompleks bitning mavhum qismidan olingan bitni (bu juft nim ketma-ketlik qiymatiga mos keladi) belgilaymiz. I va Q simvollar +1 yoki –1 qiymatlarni qabul qilishi mumkin. Quyidagi ma’lum tengsizliklarni yozish mumkin:
I cos(2f t) I exp{ j2f0t} exp{ j2f0t},
0
2
Q sin(2f t) Qexp{ j2f0t} exp{ j2f0t}
0 2 j .
U holad quyidagi signalni shakllantirish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |